Marhamat tumani hokimligi MATBUOT XIZMATI🇺🇿
3.94K subscribers
33.8K photos
3.38K videos
11 files
10.6K links
Marhamat tumani hokimligi Matbuot xizmatining Rasmiy kanali

Web-sayt: www.marhamatpress.uz
Facebook: fb.com/marhamatpress
Youtube: https://youtube.com/@marhamatpresss
Instagram: instagram.com/marhamatpress
Murojaat uchun:
@Marhamat_matbuot_kotibi
Download Telegram
#mobilephoto

#salomatlik_tuman_boylik

Bugun Marhamat tuman tibbiyot birlashmasi Aholi sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va jismoniy faolligini oshirish bo‘linmasi tomonidan tumandagi 33- Oilaviy poliklinika xizmat ko‘rsatuvchi "Shahriston"  mahalla fuqarolar yig‘ini hududida yashovchi aholi o‘rtasida "Sog‘lom ovqatlanish va sog‘lom turmush tarzi" umummilliy harakati doirasida, "Mening sog‘lom dasturxonim" mavzusida tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda shu hududda yashovchi aholi ishtirok etdi.
Ovqatlanish jarayonida "svetofor" metodini qo‘llash borasida ishtirokchilarga tushunchalar berildi.
Kasalliklar profilaktikasi, sog‘lom turmush tarzi tamoyillarini shakllantirish va zararli odatlardan voz kechishga yo‘naltirilgan keng ko‘lamli targ‘ibot ishlari amalga oshirildi.
Tadbir uning ishtirokchilariga manzur bo‘ldi va bunday tadbirlarni rejali asosda amalga oshirishga kelishib olindi.

Marhamat tumani hokimligi
Matbuot xizmati.
#mobilephoto

#yoshlar_kelajagimiz

Tumanimiz yoshlari "Teknofest" festivali Respublika bosqichida g‘olib bo‘lishdi.

2023-yil iyun oyi yakunida Oliy ta’lim, Fan va Innovatsiyalar vazirligi binosida "Yoshlar oyligi" da faol ishtirok etgan va tanlovlarda g‘olib bo‘lgan yoshlarni taqdirlash marosimi o‘tkazildi. Shuningdek, marosim davomida "Teknofest" muhandislik-texnologiyalar festivalida tumanimizning faol yoshlaridan Asadullayev Mansurxon o‘zining "Men ham eshita olaman" loyihasi bilan ishtirok etib, g‘oliblar safidan joy oldi.
O‘z oldiga qo‘ygan maqsadlari sari dadil qadam tashlab, zafarlar cho‘qqisini zabt etayotgan yoshlarimizga omad tilaymiz!

Marhamat tumani hokimligi
Matbuot xizmati.
#mobilephoto

IJTIMOIY HIMOYAGA MUHTOJ AHOLINI QO‘LLAB-QUVVATLASH ISHLARI AMALGA OSHIRILMOQDA

Ijtimoiy himoya agentligi tashkil etilishi munosabati bilan joriy yilning 1-iyun kungi PQ-176-sonli qaror ijrosini ta’minlash maqsadida Marhamat tumanida xatlov ishlari amalga oshirilayotgani haqida xabar bergandik.

Tuman hokimi hamda sektor rahbarlari boshchiligida hududlarda faoliyat olib borayotgan mahalla raisi, hokim yordamchilari, xotin-qizlar faollari, yoshlar yetakchilari hamda profilaktika inspektorlari shuningdek ishchi guruh a’zolari mahallalardagi imkoniyati cheklangan fuqarolarning holidan xabar olgan holda fuqarolarning taklif va murojaatlarini o‘rganmoqda.

Marhamat tumani hokimligi
Matbuot xizmati.
#mobilephoto

2023-2024- yil kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish maqsadida Marhamat tumanida qishga tayyorgarlik ishlari hozirdan boshlab yuborildi.
Muhtaram Prezidentimizning tashabbuslari va aholiga bo‘lgan g‘amxo‘rligi ostida har yilgidan ham o‘zgacha tarzda aholiga arzon narxlarda ko‘mir yoqilg‘isi yetkazib berish ishlari boshlab yuborildi.

Jumladan, Marhamat tumanida joriy yilning 7-iyul kunidan boshlab, aholiga arzon va sifatli ko‘mir yoqilg‘isi yetkazib berilmoqda.
O‘tgan 3 kun mobaynida tumandagi 20 ta mahallada yashovchi aholiga 700 tonnaga yaqin ko‘mir yoqilg‘isi yetkazib berildi, rejaga nisbatan 10 foizini tashkil qilmoqda, aholiga belgilangan reja bo‘yicha ko‘mir yoqilg‘i yetkazib berish davom etmoqda.

Marhamat tumani hokimligi
Matbuot xizmati.
#mobilephoto

Bugun "Oqbosh" MFY hududida joylashgan 22-umumiy o‘rta ta’lim maktabi sport zalida sportning kurash turi bo'yicha o'smir yigitlar va qizlar o‘rtasida Marhamat tuman chempionati musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Musobaqada 55 nafardan ziyod yosh sportchilar ishtirok etdilar. Musobaqada g‘oliblikni qo‘lga kiritgan sportchilar medal va diplomlar bilan taqdirlandilar.


Marhamat tumani hokimligi
Matbuot xizmati
#mobilephoto

IJTIMOIY HIMOYAGA MUHTOJ AHOLINI QO‘LLAB-QUVVATLASH ISHLARI DAVOM ETMOQDA

Ijtimoiy himoya agentligi tashkil etilishi munosabati bilan joriy yilning 1-iyun kungi PQ-176-sonli qaror ijrosini ta’minlash maqsadida Marhamat tumanida xatlov ishlari davom etmoqda.

Hududlarda  faoliyat olib borayotgan mahalla raisi, hokim yordamchilari, xotin-qizlar faollari, yoshlar yetakchilari hamda profilaktika inspektorlari shuningdek ishchi guruh a’zolari mahallalardagi imkoniyati cheklangan fuqarolarning holidan xabar olgan holda fuqarolarning taklif va murojaatlarini o‘rganmoqda.


Marhamat tumani hokimligi
Matbuot xizmati
#mobilephoto

Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, sportga boʻlgan qiziqishlarini oshirish, mardlik, jasurlik va oliyjanoblik sifatlarini shakllantirish maqsadida "Sport-sogʻlik garovi" shiori ostida davra suhbati tashkil etildi. Marhamat tumanida joylashgan DXX ChQ harbiy qism harbiy xizmatchilari ishtirokida o‘tgan ushbu suhbatda sportning taekwondo turi boʻyicha paraolimpiada qatnashchisi, paraolimpiada boʻyicha Oʻzbekiston chempioni Madrahimova Zarinabonu Ma'murjonovna ham ishtirok etdi. Zarinabonu Madrahimova oʻzining sportda va hayotda erishgan yutuqlari, qiziqishlari va maqsadlarini harbiy xizmatchilar bilan oʻrtoqlashdi.

Marhamat tumani hokimligi
Matbuot xizmati
#mobilephoto

«OILА MUQАDDАS DАRGOH»


Marhamat tumani Oila va xotin-qizlar boʼlimi qoshida tashkil qilingan «Oila ilmi» maktabining navbatdagi mashgʼuloti oʼtkazildi.

Oʼquv mashgʼulotda tuman hokimining oʼrinbosari, Oila va xotin-qizlar boʼlimi boshligʼi X.Mamarizayeva, tuman FHDYO bo‘limi mudiri M.Sotvoldiyeva, tuman tibbiyot birlashmasi shifokori A.Saidakbarov  yosh oila quruvchi juftliklar va ularning ota-onalari qatnashdilar.

Oʼquv mashgʼuloti jarayonida yangi oila qurish arafasida turgan yoshlarga «Kelin-kuyov munosabatlarida ajrimga sabab boʼluvchi omillar», «Oilaviy ajrimlarga sabab boʼluvchi omillar va ularni oldini olish yoʼllari», «Uchinchi shaxslar aralashuvi va oqibatlari» toʼgʼrisida tushunchalar berildi.

Marhamat tumani hokimligi
Matbuot xizmati
#mobilephoto

Marhamat tumanida "qizil toifa" ga kiritilgan yoshlar bilan ishlash va ularning muammolarini hal etish jarayonlari davom etmoqda.

Marhamat tumani hokimligi
Matbuot xizmati
#mobilephoto

Bugun Marhamat tuman tibbiyot birlashmasi Aholi  sog‘lom  turmush  tarzini  qo‘llab- quvvatlash  va  jismoniy  faolligini  oshirish bo‘linmasi xodimlari tomonidan tumandagi "Gʻafur Gʻulom" MFY hududida istiqomat qiluvchi aholi o‘rtasida "Sog‘lom ovqatlanish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish" umumilliy harakati doirasida "Biz buni uddalaymiz"," Ortiqcha vazn- davr muammosi "mavzularida targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi. Tadbirda 35 nafarga yaqin fuqarolar ishtirok etdilar.
Tadbirda sog‘lom ovqatlanishning muhim jihatlari va" svetofor "usuli haqida aholiga tushuntirish ishlari olib borildi.
Meyorida va sog‘lom ovqatlanish yuqumli bo‘lmagan kasalliklarni va erta o‘lim holatlarini oldini olishda muhim ahamiyat kasb etishi aholiga atroflicha tushuntirib berildi. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar.

Marhamat tumani hokimligi
Matbuot xizmati