Bandlik vazirligi
49.6K subscribers
12.5K photos
2.9K videos
31 files
7.23K links
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi
100060 Toshkent shahar, Mirobod tumani, Nukus ko'chasi 8-uy. Tel: (71) 200 06 00 e-mail: [email protected], [email protected]
Download Telegram
#LIVE

VAZIRLIK RAHBAR KADRLARI UCHUN SEMINAR-TRENING

Ayni damda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi rahbar kadrlari uchun “Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlar sharoitida Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi rahbar kadrlarining nazariy va amaliy bilimini oshirish, jamoada samarali ishlash ko‘nikmalarini shakllantirish” mavzusida maxsus seminar-trening boshlandi.

Unda vazirlik markaziy apparati departament va boshqarmalar boshliqlari, hududiy bosh boshqarmalar boshliqlari ishtirok etmoqda.
Ikki kun davomida o‘tadigan mazkur seminarda ishtirokchilar davlat boshqaruvi hamda sohaga doir qo'shimcha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ladi.

Kanalga ulanish ✍️ https://t.iss.one/mehnatvazirligi

Vazirlikning rasmiy sahifalari
👍Mehnat.uz 🌐Facebook 🌐 Instagram I 🌐Twitter
💬 Telegram 🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_uchashuv

✉️ Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi mutasaddilari Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha Byurosining O‘zbekistondagi missiyasi rahbari Albert Yonson bilan uchrashdi.

📎 Unda "Konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risidagi qonun loyihasi" yuzasidan referendumni tartibli va qamrovli o‘tkazish borasida mahalla organlari tomonidan olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot taqdim etildi.

📎 Albert Yonson, O‘zbekistonda olib borilayotgan islohotlarga yuqori baho berib, kutilayotgan referendum o‘zbek xalqi uchun muhim ekanligini ta’kidladi.

📎 Uchrashuv yakunida, o'zaro hamkorlikni yanada mustahkamlashga kelishildi.

Kanalga ulanish ✍️ https://t.iss.one/mehnatvazirligi

Vazirlikning rasmiy sahifalari
👍Mehnat.uz 🌐Facebook 🌐 Instagram I 🌐Twitter
💬 Telegram 🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Insonga_e’tibor

Toshkent shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi tashabbusi bilan "Artel" kompaniyasida bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi o‘tkazildi.

🫥 Tadbirda asosiy e’tibor “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” ro‘yxatida turuvchi, probatsiya hisobida bo‘lgan yoshlarni ish bilan ta’minlashga qaratildi.

Talabgorlar shu yerning o‘zida ish beruvchi tomonidan taklif qilinayotgan oylik maosh, imtiyozlar va mehnat shartlari bilan tanishdilar.

📝Yarmarkaga kelganlar tomonidan so‘rovnomalar to‘ldirilib, ishga kirish bo‘yicha dastlabki kelishuvga erishildi.

Kanalga ulanish ✍️ https://t.iss.one/mehnatvazirligi

Vazirlikning rasmiy sahifalari 👍Mehnat.uz 🌐Facebook 🌐 Instagram I 🌐Twitter
💬 Telegram 🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Davlat_xizmatchisi

🟢O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi rahbar kadrlari uchun “Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlar sharoitida Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi rahbar kadrlarining nazariy va amaliy bilimini oshirish, jamoada samarali ishlash ko‘nikmalarini shakllantirish” mavzusidagi ikki kunlik maxsus seminar-trening yakunlandi.

Unda vazirlik markaziy apparati departament va boshqarmalar boshliqlari, hududiy bosh boshqarmalar boshliqlari ishtirok etishdi.

Seminarning asosiy maqsadi ma’muriy islohotlar sharoitida Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi rahbar-kadrlarining nazariy va amaliy bilimini oshirish, jamoada samarali ishlash ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat.

Tadbir davomida ishtirokchilar uchun zamonaviy rahbar qiyofasi, “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi qonunning mazmun-mohiyati, Davlat fuqarolik xizmatchilarining odob-axloq qoidalari hamda boshqaruvchilik ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan treninglar tashkil etildi.

