Marhamat tumani hokimligi MATBUOT XIZMATI๐Ÿ‡บ๐Ÿ‡ฟ
3.94K subscribers
33.8K photos
3.38K videos
11 files
10.6K links
Marhamat tumani hokimligi Matbuot xizmatining Rasmiy kanali

Web-sayt: www.marhamatpress.uz
Facebook: fb.com/marhamatpress
Youtube: https://youtube.com/@marhamatpresss
Instagram: instagram.com/marhamatpress
Murojaat uchun:
@Marhamat_matbuot_kotibi
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

Siz yoshlar daftariga kiritilganmisiz? Ish topish uchun kimga murojaat qilishni bilmayapsizmi?
#Bilasizmi

๐Ÿ“ Xodimlarni bayram (ishlanmaydigan) kunlari ish beruvchining farmoyishi bo'yicha ishga jalb etishga faqatgina jamoa shartnomasida, agar u tuzilmagan bo'lsa, ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo'mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishib belgilangan asoslar bo'yicha yo'l qo'yiladi.

โ˜‘๏ธ Ishlab chiqarish-texnika sharoitlari va boshqa sharoitlarga ko'ra ishni to'xtatib turish mumkin bo'lmagan joylarda, aholiga xizmat ko'rsatish zarurati bo'lgan ishlarda, shuningdek, kechiktirib bo'lmaydigan ta'mirlash va yuk ortish-tushirish ishlarida bayram (ishlanmaydigan) kunlari ishlashga yo'l qo'yiladi.

๐Ÿ’ฐ Dam olish kunlari va bayram kunlaridagi ishlar uchun kamida ikki hissa miqdorida haq to'lanadi.

โ€ผ๏ธ Bayram (ishlanmaydigan) kunlari arafasida kundalik ish (smena) muddati barcha xodimlar uchun kamida 1 soatga qisqartiriladi.

Kanalga ulanish๐Ÿ‘‡๐Ÿ‘‡๐Ÿ‘‡
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

๐Ÿ”ฐYangi Yo'l harakati qoidalariga muvofiq, โ€œHaydovchilikni endi boshlaganโ€ belgisi malakasi yetarli bo'lmagan haydovchilik staji 2 yildan kam bo'lgan shaxs boshqarayotgan transport vositasining orqasida uning xohishiga ko'ra o'rnatilishi mumkin.

Kanalga ulanish๐Ÿ‘‡๐Ÿ‘‡๐Ÿ‘‡
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

๐Ÿ’ฐ Fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari faoliyatida faol ishtirok etib kelayotgan fuqarolarga kommunal xizmatlar uchun majburiy to'lovlar bo'yicha BHMning 50 foizi (135 ming so'm) miqdorida har oyda kompensatsiya pul to'lovlari to'lanadi.

๐Ÿ“Š Bunda fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari faoliyatida faol ishtirok etayotgan ko'chaboshi va uyboshilar faoliyati samaradorligi bir qator asosiy ko'rsatkichlar orqali baholanadi.

โ˜‘๏ธ Mazkur shaxslar faoliyatini baholashda ular biriktirilgan ko'cha yoki uyda kamida 3 oy davomida faoliyat ko'rsatganligi inobatga olinadi va mezonlardan kelib chiqqan holda 70 balldan yuqori ball to'plagan taqdirda to'lanadi.

Kanalga ulanish๐Ÿ‘‡๐Ÿ‘‡๐Ÿ‘‡
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

โœ… Soliq to'lovchining professional (kasb-hunar maktablari, kollejlar, texnikumlar) va oliy ta'lim tashkilotlarida ta'lim olish (o'zining, shuningdek 26 yoshga to'lmagan farzandlarining yoki erining (xotinining) ta'lim olishi) uchun yo'naltiriladigan daromadlari soliqqa tortilmaydi.

