«Maxam-Chirchiq» AJ | Rasmiy kanal
1.36K subscribers
3.98K photos
349 videos
6 files
796 links
«Maxam-Chirchiq» AJ - O'zbekistonda mineral o'g'itlar va boshqa kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqaruvchi yirik korxonalardan biri.
Matbuot xizmati bilan aloqa:+998707193256
[email protected] Tarmoqlar: https://taplink.cc/maxamchirchiq
Download Telegram
#xushxabar

😀 “OʻZKIMYOSANOAT” AJ YANA BIR XALQARO REYTINGINI QOʻLGA KIRITDI

Joriy yilning 6-dekabr kuni Moodyʻs xalqaro reyting agentligi “Oʻzkimyosanoat” AJga B1 (barqaror) darajadagi xalqaro kredit reytingini
taqdim etdi.

Davlat rahbari tomonidan kimyo sanoatiga berilgan eʼtibor tufayli “Oʻzkimyosanoat” AJ tarmoq korxonalarini moliyaviy-iqtisodiy sogʻlomlashtirish va ularning faoliyatini barqarorlashtirish, amaldagi ishlab chiqarish jarayonlarini modernizatsiya qilish, energiya tejamkor texnologiyalarni joriy etish, mineral resurslarni chuqur qayta ishlash boʻyicha yangi quvvatlarni barpo etishga qaratilgan investitsiya loyihalarini amalga oshirish orqali tarmoqni yanada rivojlantirish, davlat ulushini qisqartirish, sohani transformatsiya qilish boʻyicha bir qator ishlar amalga oshirildi.

Kimyo sanoatini yangi darajaga olib chiqish maqsadida “Oʻzkimyosanoat” AJ va tarmoq korxonalarining xalqaro reytinglarni qoʻlga kiritish borasida Moodyʻs hamda Fitch Ratings xalqaro reyting agentliklari bilan olib borgan ishlari yakunlandi.

📌Avvalroq “Oʻzkimyosanoat” AJ mamlakat kimyo sanoati tarixida ilk bor yirik xalqaro reyting agentligi Fitch Ratings ning BB- “Barqaror” toifasidagi xalqaro kredit reytingini qoʻlga kiritgani haqida maʼlum qilingandi.

🌎Batafsil⬅️

——————————————————————————————
🌐 Веб-сайт ✉️ Telegram 📱 Facebook 📱 Instagram 🌐 Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#xushxabar

🤩 “Oʻzkimyosanoat” AJ “Davlat tilida ish yuritish boʻyicha eng namunali vazirlik-idora” nominatsiyasi gʻolibi boʻldi

😀 Bugun “Turkiston” sanʼat saroyida Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tomonidan tashkil etilgan “Eng namunali vazirlik va idora” tanlovining taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.

🏆 Ahamiyatlisi, tanlovda “Oʻzkimyosanoat” AJ “Davlat tilida ish yuritish boʻyicha eng namunali vazirlik-idora” nominatsiyasida gʻolib boʻldi va 8 mln soʻmlik kitoblar jamlanmasi bilan taqdirlandi. Mukofotni “Oʻzkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisining maslahatchisi Sanobar Abduraxmanova qabul qilib oldi.

🤣 Jamiyatimiz va tizim korxonalari davlat tilimizning mavqeini yuksaltirishda va bu ishda namuna boʻlishda davom etadi.

————————————————————————————
🌐 Веб-сайт ✉️ Telegram 📱 Facebook 📱 Instagram 🌐 Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xushxabar
#Yil_sarhisobi

O'zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan "Yurt taraqqiyoti yo'lida birlashaylik" shiori ostida Respublika boshlang'ich kasaba uyushma tashkilotlari o'rtasida o'tkazilgan "Eng yaxshi jamoa shartnomasi-2023" ko'rik-tanlovida "Maxam-Chirchiq" aksiyadorlik jamiyati kasaba uyushma qo'mitasi raisi Bahtiyor Abdullayev
-Kimyo va farmatsevtika tarmoq bosqichida 🥇-o'rinni;
-Respublika bosqichida faxrli 🥉-o'rinni qo'lga kiritdi.
#Xushxabar
#Yoshlarga_oid_davlat_siyosati

🇺🇿O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi va O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Toshkent viloyati Kengashlari tomonidan

😄 "Maxam-Chirchiq" aksiyadorlik jamiyati mamlakatimizda yoshlarga oid davlat dasturining bajarilishida turli sohalarda o'z mehnat faoliyatini olib borayotgan yoshlarni ijtimoiy huquqiy tomondan himoya qilish, ularni sog'lom turmush tarziga jalb qilish, dunyoqarashini kengaytirishda o'zining munosib hissasini qo'shib kelayotgan "Eng faol tashkilot" 🏆 deb topildi.

😄 "Maxam-Chirchiq" AJ Matbuot xizmati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#xushxabar
#tanlov

♻️ “O‘zkimyosanoat” AJ tarmoq korxonalarida faoliyat yuritayotgan iqtidorli xotin-qizlarni aniqlash, ularning qobiliyatini yuzaga chiqarish, kimyo sanoati rivojiga xizmat qiladigan innovatsion taklif va tashabbuslarini o‘rganish hamda qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan “Eng faol innovator ayol” ko‘rik-tanlovining respublika bosqichida "Maxam-Chirchiq" AJ 2 nafar xodimasi faxrli o'rinlarni 🏆 egallashdi.

♻️ Unda Markaziy laboratoriya muhandisi-Iroda Todjidinova 🥈-o‘rinni;

♻️ Markaziy laboratoriyaning yana bir muhandisi-Zumrad Abduraxmanova 🥉-o'rin sohibiga aylandi.

"Maxam-Chirchiq" AJ Matbuot xizmati
👍4
#Maxam_Chirchiq
1️⃣1️⃣1️⃣

#XUSHXABAR

2️⃣1️⃣-aprel kuni Qatar mamlakati mezbonlik qilayotgan ⚽️ futzal bo‘yicha Osiyo Kubogi-2024 musobaqasining navbatdagi 3-turidan o‘rin olgan Saudiya Arabistoni va O‘zbekiston jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

✔️ Jamoamiz 3:1 hisobida ishonchli g'alabaga erishdi. Shu tariqa 🇺🇿O‘zbekiston terma jamoasi guruhda maksimal ochko to‘plab, birinchi o‘rin bilan chorak finalga yo‘l oldi.

Ushbu o'yinda jamoamizning ikkinchi goliga "Maxam-Chirchiq" mini futbol klubi a'zosi Abror Ahmetzyanov mualliflik qildi.


Eslatib o'tamiz, futzal bo‘yicha Osiyo Kubogi-2024 musobaqasida "Maxam-Chirchiq" mini futbol klubining 2️⃣ nafar a'zosi Fazliddin Botirov hamda Abror Ahmetzyanov mamlakatimiz sharafini munosib himoya qilishmoqda.

😄 "Maxam-Chirchiq" AJ Matbuot xizmati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5
#Xushxabar
#Bayram_tuhfasi

“Maxam-Chirchiq” AJ xodimi-Osiyo chempionati sovrindori!!!

🔹Toshkent shahri mezbonlik qilgan sportning "Armrestling" turi bo'yicha XXII Osiyo chempionatida O'zbekiston sharafini himoya qilgan “Maxam-Chirchiq” AJning “Karbamid” sexi mashinisti-Aziz Tadjiyev 20 ta davlat sportchilari orasida, 110 kg vazn toifasida bronza medali sohibiga aylandi.

🔸Shu bilan bir qatorda joriy yilning avgust oyida Moldovada bo'lib o'tadigan Jahon chempionatida O’zbekiston nomidan ishtirok etish huquqini beruvchi sertifikatni qo'lga kiritdi.

💠 "Maxam-Chirchiq" aksiyadorlik jamiyati jamoasi Aziz Tadjiyevni ushbu g'alaba bilan tabriklaydi va kelgusidagi musobaqalarda ulkan zafarlar tilaydi.

“Maxam-Chirchiq”AJ Matbuot xizmati
👏14👍71🔥1
#Xushxabar

Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining oʻttiz uch yilligi munosabati bilan Toshkent viloyati kasaba uyushma kengashi tomonidan joriy yilning yozgi mavsumida “Kimyogar” bolalarni sog’lomlashtirish oromgohida korxonamiz farzandlarini sog’lomlashtirishda o’zining munosib hissasini qo’shgani hamda fidokorona xizmatlari uchun “Maxam-Chirchiq” AJning TRM shifokori Usmanova Gulmira Shokirovna tashakkurnoma hamda esdalik sovg’asi bilan taqdirlandi.

“Maxam-Chirchiq” AJ Matbuot xizmati
👍15🔥2👏21👎1
#Xushxabar

“Maxam-Chirchiq” AJ xodimi-Jahon kubogi sovrindori!!!


♻️ Joriy yilning 26-29-sentyabr kunlari Vengriya poytaxti Budapesht shahrida o'tkazilgan sportning "Armrestling" turi bo'yicha XX Jahon kubogida O'zbekiston 🇺🇿 sharafini himoya qilgan “Maxam-Chirchiq” AJning “Karbamid” sexi mashinisti-Aziz Tadjiyev 20 ga yaqin davlat sportchilari orasida, 105 kg vazn toifasida 🥈kumush (chap qo'lda) hamda 🥉bronza (o'ng qo'lda) medali sohibiga aylandi.

"Maxam-Chirchiq" aksiyadorlik jamiyati jamoasi Aziz Tadjiyevni ushbu g'alaba 🏆 bilan tabriklaydi va kelgusidagi musobaqalarda ulkan zafarlar tilaydi.

"Maxam-Chirchiq" AJ Matbuot xizmati
👍13🔥5👏1
#Xushxabar
#Jarayon

♻️ Chirchiq shahrining korxona va tashkilot xodimlari ishtirokida tashkil etilgan "Zakovat IQuiz" kuzgi mavsum 5-o'yinida "Maxam-Chirchiq" aksiyadorlik jamiyati yoshlari va xodimlari ishtirokida tuzilgan jamiyatning "Maxam" terma jamoasi musobaqada 🥇-o'rinni egallab 🏆 g'oliblikni qo'lga kiritdi.

"Maxam-Chirchiq" AJ Matbuot xizmati
13👍6🎉1
#Xushxabar

Bugun Yoshlar ishlari agentligi hamda Sport vaziriligi bilan hamkorlikda "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida Toshkent viloyatidagi korxona va tashkilotlarda faoliyat yurituvchi ishchi-xodimlar oʻrtasida shaxmat va shashka bo'yicha o'tkazilgan musobaqalarning yakuniy bosqichi bo'lib o'tdi.

⚡️Quvonarlisi, "Maxam-Chirchiq" AJning 1-Tozalash sexi xodimi-D.Baxtiyarova shashka turnirida faxrli 2-o'rinni, Texnologik uskunalarni markaziy ta'mirlash sexi xodimi-T.Imanov shaxmat bo'yicha 3-o'rinni qoʻlga kiritdi.

"Maxam-Chirchiq" AJ Matbuot xizmati
👍41
#Xushxabar

♻️ Yoshlar ishlari agentligi hamda Sport vaziriligi bilan hamkorlikda "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida Toshkent viloyatidagi korxona va tashkilotlarda faoliyat yurituvchi ishchi-xodimlar oʻrtasida stol tennisi bo'yicha o'tkazilgan musobaqalarning yakuniy bosqichi bo'lib o'tdi.

⚡️Musobaqada viloyatning 20 ga yaqin korxona va tashkilotlari ishtirok etdi.

Quvonarlisi, "Maxam-Chirchiq" AJning Ta'mirlash mexanika ishlab chiqarishi xodimi-E.Yuldashev faxrli 3-o'rinni qoʻlga kiritdi.

"Maxam-Chirchiq" AJ Matbuot xizmati
👍31
#Xushxabar

"Maxam-Chirchiq" AJ jamoasi-turnir g'olibi

Yoshlar ishlari agentligi hamda Sport vaziriligi bilan hamkorlikda "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida Toshkent viloyatidagi korxona va tashkilotlarda faoliyat yurituvchi ishchi-xodimlar oʻrtasida mini-futbol bo'yicha o'tkazilgan musobaqalarning yakuniy bosqichi Ohangaron shahrida bo'lib o'tdi.


⚡️ "Maxam-Chirchiq" AJ 16 ta jamoa ishtirok etgan musobaqada barcha raqiblarini mag'lubiyatga uchratib, turnirning bosh sovrinini qo'lga kiritdi.

"Maxam-Chirchiq" AJ Matbuot xizmati
👍13🔥2
#xushxabar

“Oʻzkimyosanoat” AJ va “Ammofos-Maxam” AJ “Gender tenglik faoli” milliy tanlovining respublika bosqichi gʻoliblari qatoridan joy oldi

Joriy yilning 16-yanvar kuni “Gender tenglik faoli” milliy tanlovining respublika bosqichi gʻoliblarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.

Marosimni Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva qutlov soʻzi bilan ochib berdi.

“Gender tenglik faoli” milliy tanlovi Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari boʻyicha Respublika komissiyasi tashabbusi bilan har yili anʼanaviy tarzda oʻtkazib kelinmoqda.

Mazkur tanlovda ishtirok etish uchun 934 ta tashkilot va muassasalar tomonidan hujjatlar taqdim etildi. Ular tanlov komissiyasi tomonidan nizom talablari asosida baholanib, 10 ta nominatsiya boʻyicha gʻoliblar aniqlandi.

😀 Quvonarlisi “Oʻzkimyosanoat” AJ “Gender tenglikni taʼminlashda eng faol respublika darajasidagi davlat organi” – nominatsiyasida 3-oʻrinni qoʻlga kiritdi.

😅 Jamiyatning tarmoq korxonasi “Ammofos-Maxam” AJ “Gender tenglikni taʼminlashda eng faol tuman davlat organi” nominatsiyasida 1-oʻrinni egalladi.

Tanlov gʻoliblari esdalik sovgʻalari va diplomlar bilan taqdirlandi.

😄 “Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati
——————————————————————————————
🌐 Veb-sayt ✉️ Telegram 📱 Facebook 📱 Instagram 🌐 Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍41👌1
#Xushxabar

☄️“Maxam-Chirchiq” AJ xodimi-jahon kubogi sovrindori!!!

Joriy yilning 1-7-fevral kunlari Toshkent shahrida o'tkazilgan sportning "Armrestling" turi bo'yicha XXI Jahon kubogida O'zbekiston sharafini himoya qilgan “Maxam-Chirchiq” AJning “Karbamid” sexi mashinisti-Aziz Tadjiyev 20 ga yaqin davlat sportchilari orasida, 110 kg vazn toifasida bronza medali sohibiga aylandi.


"Maxam-Chirchiq" aksiyadorlik jamiyati jamoasi Aziz Tadjiyevni ushbu g'alaba bilan tabriklaydi va kelgusidagi musobaqalarda ulkan zafarlar tilaydi.

😄 “Maхam-Chirchiq”AJ Matbuot xizmati

🌎Veb-sayt | 📱Telegram | 📱Instagram | 📱You Tube | 📱Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7
#Xushxabar

♻️ Joriy yilning 22-mart kuni Toshkent shahrida "Dance fusion" xalqaro xoreografiya san'ati ko'rik-tanlovi bo'lib o'tdi. Unda Rossiya, Qozog'iston, Turkiya, Belarus va boshqa mamlakatlarning xoreografiya jamoalari ishtirok etishdi.

Quvonarlisi, "Maxam Chirchiq" aksiyadorlik jamiyatiga qarashli "Kimyogar" madaniyat saroyining "Afsona" xoreografiya jamoasi kuchli raqiblar orasida o'z mahoratlarini namoyish etib, musobaqaning g'olibiga aylandi.

"Maxam-Chirchiq" AJ Matbuot xizmati
___________________________________

🌐 Bizning rasmiy sahifalarimiz 👇

Veb-sayt | Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
👍131
#Xushxabar
#E’tirof

Farovon va barqaror oilalarning hayotiy tajribalarini ommalashtirish, oilaviy qadriyatlarni saqlash va rivojlantirishga munosib hissa qo‘shganligi uchun “Maxam-Chirchiq”AJ buxgalteriya bo‘limi byuro boshlig‘i Zarima O‘sarova 15-may – Xalqaro оila kuni bayrami arafasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida o‘tkazilgan tantanali yig‘ilishda “Ibratli oila” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.


🗣Korxona jamoasi nomidan Zarima O‘sarovani ushbu yuksak e’tirof bilan muborakbod etamiz.

😄 "Maxam-Chirchiq" AJ Matbuot xizmati

🌎Veb-sayt | 📱Telegram | 📱Instagram | 📱You Tube | 📱Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8🔥2🤩21👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yoshlar_oyligi
#Xushxabar

⚡️ Chirchiq shahrining korxona va tashkilot yosh xodimlarini bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularni orasidan iqtidorlilarini saralab olish va mantiqiy fikrlashlarini oshirish maqsadida "Zakovat Iquiz" intellektual o'yini an'anviy o'tkazib kelinmoqda.

🏆 2025-yilning 3-iyun kuni turnirning final bosqichi "Bahorgi mavsum rahbar kubogi chempioni" aniqlandi.

Quvonarlisi "Maxam-Chirchiq" aksiyadorlik jamiyatining yoshlaridan tashkil topgan "Alfa" jamoasi barcha raqiblarini ortda qoldirib musobaqaning bosh sovrinini qo'lga kiritdi.

😄 "Maxam-Chirchiq" AJ Matbuot xizmati
——————————————————————————————

🌎Veb-sayt | 📱Telegram | 📱Instagram | 📱You Tube | 📱Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍1🤩1
#xushxabar

😀 “O‘zkimyosanoat” AJ – Yoshlar bilan ishlashda eng namunali 30 tashkilotdan biri!

⚡️Yoshlar siyosatini samarali amalga oshirish, ularning salohiyati va ijtimoiy faolligini ro‘yobga chiqarish borasida tizimli faoliyat olib borayotgan “O‘zkimyosanoat” AJ yurtimizda yoshlar bilan ishlashda ilg‘or tajriba namoyon etgan tashkilotlar qatoridan o‘rin oldi.

Yoshlar ishlari agentligi tomonidan respublika bo‘yicha 150 dan ortiq vazirlik va idoralar orasidan tanlab olingan eng faol “TOP-30” tashkilot ro‘yxatiga “O‘zkimyosanoat” AJning ham e'tirof etilishi – tizimda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish borasida berilgan yuksak baho hisoblanadi.


Bugungi kunda jamiyat tizim korxonalarida yoshlar salohiyatini qo‘llab-quvvatlash, ularni innovatsion, intellektual, sport va ijtimoiy loyihalarga jalb etish, rag‘batlantirish va malakasini oshirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Shuningdek, “O‘zkimyosanoat” AJ Boshqaruvi raisining yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi Muhammadbobur Abdurazakov tashabbus va faoliyati ushbu yutuqlarda muhim o‘rin tutib, uning yoshlar bilan ishlashdagi namunali yondashuvi alohida e’tirof etildi.


🔷Ushbu e'tirof — yoshlar siyosatini tizimli asosda amalga oshirish, ularning imkoniyatlarini kengaytirish va har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ishlar samarasi hisoblanadi.

😄 “Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati
——————————————————————————————
🌐 Veb-sayt ✉️ Telegram 📱 Facebook 📱 Instagram 🌐 Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍1👏1
#xushxabar
#armrestling

⚡️"Maxam-Chirchiq" AJ xodimi - xalqaro turnir g'olibi

🏆Sportning armrestling turi bo’yicha Slovakiyada bo’lib o’tgan "Dobra Voda Cup" an'anaviy xalqaro turnirida “Maxam-Chirchiq” AJ xodimi Aziz Tadjiyev ishtirok etib, mutlaq vazn toifasida chap qo’lda 1-o’rinni va o’ng qo’lda faxrli 3-o’rinni egallab yurtimiz sharafini munosib himoya qildi.


🗣"Maxam-Chirchiq" AJ A.Tadjiyevning kelgusi faoliyatiga omad va zafarlar tilab qoladi.

😄 "Maxam-Chirchiq" AJ Matbuot xizmati
——————————————————————————————

🌎Veb-sayt | 📱Telegram | 📱Instagram | 📱You Tube | 📱Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8🔥3👏32🎉1