Kanalga ulanish ✍️ https://t.iss.one/mehnatvazirligi

Vazirlikning rasmiy sahifalari
👍Mehnat.uz 🌐Facebook 🌐 Instagram I 🌐Twitter
💬 Telegram 🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Yangi_tahrirdagi_mehnat_kodeksi

📌Yangi tug‘ilgan bolani farzandlikka olgan yoki unga vasiy qilib belgilangan xodimga beriladigan ta’tillar

🟢Yangi tug‘ilgan bolani farzandlikka olgan yoki unga vasiy qilib belgilangan xodimga bola farzandlikka olingan yoki vasiylik belgilangan kundan boshlab va bola tug‘ilgan kundan e’tiboran ellik olti kalendar kun (bir vaqtning o‘zida ikki yoki undan ortiq bola farzandlikka olingan taqdirda esa yetmish kalendar kun) o‘tguniga qadar qonunchilikda belgilangan, lekin o‘rtacha oylik ish haqining yetmish besh foizidan kam bo‘lmagan miqdorda nafaqa to‘langan xolda ta’til beriladi.

🔴Yangi tug‘ilgan bolani farzandlikka olgan yoki unga vasiy qilib belgilangan xodimning yozma arizasiga ko‘ra, xodimga bola ikki yoshga to‘lguniga qadar bolani parvarishlash ta’tili berilib, ushbu davr uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda nafaqa to‘lanadi, shuningdek bola uch yoshga to‘lguniga qadar ish haqi saqlanmaydigan ta’til ham beriladi.

Kanalga ulanish ✍️ https://t.iss.one/mehnatvazirligi

Vazirlikning rasmiy sahifalari
👍Mehnat.uz 🌐Facebook 🌐 Instagram I 🌐Twitter
💬 Telegram 🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Tok_shou

🇺🇿Davlat fuqarolarning bandligini taʼminlash, ularni ishsizlikdan himoya qilish, shuningdek kambagʻallikni qisqartirish choralarini koʻradi.

Davlat fuqarolarning kasbiy tayyorgarligini va qayta tayyorlanishini tashkil etadi hamda ragʻbatlantiradi.

🇺🇿Yangilanayotgan Konstitutsiyaning 43-moddasiga bag'ishlangan ko'rsatuvda vazirlik hodimi ishtiroki

➡️Ko'rsatuvni to'liq ko'rish https://youtu.be/6PXqsFMxdZo

Kanalga ulanish ✍️ https://t.iss.one/mehnatvazirligi

Vazirlikning rasmiy sahifalari
👍Mehnat.uz 🌐Facebook 🌐 Instagram I 🌐Twitter
💬 Telegram 🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌍Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “Судьба врача в Узбекистане” sarlavhali maqola yuzasidan Davlat mehnat inspeksiyasi o‘rganish o‘tkazdi.
Maqolada ko‘rsatilgan jarayon joriy yilning 13-aprel sanasida tibbiyot muassasasi hududida bo‘lgan. Bunda shifoxona binosining kirish eshigi oynalari ayollar tomonidan tozalanayotgani aks etgan.
Mazkur holat bo‘yicha shifoxona bosh shifokori va xodimlaridan tushuntirish xatlari olingan.
Bunda muassasaning kichik tibbiy xodimlari (sanitarka) tomonidan har kuni tozalash ishlari olib borilishi, ushbu ishlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri kichik tibbiy xodimlarning funksional vazifasiga kirishi ko‘rsatilgan. Shuningdek, tushuntirish xatlarida xodimlarni o‘z xizmat vazifalaridan boshqa ishlarni hamda ish vaqtidan tashqari yumushlarni bajarishga topshiriq va buyruqlar qabul qilinmagani aks etgan.
Xodimning mehnat vazifalari O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 176-moddasiga muvofiq ichki tartib qoidalarida, intizom to‘g‘risidagi ustav va nizomlarda, korxonada qabul qilinadigan lokal hujjatlarda (jamoa shartnomalarida, yo‘riqnomalar va hokazolarda), mehnat shartnomasida aniq belgilanadi.
Tasdiqlangan xizmat vazifalarida shifoxonada tozalash ishlari aynan kichik tibbiy xodimining funksional vazifasiga kirishi ko‘rsatilgan.
Bundan tashqari, Sanitariya qoidalari va me’yorlarining 3-ilovasi bilan tasdiqlangan talablarda ham kichik tibbiy xodimlari tomonidan biriktirilgan bino ichi va tashqi devorlari, oynalari, pollari, kafellari hamda plintuslarini tozalash ishlari amalga oshirilishi belgilangan.