Manba
#Bilasizmi

๐Ÿ”ฐ Avtomobil benzini sotib olish bo'yicha quyidagi shaxslar uchun oylik pul kompensatsiyalari to'lovlari joriy etilgan:

๐Ÿ‘‰ urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan shaxslar;
๐Ÿ‘‰ urush faxriylari va ularga tenglashtirilgan shaxslar;
๐Ÿ‘‰ mehnatda mayib bo'lish va kasb kasalligi tufayli I va II guruh nogironlar;
๐Ÿ‘‰ I va II guruh bolalikdan nogironlar.

โžก๏ธ Kompensatsiya to'lovi miqdori chakana savdodagi avtomobil benzini (chakana savdoda eng ko'p tarqalgan) muayyan markasining 40 litri qiymatining 50 foizidan kelib chiqib Hukumat qarorlari bilan belgilanadi.

Manba
#Bilasizmi

Davlat xizmatlaridan foydalanishda Mobil-ID tizimi joriy etiladi

Batafsil infografikada๐Ÿ‘†

Manba
#Bilasizmi

โœ… Qonunchilikka ko'ra, 2022/2023-o'quv yilidan davlat OTMlarida magistraturada o'qiyotgan barcha xotin-qizlarning kontrakt to'lovlari qoplab beriladi va bunga har yili kamida 200 milliard so'm ajratiladi.

Manba
#Bilasizmi

๐Ÿ”ฐ Qonunchilikda yoshlarga berilgan ayrim imtiyozlar

๐Ÿ”นMehnat kodeksida yoshlar uchun alohida kafolatlar belgilangan, jumladan 16 dan 18 yoshgacha bo'lganlar uchun ish vaqti haftasiga 36 soatdan oshmasligi lozim.

๐Ÿ”นMuddatli harbiy xizmatni o'tagan va kontrakt bo'yicha o'qiyotgan ijtimoiy faol talabalarga kontrakt summasining 35 foizi to'lab beriladi.

๐Ÿ”นKontrakt asosida o'qiyotgan talabalarga ta'lim krediti beriladi.

๐Ÿ”นYoshlar muammolari bilan ishlashning yangicha tizimi โ€“ โ€œYoshlar daftariโ€ ishga tushirilgan.

๐Ÿ”นโ€œYoshlar daftariโ€ga kiritilganlarning nogiron oila a'zolariga dori-darmon, nogironlik aravachalari, eshitish apparatlari va ortopedik mahsulotlar xarid qilish uchun BHMning 5 baravari miqdorida yordam ko'rsatiladi.

๐Ÿ”นNogironligi bo'lgan yoshlarga o'qish, yashash va transport xarajatlarini qoplash uchun 15 mln so'mgacha subsidiya ajratiladi.

๐Ÿ”นDavlat oliy ta'lim muassasalariga kirishda eng yuqori ball to'plagan 200 nafar yoshlar uchun Prezident granti joriy qilingan.

๐Ÿ”นIjtimoiy faol yoshlarga OTMga o'qishga kirishda imtiyozlar beriladi.

๐Ÿ”นAyrim yoshlar OTMga o'qishga qabul qilishda test sinovlarida ishtirok etish uchun undiriladigan to'lovlardan ozod etiladi.

๐Ÿ”นโ€œMoziyga sayohatโ€ dasturi doirasida โ€œYoshlar daftariโ€ga kiritilganlar davlat muzeylariga bepul kiritiladi.

๐Ÿ”นXorijdagi yosh vatandoshlarning vazirliklar, idoralar va tashkilotlarda ishlashi uchun shart-sharoit yaratiladi.

Kanalga ulanish๐Ÿ‘‡๐Ÿ‘‡๐Ÿ‘‡
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

โœ… Boshqa hududda yashovchi shifokorlar olis va chekka hududlarda joylashgan oilaviy shifokor punktlari va oilaviy poliklinikalarga ishga qabul qilinganda kamida 3 yil ishlab berish sharti bilan 30 mln so'm miqdorida bir martalik boshlang'ich yordam puli, uy-joyi bo'lmaganlarga esa 3 yil davomida xizmat uy-joylari beriladi yoki BHMning 2 baravari (600 ming so'm) miqdorida har oylik ijara to'lovlari kompensatsiya qilinadi.

Kanalga ulanish๐Ÿ‘‡๐Ÿ‘‡๐Ÿ‘‡
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin