MaxSoft | Atakulov Kamoliddin
265 subscribers
189 photos
52 videos
3 files
130 links
MaxSoft - kelajagingizni biz bilan birga yarating
📞 𝗧𝗲𝗹𝗲𝗳𝗼𝗻: +998939929666
📲 𝗔𝗹𝗼𝗾𝗮: @maxsoft_admin

Komentlarda reklama tarqatganlar blocklanadi!!!
Download Telegram
Sun'iy intelektni qayerdan o'rgangan yaxshi?!

Yuqoridagi video youtubega joylanganidan keyin bu savolni beruvchilar ancha ko'paydi.

Men esa sizlarga Naxalov Zarif akani kurslarini maslaxat beraman.

Zarif aka kuchli mutaxasis.10 yildan ortiq shu sohada(IT) va 6 yildan ortiq sun'iy intelekt yo'nalishida tajribalari bor. Nafaqat dasturchi balki pedagok sifatida ham boy tajribaga egalar.

Samarqandda o'quv markazlari bor.

Darslarni offline va online olib boradilar.

P.S.: Bu reklama emas. Shunchaki tavsiya.

Bilimni haqiyqiy bilim egasidan olinglar!!!

Zarif aka sizdan so'ramay qo'yvordik. Uzura 😂😂😂
ERKAKLIK INQIROZI! HAQIYQIY ERKAK QANDAY BO'LISHI KERAK?!

Yuzingizga ko'zgu tutadigan, ko'pchilikni xaqiqat bilan ko'nglini og'ritadigan video.

Abdusattor Abdurahimov "Osmondagi bolalar" loyihasining ilk mehmoni, ko'plab IT loyihalar muallifi. 3D modeling sohasidagi yetakchilardan. Ko'plab yoshlarning shu sohaga kirishiga va o'z yo'lini tanlashiga sababchi inson.

https://youtu.be/iv_aA9ZZ2_8
P.S.: Ko'ring fikrlang. O'zingizni taxlil qiling.
👍2
Forwarded from Sardor Dushamov | PHP
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#hengoma #time
Windows zo'rmi Mac?

Mirshakardan jichcha hangoma
🤣6😁1
Forwarded from Aziz Rahimov
Idishlardan kitoblarga

O’qituvchilarimiz maktabimiz kutubxonasiga kitoblar qidirib bir amakini oldiga borishdi.

Eski kitoblarni makulaturadan saqlab qolib, sotar ekanlar.

Yuzlab rus tilidagi kitoblarni tanlab bo’lib, o’zbekcha kitob so’rashibdi.

“O’zbek kitob yig’armidi bolam, o’zbek chinni yig’adi” deb javob beribdilar.

Qattiq ta’sir qildi. Haqiqat bo’lgani uchun ta’sir qildi.

Ota-onam shifokor bo’lishgani uchun uyimiz to’la tibbiy kitoblar bo’lardi. O’qirdim-ku, tushunmasdim. Varoqlab, varoqlab joyiga qo’yib qo’yardim.

Kitoblarni tomosha qilib o’tirardim. O’qishga muhabbat ana shu javondan boshlangandi menda.

Javonni idishlar bilan emas, kitoblar bilan to’ldirgan ota-onamga cheksiz minnatdorman.

Uka-singillaringiz, bolalaringizga yaxshilik qiling. Uyingizni kitob bilan to’ldiring.

Televizor pulti, planshet menyusidan ko’ra kitobga qo’l uzatish osonroq bo’lsin.

Miyani to’ldiradigan kitoblar uchun, qorin to’ldirishga ishlatiladigan idishlardan ko’proq pul sarflamas ekansiz, uyingizdan ilmli insonlar chiqishi qiyin.

@azizrakhimov_blog
Forwarded from Aziz Rahimov
Oxirgi uch yil keyingi o’ttiz yilni hal qiladi

9-sinfga o’tdim. O’rtoqlarga vaqt kamaydi. Muhit qidirib maktab, keyin litsey almashdi. Uyg’onaman, dars qilaman. Maktabdan chiqaman, repetitorga boraman.

8-sinfgacha to’ldirmagan daftarlarimdan ko’ra, oxirgi uch yilda ko’proq daftar to’ldirdim.

Uy, repetiror, litsey. Shu yillarda boshqa birorta xotiram yo’q.

Mevasi uzoq kuttirmadi. Kontraktga 10:1, byudjetiga 30:1 bo’lgan tibbiy insitutga grantga qabul qilindim.

Institut darslari oson tuyulganidan, vaqtim ortib qolib, ingliz, nemis tillarini o’rganardim.

Til bilishim keyinchalik repetitorlik, o’quv markazi, hozir esa maktablarga ulanib ketdi.

Keyinchalik bo’sh vaqtim yana ham ko’p bo’ldi. Lekin hecham o’sha paytdagichalik dars qila olmadim.

Uch yilni mazza qilib o’tkazib, o’n yilni qiynalib o’tkazayotganlarni ko’rayapman.
Uch yilida bosib o’qib, keyingi o’n yilni oson o’tkazayotganlarni ko’rayapman.

Shu uch yil keyingi o’ttiz yilni hal qiladi, g’animat biling.

Biz ham maktabimizda 9-11 sinf o’quvchisi bo’lgan, shu vaqtimni maksimal foyda bilan o’tkazaman degan bolalar uchun yotoqxonali maktab qilayapmiz. 25 ta joyimiz bor. Imtihon bilan olamiz.

To’lib qolmasdan, ariza qoldiring:
https://bit.ly/448Rd30

@azizrakhimov_blog
👍1
Forwarded from Sardor Dushamov | PHP
13 sentabr yilning 256 - kuni ekan. Shu kun dasturchilar kuni ekan.

Bu kun dasturchilarga, bugun sizlarning bayramingiz ekan deb sovg'a yoki dam olish kuni bermaydi hechkim baribir😆

Shunday bo'lsa ham tabriklab qo'yamiz.

- Bugun sening kuning
- Kuning sening bugun
- Sening kuning bugun
- Bugun kuning sening
🔥4
Kimdir mishkaga nohosdan tegib ketgan menimcha 😂😂

Next savdo markazi ustidagi reklama ekrani
🤣3
Forwarded from Aziz Rahimov
Qiynalmaysiz

Sport - qiyin, sog’liq pand berishni boshlaganda tiklash - yanada qiyinroq.

Muammolarni gaplashish qiyin, yechilmagan muammolardan kelgan arazlash, ajralish - qiyinroq.

O’qish, o’rganish qiyin. Bilimsizlik sabab yaxshi Ish topolmay tentirash - qiyinroq.

Qiyin ishlarni tanlaganda, aslida osonroq hayotni tanlayapmiz.

Oson yo’llarni tanlayotganda - qiyin hayotni tanlayapmiz. Shunchaki u hayot hali kelmagani uchun - bilmayapmiz.

Qiyin yo’llarni tanlang - qiynalmaysiz!

@azizrakhimov_blog
‼️Hammaga xayrli kun. IT sohada faoliyat yuritmoqchi bo'lganlar uchun "Helpdesk" vakansiya bor ikki kishi ishga olinadi. Kompyuterni va uning dasturlarini yaxshi tushunadigan(windows, linux, tarmoq sozlamalari) odam kerak.

IT mutaxasis bo'lib o'sishiga kafolat bor( O'zim o'rgataman)

🕘Ish vaqti 6 soat
🙎🏻‍♂️🙎🏻‍♂️Ikki kishi olinadi.

💴Oylik maosh 3mlndan-5mlngacha

Manzil: Toshkent shaxri (mo'ljal "Next" savdo majmuasi)

Agar shunday odam bo'lsa lichkaga tashlab yuboringlar

@devprogart
Forwarded from Xushnudbek.uz
Bunaqa ifloslarga Tashqi ishlar vazirligi rasmiy javob berishi shart va zarur

Rossiyalik Zaxar Prilepin ismli harbiy amaldor O‘zbekistonni Rossiyaga qo‘shib olish, u yerda rus tilini o‘rgatish kerakligi haqida gapiribdi. 2 mln odami bizda ishlayaptimi, demak, bizda ularning yerini bosib olishga haqqimiz bor, debdi.

Mamlakatga kelayotgan immigrantlarning davlatini bosib olish kerak, degan gapiga zaldagi boshqa ruslar ham gulduros qarsak chalibdi. Bu ham aksariyat rus amaldorlarining asl basharasi va ko‘nglidagi xohishini ko‘rsatadi.

Prilepin ruslar Kiyevda g‘alaba qozonib, parad o‘tkazganidan so‘ng O‘zbekiston kabi davlatlarni bemalol bosib olishiga hech kim qarshilik qila olmasligini taʼkidlagan.

Endi bu bo‘yicha mening fikrlarim:

Birinchidan, bunaqa ahmoqlarga albatta rasmiy javob berilishi kerak. Turli nodavlat tashkilot vakillarining bayonotlari bilan cheklanmaslik zarur. Albatta rasmiy, davlat pozitsiyasini ifodalovchi, qat'iy va dadil javob bo‘lishi shart.

Ikkinchidan, bunaqa potensial bosqinchilarga O‘zbekiston Respublikasi hududiy yaxlitligini Konstitutsiyaga xilof tarzda buzishga ochiqdan-ochiq daʼvat qilish (JK 159-modda) aybi bilan sirtdan jinoyat ishi qo‘zg‘ash kerak. Buning uchun barcha yetarli dalillar bor. Jinoyat-protsessual kodeksining 322-moddasiga ko‘ra, ommaviy axborot vositalari bergan xabarlar jinoyat ishini qo‘zg‘atish uchun sabab bo‘la oladi.

Uchinchidan, Muhrim aytganidek, "SSSR qanday parchalangan bo‘lsa, o‘sha holida tiklanishi kerak", "SSSR noqonuniy parchalangan, uning parchalanishi haqidagi hujjatlar noqonuniy va haqiqiy emas" degan gaplar ham O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz qilish deya baholanishi kerak. O‘zbekiston hududida ham kimdir shu kabi gaplarni aytsa, albatta jazolanishi shart. Boshqacha aytganda, O‘zbekiston mustaqilligini shubha ostiga qo‘yadigan, Vatanimizni yana mustamlaka qilishga olib boradigan har qanday targ‘ibotga ayovsiz chora ko‘rilishi kerak. "Ha, mayli endi, so‘z erkinligi bu, shaxsiy fikrini aytibdi" degan bahonalar o‘tmaydi. Har qanday so‘z erkinligining chegarasi bor. Vatan mustaqilligi mavzusi muqaddas bo‘lishi shart va zarur, bu mavzuda boshqacha talqinlarga o‘rin yo‘q.


👉 @xushnudbek 👈
Forwarded from Jakhongir Rakhmonov - IT
Sizga ko'proq vaqt kerak emas. Ko'proq bilim kerak emas. Ko'proq energiya kerak emas.

Sizga ko'proq diqqat kerak. Fokus kerak.

@jakhonrakhmonov
👍1🔥1
Uzoq tanafusdan keyin qaytish.

Sizlarga juda ko'p yangiliklar bor. Bular haqida keyinroq. Hozir esa alohida mavzu bor:

DeepSeek AI

U qanday qilib qisqa vaqtda raqobatchilarini ortda qoldirdi?

Bugungi kunda AI barcha sohalarga kirib bordi. Bu esa ko'plab shu yo'nalishda ishlovchi kompaniyalarni kuchli raqobatga chaqirdi.

Ko'pchilik bilgan openAI ning ChatGPTsi juda keng tarqaldi. Ammo bugungi kunda unga raqobat bardosh va bazi jihatlardan ustun bo'lgan boshqa AI lar paydo bo'lmoqda.

Ulardan biri DeepSeek.

ChatGPT uchun shu kungacha 18mlr$ dan ortiq mablag' sarflangan.

DeepSeek uchun esa bir necha mln dollar sarflangan.

Hosh qanday qilib shunday kichik moliyalashgan kompaniya yirik gigant kompaniya bilan raqobatlashish darajasiga chiqdi?

Hammasi oddiy. DeepSeek jamoasida turli xalqaro darajadagi olimpiada chempionlari, finansistlar, matematiklar, barcha sohalarning eng kuchlilari yig'ilgan.

Ular AI uchun zarur texnalogiyalar(masalan Nvidia chiplari) yetishmaydigan sharoitda. Imkonsiz ishni uddalashdi.

Men ham foydalanib ko'rdim.
Natija hayratlanarli darajada yaxshi. Nafaqat biz bilgan boshqa tillar balki o'z ona tilimiz o'zbek tilida juda ravon va tiniq javob qaytaradi.

Siz ham foydalaning. Fikringizni izohlarga qoldiring
👍4
Bugun jaxon championstiga chiqish nasib qilsin!!!

TVni yoqib qoyib footballni kutayotganlarga: sizningcha hisob qanday bo’ladi?
Bugun jaxon championstiga chiqish nasib qilsin!!!

TVni yoqib qoyib footballni kutayotganlarga: sizningcha hisob qanday bo’ladi?ч
Forwarded from Sariq Dev
Oʻqituvchi darsga tayyorlanishdan tortib, imtihon olishgacha ishlarni SIga berib, oʻzi koʻproq bolalar bilan ishlashni boshlaydi (human touch). Shifokor bemor tarixini soatlab oʻrganish oʻrniga, SI dan tayyor javob oladi va yakuniy tashxisni qoʻyadi va hokazo.

Men kelajakka doim ijobiy qaraydigan insonman va SIni oʻzimga yordamchi sifatida koʻraman. Sizchi?

Izohlarda fikringizni kutaman.

@sariqdev
Forwarded from Sariq Dev
"SI kimlarni ishsiz qoldiradi?" ming marotaba qayta-qayta so'ralgan savol.

3 yil avval shu savolga javob bera turib, buni aniqlashning eng oson yo'li biror kasb egasi aynan nima vazifalarni bajarishi va ulardan qanchasini SI qila olishini hisoblash kerak degan edim.

Qarangki, Microsoft aynan shunday tadqiqot o'tkazibdi. Bilmaganlar uchun, O*NET portali har bir kasblarni tizimlashtirib, kasb egasining konkret vazifalarini yozib chiqqan (masalan dasturchi 17 ta vazifa bajarar ekan). Microsoft esa 200 mingdan ortiq SI muloqotlarni tahlil qilib turli kasb egalari o'z vazifalaridan qay birini SI qay darajada topshirayotganini tahlil qilgan.

Natijalar nima deydi.

Eng avvalo foydalanuvchilarini 2 guruhga ajratish mumkin: SI dan yordamchi sifatida foydalanuvchilar va SI ga o'z vazifalarni yuklovchilar.
Birinchi guruhga matematiklar, data sayntistlar, veb dasturchilar, AyTi qo'llab-quvvatlash xizmati kabi kasblar kirgan. Bu insonlar SI'dan o'z samaradorligini oshirish, vaqtini tejash, xatolarni to'g'rilash, savollarga javob izlash uchun foydalanib, loyiha arxitekturasi, uning ortidagi mantig'i kabi murakkab jarayonlarni o'zlari nazorat qilishadi.

Ikkinchi guruhga biznes analitiklar, bozor analitiklari, moliyaviy maslahatchilar, imtihon oluvchilar kabi kasblar kirgan. Bu insonlar ma'lumotlar bilan ishlashni SIga topshirib, o'zlari inson omili talab qilinadigan vazifalarga fokusni qaratishgan (mijoz bilan muloqot, ma'lumotlar asosida murakkab qarorlar qabul qilish va hokazo).

Endi eng muhim savolga qaytamiz, SI qaysi kasblarni egallayapti?

Birinchi navbatda "information heavy" ya'ni ma'lumotlar bilan ko'p ishlaydigan kasblarni. Bularga tarjimonlar, mualliflar, texnik dokumentasiya yozuvchilar, muharrirlar, tahrirchilar, tadqiqotchilar, o'qituvchilar, turli analitiklar, jurnalistlar, soliqchilar, maslahatchilar va hokazo kasblar kiradi. Ular orasida ham asosiy vazifasi o'rganish, yozish va tushuntirishdan iborat bo'lganlar yuqori risk guruhini tashkil qiladi (SI bu vazifalarni yaxshiroq bajarib boshlayapti).

Aksincha, jismoniy mehnat talab qiluvchi kasblar esa hozircha omonda.

"Data bilan gaplashaylik, iltimos" ©

Sonlarda gapiradigan bo'lsak, Microsoft kasblarni 3 ta o'lchov bo'yicha baholagan:
Coverage - SI kasbga tegishli vazifalarning necha foizini bajara olishi.
Completion - Yuqoridagi vazifalarni muvaffaqiyatli tamomlash foizi.
Scope - SI yuklangan vazifaning necha foizini "yaxshi" va undan yuqori natija bilan tamomlagani.

Top kasblarda bu ko'rsatkichlar qanday, masalan Tarjimonlar uchun:
Coverage 0.98 - ya'ni tarjimonlarning 98% vazifasini SI bajara oladi.
Completion 0.883 - bu vazifalarning 88% foizini muvaffaqiyatli tamomlaydi
Scope 0.568 - 57% holatda yaxshi va undan yuqori natija qaytaradi.
Ya'ni SI tarjimonlarning deyalri barcha (98%) vazifasini, yakuniga yetkazib (88%), aksar holatda (57%) yaxshi va undan yuqori natija beradi.

Veb dastruchilar uchun esa bu ko'rsatkichlar quyidagicha:
Coverage 73%, Completion 86%, Scope 50%

Agar SI hozircha egallashi murakkab kasblarni qarasak natijalar quyidagicha:
Vulkanizasiya (shinomontaj) ustalari: Coverage 4%, Completion 97%, Scope 35%. Bu yerda completion va scope katta ko'ringani bilan, SI bajarishi mumkin bo'lgan vazifalar 4% tashjkil qiladi xolos.
Huddi shu kabi qurilish ishlari, zavod va fabrikalardagi qora ishlar (5%), og'ir mashina operatorlari (3%), uy tozalovchilar, farroshlar (3%), jarrohlar (3%) ham omonda. Quyi kategoriyadagi kasblarda SI bajarishi mumkin bo'lgan vazifalar 8-9% ga ham yetmagan.

Yuqoridagilardan qanday xulosa qilamiz?
Xulosani ijobiy ham salbiy ham qilish mumkin. Bu insonning o'ziga bog'lqik. Eng avvalo, SI juda ko'p vazifalarni egallashi aniq, bu degani kasb yo'qolib ketadimi? Yo'q, kasb takomillashib, biz bilmagan qo'shimcha vazifalar qo'shilib boradi. Ba'zi kasblar esa birlashib ketadi. Backend dasturchi frontni "vibe coding" qiladi. Biznes egasi moliyaviy hisob kitobni SI ga topshiradi.
Forwarded from Pavel Durov (Pavel Durov)
This year, I wish you less —

less information 📣
less food 🍆
less entertainment 📺
less communication 💬
less stimulation ⚡️

You already have too much of all that, and it stands in the way of your serenity 🧊, health 💪, sleep 💤 and creativity 🖼.

Merry Christmas! 🎄
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Paiziev24
School in the Clouds — Ҳиндистон тажрибаси ва нега бу Ўзбекистонга ҳам керак

Ҳиндистонда бир пайтлар жуда қизиқ таълим тажрибаси қилинган — School in the Clouds. Бу ғоянинг моҳияти оддий: агар болага компьютер, интернет ва эркин муҳит берсанг, у ўқитувчисиз ҳам ўргана олади. Бу концепция ҳақида яқинда “Лидер мактаби” асосчиси Феруза опа билан гаплашганимда билдим.

Бу тажриба муаллифи — Сугата Митра. У кам таъминланган ҳудудларда болалар олдига компьютер қўйиб, ҳеч қандай дарс ва дастурсиз қолдирган. Фақат битта шарт бўлган: болаларга аралашмаслик.

Натижа кутилмаган даражада яхши чиққан. Болалар ўзлари:
— ахборот қидиришни,
— ўқиб тушунишни,
— инглиз тилини,
— бир-бирига ўргатишни
ўрганишган.

Яъни таълим мажбурият орқали эмас, қизиқиш орқали ишлаган.

Бу тажриба Ҳиндистонда бошланган бўлса-да, унинг ғояси бизга ҳам жуда яқин. Чунки Ўзбекистонда ҳали ҳам таълимнинг асосий қисми ёдлашга қурилган. Хато қилишдан қўрқиш бор, мустақил фикрлаш кам қўллаб-қувватланади.

AI даврида эса энг муҳим кўникма — маълумотни ёдлаш эмас, ўрганишни ўрганиш. Савол қўя олиш, мустақил изланиш, жамоада ўрганиш.

School in the Clouds шуни кўрсатадики, болага ишонч билдирилса ва тўғри муҳит яратилса, у кутилгандан анча кўпроқ нарсага қодир.

Балким, Ўзбекистонда ҳам келажак мактаблари айнан шундай — очиқ, эркин ва қизиқишга асосланган бўлиши керакдир.

@paiziev24
🔥2
Forwarded from Sariq Dev
2 ta haqiqat:
1. Oson va tez katta pul topishning yo'li yo'q.
2. Buning yo'lini topgan odam hech qachon sizga o'rgatmaydi, chunki o'ziga raqobatchi kerak emas.

Shu ikkisini va'da qilganlarni ko'rdingizmi, bilingki bu aniq firibgarlar.
Yana bir "red flag" bu hasahamatni ko'z-ko'z qilish, "1 yil ishlab o'zimga uy oldim, mashina oldim".

Afsuski dasturlash, AyTi sohalarida ham shunday va'dalar bilan kurs sotayotganlarni ko'rayapmiz. 3 yil oldin o'quv markazida o'qib, mentor bo'lib yurganlar, bir dumalab 7+ yillik senior dasturchiga aylanib qolganini ham ko'rdik.

Bugun kun.uz da treyderlarga aldanganlarni ko'rib shular esimga tushdi. Treyding loxotron deb 1000 marta aytsak ham, qancha yoshlar shularga ergashib, qarzga botib ketdi.

Haqiqiy, kelajagi bor kasb o'rganmoqchimiz Data Science, Kiberxavfsizlik, Sun'iy intellekt, Dasturlashni o'rganing.
🔥1