Hurmatli ish beruvchilar shu o‘rinda yana bir bor eslatamiz!
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 7-moddasiga asosan majburiy mehnat taqiqlanadi.
‼️Aziz yurtdoshlar,
Agar Siz majburiy tarzda biror bir mehnatga jalb etish bilan bog‘liq muammolarga duch kelsangiz Bandlik vazirligining Davlat mehnat inspeksiyasiga murojaat qilishingizni so‘raymiz.
Biz har qanday turdagi majburiy mehnatga qarshimiz va har qanday holatni o‘rganib chiqishga tayyormiz.
Barcha ma’lumot va murojaatlar belgilangan tartibda tezkorlik bilan o‘rganib chiqiladi hamda zarur choralar ko‘riladi. Murojaatchining roziligisiz shaxsiga doir biron-bir ma’lumot oshkor etilmasligi kafolatlanadi.

Kanalga ulanish ✍️ https://t.iss.one/mehnatvazirligi

Vazirlikning rasmiy sahifalari
👍Mehnat.uz 🌐Facebook 🌐 Instagram I 🌐Twitter
💬 Telegram 🌐 Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Insonga_e'tibor

📝 Hukumatning 145-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga asosan, «Ayollar daftari»ga kiritilgan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshiriladi:

✔️ ishsiz xotin-qizlar uchun — ularni bandligini ta’minlash;

✔️ tadbirkorlik qilish istagida bo‘lgan ehtiyojmand xotin-qizlar uchun —- tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yishga ko‘maklashish;

✔️ boquvchisi bo‘lmagan ehtiyojmand xotin-qizlar uchun — bir martalik moddiy yordam berish, zarur hollarda ularni uy-joyini ta’mirlash;

✔️ ijtimoiy yordamga muhtoj I va II guruh nogironligi bo‘lgan, shuningdek, tezkor tibbiy muolajaga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlar uchun — tibbiy yordamlar ko‘rsatish;

✔️ uy-joyga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlar uchun — ijara kompensasiyasini to‘lash, ijtimoiy uylarga joylashtirish, uy-joy bilan ta’minlash;

✔️ qaramog‘ida nogironligi bo‘lgan farzandi mavjud ehtiyojmand xotin-qizlar uchun — bir martalik moddiy yordam berish, zarur hollarda, sektor rahbari xulosasi asosida tomorqadan va dehqonchilikdan daromad manbai sifatida foydalanish uchun ko‘maklashish.

Kanalga ulanish ✍️ https://t.iss.one/mehnatvazirligi

Vazirlikning rasmiy sahifalari
👍Mehnat.uz 🌐Facebook 🌐 Instagram I 🌐Twitter
💬 Telegram 🌐 Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌜Muborak Ramazon hayiti munosabati bilan 3 kun dam olinadi.

📆5 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun dam olish kunlari:

↪️22-aprel —shanba;
➡️23-aprel — yakshanba;
➡️24-aprel — dushanba (ko‘chirilgan dam olish).

📌22 aprel — shanba O‘zbekiston musulmonlari idorasi ulamolari xulosasi asosida O‘zbekistonda Ramazon hayitining 1-kuni sifatida belgilansa, 21 aprel — juma kuni kundalik ish (smena) muddati barcha xodimlar uchun kamida 1 soatga qisqartiriladi.

2023-yil uchun ishlab chiqarish TAQVIMI ⬅️

Kanalga
ulanish ✍️ https://t.iss.one/mehnatvazirligi

Vazirlikning rasmiy sahifalari
👍Mehnat.uz 🌐Facebook 🌐 Instagram I 🌐Twitter
💬 Telegram 🌐 Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Yangi_tahrirdagi_mehnat_kodeksi

💲Ish haqini to‘lash shakllari va joyi

💳Ish haqi milliy valyutada (so‘mda) to‘lanadi. Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan qoidalardan
istisnolar qonunchilikda belgilanishi mumkin. Ish haqini qarz majburiyatlari, tilxatlar, kuponlar tarzida to‘lash
taqiqlanadi. Mehnatga natura shaklida haq to‘lash taqiqlanadi, bundan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan hollar mustasno.

💳Xodimga ish haqini to‘lash, qoida tariqasida, bevosita u ishni bajargan joyda amalga oshiriladi. Xodimning yozma roziligi bilan ish haqini yoki uning bir qismini bank muassasalari yoki pochta bo‘limlari orqali to‘lashga yo‘l qo‘yilib, ularning xizmatlari uchun ish beruvchining hisobidan haq to‘lanadi.

💳Agar xodim ish haqi to‘lanadigan kuni ish beruvchining topshirig‘ini ish joyidan tashqarida (xizmat safarida, malaka oshirish kurslarida bo‘lsa va boshqalar) bajarayotgan bo‘lsa, xodimning iltimosiga ko‘ra ish beruvchi xodimga tegishli ish haqini o‘z hisobidan yuborishi yoki xodimning ishonchli shaxsiga to‘lashi shart.

BATAFSIL ⬅️

Kanalga ulanish ✍️ https://t.iss.one/mehnatvazirligi

Vazirlikning rasmiy sahifalari
👍Mehnat.uz 🌐Facebook 🌐 Instagram I 🌐Twitter
💬 Telegram 🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📝Toshkent viloyati Pediatriya tibbiy-ijtimoiy ekspertiza komissiyasining Bo‘ka tumanida o‘tkazilgan ko‘rik jarayoni bo‘yicha ijtimoiy tarmoqlarda tarqagan murojaat yuzasidan Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspeksiyasi o‘rganish o‘tkazdi.

BATAFSIL 👈

Kanalga ulanish ✍️ https://t.iss.one/mehnatvazirligi

Vazirlikning rasmiy sahifalari
👍Mehnat.uz 🌐Facebook 🌐 Instagram I 🌐Twitter 💬 Telegram 🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yangilik

Toshkentda Ikkinchi Inklyuziv biznes-forum bo‘lib o‘tadi!

27-aprel kuni Toshkent shahri "Panarams" mehmonxonasida gibrid formatdagi Ikkinchi “Inklyuziv biznes-forum” bo‘lib o‘tadi. Tadbirda ishtirok etish uchun nogironligi bo‘lgan shaxslarning inklyuziv mehnat masalalariga befarq bo‘lmagan mahalliy biznes va ijtimoiy soha vakillari hamda ommaviy axborot vositalari taklif etiladi.

📌 Batafsil ushbu havolada tanishing: https://ishplus.uz/news/v-taskente-proidet-vtoroi-inklyuzivnyi-biznes-forum-25

‼️ Ishtirok etish bepul — offlayn ishtirok uchun joylar soni cheklangan bo‘lib oldindan forum.ishplus.uz saytida ro‘yxatdan o‘tishni tavsiya etamiz.

Tadbirning boshlanish vaqti: 9:30

Kanalga ulanish ✍️ https://t.iss.one/mehnatvazirligi

Vazirlikning rasmiy sahifalari
👍Mehnat.uz 🌐Facebook 🌐 Instagram I 🌐Twitter 💬 Telegram 🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
AQSH elchisi poytaxt mahallalaridan birida bo‘ldi

🇺🇸 Bugun Amerika Qo‘shma Shtatlarining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi janob Jonatan Xenik poytaxtimizning Olmazor tumanidagi “Shodiyona” mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘ldi.

Mehmon Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi mutasaddilari va tuman hokimi hamrohligida mahalla hududini aylandi.

💬 Mahalla kutubxonasi, sport maydonchasi bilan tanishdi, bir guruh mahalla faollari, fuqarolar yig‘ini raisi va xodimlari bilan suhbatlashdi.
📎 Xalqimizga xos o‘zini o‘zi boshqaruv tizimining bu noyob usuli haqida qiziqish bildirib, fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi:
– O‘zbekistonga kelgunga qadar mahalla boshqaruvi, oqsoqollari haqida tushunchaga ega bo‘lmaganman. Mahalla raisi fuqarolar tomonidan saylanishini, tizim oilalar bilan qanday ishlashini bilmasdim. Xullas, bularning barchasi men uchun yangilik bo‘ldi.
Men bilmoqchi bo‘lgan jihat AQSHning yordam dasturlari orqali hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdan iborat edi.
Jamiyatda muhim rol o‘ynaydigan mahalla tizimi bilan bevosita hamkorlik qilish jarayonini va yana ko‘p narsalarni o‘rgandim, – dedi janob Jonatan Xenik.
Shundan so‘ng, elchi janoblari “Shodiyona” mahallasi bog‘ida daraxt ko‘chati ekdi.
Bundan tashqari, Olmazor tumani 1-sektor faoliyati bilan tanishtirildi.

Kanalga ulanish ✍️ https://t.iss.one/mehnatvazirligi

Vazirlikning rasmiy sahifalari
👍Mehnat.uz 🌐Facebook 🌐 Instagram I 🌐Twitter
💬 Telegram 🌐 YouTube

Telegram
Bandlik Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligi
🌐 https://mehnat.uz/uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM