Bandlik vazirligi
49.3K subscribers
12.5K photos
2.9K videos
31 files
7.24K links
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi
100060 Toshkent shahar, Mirobod tumani, Nukus ko'chasi 8-uy. Tel: (71) 200 06 00 e-mail: [email protected], [email protected]
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#hududlardan_xabarlar
Farg'ona viloyatida Aholi bandligiga ko'maklashish borasida qanday ishlar olib borilmoqda?

Vazirlikning rasmiy sahifalari
⬇️
Mehnat.uz I Facebook I Instagram I twitterI Telegram I YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Hududlardan_xabarlar_Farg'ona

Farg'onada kòp tarmoqli migratsiya markazi ish boshladi

➡️ Tafsilotlar MY5 telekanali efirlarida

Kanalga ulanish ⬇️
https://t.iss.one/mehnatvazirligi

Vazirlikning rasmiy sahifalari⬇️
Mehnat.uz I Facebook I Instagram I Twitter I Telegram I YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#SevimliTV_biz_haqimizda
#Hududlardan_xabarlar_Farg'ona

Qo'qon shahrida o'tkazilgan mehnat yarmarkasi tafsilotlari "Zamon" informatsion dasturida.


Kanalga ulanish ⬇️
https://t.iss.one/mehnatvazirligi

Vazirlikning rasmiy sahifalari⬇️
Mehnat.uz I Facebook I Instagram I Twitter I Telegram I YouTube
#Hududlardan_xabarlar_Farg'ona
#Xalqaro_uchrashuv

Viloyat Bandlik bosh boshqarmasi mutasaddilari AQSH Mehnat vazirligi Xalqaro mehnat masalalari boshqarmasining Odam savdosi, majburiy mehnat va bolalar mehnati masalalari boʻlimi vakillari Margaret Jungk va Sara Solomon bilan uchrashishdi.

Unda odam savdosi va majburiy mehnatga qarshi kurashish borasida mamlakatimizda, shu jumladan, Farg'ona viloyatida amalga oshirilgan ishlarning natijalari bilan tanishishdi.

Kanalga ulanish ⬇️
https://t.iss.one/mehnatvazirligi

Vazirlikning rasmiy sahifalari⬇️
Mehnat.uz I Facebook I Instagram I Twitter I Telegram I YouTubе
#Hududlardan_xabarlar_Farg'ona
#Insonga_e'tibor

⚡️ Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi tomonidan mehnat yarmarkasi tashkil etildi .
Unda ish bilan band bo‘lmagan aholi jumladan: xotin-qizlar, yoshlar, profilaktik hisobda va probatsiya nazoratida turgan, jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan shaxslar qatnashdi.

🔰Tadbirda 94 ta korxona va tashkilotlar 1200 ta mavjud bo‘sh ish o‘rinlari bilan istirok etdi.
82 nafar fuqaroga ishga joylashish uchun yo’llanmalar berildi.
63 nafar yurtdoshimizga kasb-hunarga o’qitishga yo’llanmalar berildi.
100 nafar fuqaro haq to'lanadigan jamoat ishlariga jalb etildi.

Kanalga ulanish ⬇️
https://t.iss.one/mehnatvazirligi

Vazirlikning rasmiy sahifalari⬇️
Mehnat.uz I Facebook I Instagram I twitter I Telegram I YouTube
#Hududlardan_xabarlar_Farg'ona

🫥Bagʻdodda 50 nafar ehtiyojmand xotin-qizlarning bandligi taʼminlandi

Bagʻdod tumanida ogʻir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan, nogironligi bor, kam taʼminlangan, farzandlarini toʻliqsiz oilada tarbiyalayotgan xotin-qizlarni aniqlash, ularning muammolarini oʻrganish va hal etish borasida samarali ishlar amalga oshirilmoqda.

“Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarning 50 nafariga Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan zamonaviy tikuv mashinalari topshirildi.

Mazkur tikuv mashinalari ehtiyojmand xotin-qizlarning turmush sharoitini yaxshilash, ularning doimiy daromad manbaiga ega boʻlishlariga koʻmaklashish, bandligini taʼminlash maqsadida subsidiya asosida taqdim etilmoqda.

“Qahat” mahalla fuqarolar yigʻinidagi hokim yordamchisi tomonidan “mahallabay” oʻrganishlar davomida ayni hududda yashovchi Jumagul Eshonqulova “Ayollar daftari”ga kiritilgan.

Oʻz xonadonida tikuvchilik faoliyatini yoʻlga qoʻyish uchun tikuv mashinasi olishda koʻmak soʻragan Jumagulning murojaati javobsiz qolmadi. Bugun unga ham zamonaviy tikuv mashinasi topshirildi.
Shuningdek, “Mirishkor” mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchi Muxtasarxon Nabiyevaga ham zamonaviy tikuv mashinasi topshirilib, ish faoliyatini yoʻlga qoʻyishiga koʻmaklashildi.



Kanalga ulanish ✍️ https://t.iss.one/mehnatvazirligi

Vazirlikning rasmiy sahifalari
👍Mehnat.uz 🌐Facebook 🌐 Instagram I 🌐Twitter 💬 Telegram 🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hududlardan_xabarlar_Farg'ona
#Inson_qadri


Bag‘doddagi mehnat yarmarkasida 357 ta bo‘sh ish o‘rni taklif qilindi

Bag‘dod tumani hokimligi, sektor rahbarlari hamda kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi hamkorligida tashkil etilgan navbatdagi bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasida 107 ta byudjet tashkilotlari va tadbirkorlik sub’yektlari o‘zlarida mavjud 357 ta bo‘sh ish o‘rni bilan qatnashdi.

Yarmarkada asosan, ish bilan band bo‘lmagan yoshlar, jazo muddatini o‘tab qaytgan va probatsiya ro‘yxatida turuvchilar, “Ayollar” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolar ishtirok etib, o‘zlariga mos ish o‘rinlariga ega bo‘lishdi.

Shuningdek, 24 nafar ishsiz xotin-qizlarga Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik jamg‘armasi hisobidan subsidiya asosida zamonaviy tikuv mashinalari topshirildi.


Vazirlikning rasmiy sahifalari ⬇️

👍Mehnat.uz 🌐Facebook 🌐 Instagram I 🌐Twitter 💬 Telegram 🌐You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hududlardan_xabarlar_Farg‘ona

Kasanachilikni rivojlantirish yo'lidagi hamkorlik

🗺Viloyat Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi mas’ullari kasanachilikni rivojlantirish va ushbu sohaga moliyaviy yordam ko‘rsatish masalasida tadbirkorlar bilan joylarga chiqqan olda uchrashuvlar o'tkazmoqda.

👨‍💼 Xususan, mutasaddilar Furqat tumanidagi “Usta Yusufjon naqqosh” oilaviy korxonasi (150 o‘rinli) va Bog‘dod tumanidagi "Gulnora Matqulobot Bodomlari" korxonasining (150 o‘rinli) kasanachilik faoliyati bilan tanishishdi.

✏️ Bunda “Kasanachilikni yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarorida belgilangan imtiyozlar haqida tadbirkorlarga batafsil ma’lumotlar berildi.

💭 Muloqot davomida taklif va rejalari o‘rganilib, ishni tashkil etish jarayonidagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan kelishib olindi.

Vazirlikning rasmiy sahifalari
👍Mehnat.uz 🌐Facebook 🌐 Instagram I 🌐Twitter 💬 Telegram 🌐You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hududlardan_xabarlar_Farg‘ona
#Insonga_eʼtibor

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi mutasaddilari mahallalarda olib borilayotgan islohotlar, aholining turmush tarzini yaqindan o‘rganish maqsadida Farg‘ona viloyatida bo‘lishdi.

Ishchi guruh sektor rahbarlari, mahalla faollari ishtirokida Quva tumanining "O‘zbek" va "Qorashoh", Qo‘shtepa tumanining “Kichik beshkapa”, Shomirza, “Qorakaltak”, Yozyovon tumanining “Guzarboshi”, “Guliston” mahalla fuqarolar yig‘inlaridagi “mahalla beshligi” faoliyati bilan yaqindan tanishishdi. Aholining yashash sharoitlari va mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash, ichki yo‘llarni ta’mirlash, ijtimoiy soha ob’yektlari holati bo‘yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan mas’ullarga zarur ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

Hokim yordamchilarining tavsiyasiga ko‘ra, Qo‘shtepa tumani mahallalaridagi “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”da turuvchi 33 nafar xotin-qizlarga subsidiya asosida tikuv mashinalari topshirildi.

Shuningdek, mutasaddilar Quva tumani “Qorashoh” MFY hududidagi 615-saylov uchastkasida olib borilayotgan saylovoldi tayyorgarlik ishlari hamda Qo‘shtepa tumanida joylashgan “Fergana Global Textile infinity” korxonasidagi shart-sharoitlar ko‘zdan kechirildi.

Ishchi guruh viloyatdagi ayrim xonadonlarga ham kirib, fuqarolarning tomorqalardan olayotgan daromadlari, yashash tarzi, kasb-korlari va bandligi bo‘yicha qiziqishdi. Mavjud muammolarni tez fursatda bartaraf etish choralari belgilandi.

Vazirlikning rasmiy sahifalari

👍Mehnat.uz 🌐Facebook 🌐 Instagram I 🌐Twitter 💬 Telegram 🌐You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM