Marhamat tumani hokimligi MATBUOT XIZMATI🇺🇿
3.94K subscribers
33.8K photos
3.38K videos
11 files
10.6K links
Marhamat tumani hokimligi Matbuot xizmatining Rasmiy kanali

Web-sayt: www.marhamatpress.uz
Facebook: fb.com/marhamatpress
Youtube: https://youtube.com/@marhamatpresss
Instagram: instagram.com/marhamatpress
Murojaat uchun:
@Marhamat_matbuot_kotibi
Download Telegram
⚡️«Tadbirkorlik rivoji uchun yangi taklif va tashabbuslar» shiori ostida hududlarda biznes vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazish amaliyoti boshlandi. Dastlabki manzil – Andijon viloyati.

Joriy yil 4-iyul kuni O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan tadbirkorlik sohasida kuzatilayotgan tizimli muammolarni aniqlash, ularni muhokama qilish va biznesga yanada qulaylik va yengilliklar yaratishga qaratilgan takliflar ishlab chiqish maqsadida Andijon shahrida ”Tadbirkorlik rivoji uchun yangi taklif va tashabbuslar” shiori ostida viloyatdagi biznes vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvda viloyatning 200 nafarga yaqin tadbirkorlari, sohadagi qonunchilik hujjatlari va tartiblar bo‘yicha puxta bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan ekspertlar, xususan soliq maslahatchilari, auditorlar, huquqshunoslar, tijorat banklari vakillari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha jamoatchilik Kengashi a’zolari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.

Tadbir onlayn formatda respublikaning boshqa hududlari bilan ham bog‘langan holda tashkil qilindi va uni Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vaxabov ochib berdi.

Uchrashuvni markaziy studiyadan Savdo-sanoat palatasi raisining birinchi o‘rinbosari To‘ra Bobolov olib bordi va Andijon viloyatidagi tadbirkorlarning sohadagi tizimli muammolar bo‘yicha fikrlarini birma-bir eshitib, tadbirga jalb etilgan soha mutaxassislarning fikr mulohazalari muhokalar qilindi.

Biznes vakillari tomonidan bildirilgan tizimli muammolar hamda taklif va tashabbuslar ro‘yxati shakllantirilib, puxta o‘rganib chiqiladi.

Ushbu formatdagi tadbirlarimiz Respublikaning barcha hududlarida davom ettiriladi va keyingi manzil Namangan viloyati.

Marhamat tuman hokimligi Matbuot xizmati
Ijtimoiy tarmoqlarda “Obunachilarimizdan tahrirsiz” sarlavhasi ostida e’lon qilingan murojaat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz:

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 25 oktabr kungi “2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’grisida”gi  PQ-408 sonli qaroriga asosan, Marhamat tumanida 1 bosqichda ichimlik suvi tarmog’i tortish, yo’l infratuzilmasini hamda elektr ta’minoti sohasini yaxshilash bo’yicha 35 ta MFYlarida amaliy ishlar olib borilmoqda. Ushbu qaror bo’yicha 2-bosqichda mahallalarda yo’l, ichimlik suvi va elektr kommunikatsiya tizimlari qurilishi, jumladan, tumandagi “Birlik” MFY hududidagi 4 km masofada avtomobil yo’lini asfaltlash ishlari ham rejalashtirilganini ma’lum qilamiz.

Marhamat tumani hokimligi
Matbuot xizmati.
Ijtimoiy tarmoqlarda "Obunachilardan tahrirsiz" sarlavhasi ostida e'lon qilingan "Yangi hayot" va "Ershi" MFY fuqarolari yo‘llagan murojaati yuzasidan quyidagilarni ma'lum qilamiz:

Murojaatda keltirilgan holat tuman hokimligi nazoratiga olinib, ishchi guruh tuzilgan. O‘rganish natijasi yuzasidan qo‘shimcha ma'lumot taqdim qilinadi

Marhamat tumani hokimligi
Matbuot xizmati.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Марҳаматликлар Янги Андижонда бўлишди.

Вилоятимиз раҳбари топшириқларига асосан Андижондаги шаҳар ва туманларда уй-жой билан таъминланиши зарур бўлган фуқаролар Янги Андижон уйларига ва ипотека марказига таклиф этилмоқдалар.

Андижон вилояти ҳокимлиги матбуот хизмати

Саҳифа: @andpress
#mobilephoto

#sport

Kuni kecha tumandagi 6-umumta'lim maktabida sportning stol tennis turi bo‘yicha o‘quv mashg‘ulot seminari bo‘lib o‘tdi. Ushbu seminar Marhamat tuman sport maktabining stol tennis trener-o‘qituvchisi Adxamova Mohinur tomonidan tashkil etildi. Seminarga sport maktabining direktori va yo‘riqchi-uslubchilari hamda sport turlari bo‘yicha trener -o‘qituvchilar tashrif buyurdilar. Tashkil etilgan seminarda sportchi-o‘quvchilarni mahoratlari va mashg‘ulot jarayonlari ko‘rgazmali tarzda namoyish etildi

Marhamat tumani hokimligi
Matbuot xizmati.
«OILА MUQАDDАS DАRGOH»

Marhamat tumani Oila va xotin-qizlar boʼlimi qoshida tashkil qilingan «Oila ilmi» maktabining navbatdagi mashgʼuloti oʼtkazildi.

Oʼquv mashgʼulotda tuman hokimining oʼrinbosari, Oila va xotin-qizlar boʼlimi boshligʼi X.Mamarizayeva, «Oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash» komissiyasi jamoatchilik tuzilmasi a'zolari M.Ahmedov, tuman tibbiyot birlashmasi shifokori A.Saidakbarov hamda 13 nafar yosh oila quruvchi juftliklar va ularning ota-onalari qatnashdilar.

Oʼquv mashgʼuloti jarayonida yangi oila qurish arafasida turgan yoshlarga «Kelin-kuyov munosabatlarida ajrimga sabab boʼluvchi omillar», «Oilaviy ajrimlarga sabab boʼluvchi omillar va ularni oldini olish yoʼllari», «Uchinchi shaxslar aralashuvi va oqibatlari» toʼgʼrisida tushunchalar berildi.

Marhamat tumani hokimligi
Matbuot xizmati.
"TOSH YO‘LI" liklar endi beton yo‘llarda yurishadi

Aholi turmush sharoitini yaxshilash, qulaylik yaratish maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar xalqning bugungi kunidan roziligi sabab bo‘lmoqda. Tumandagi "Tosh yo‘li" mahallasidagi ko‘chalar ancha yillar mobaynida chang-to‘zon, fuqarolar harakatlanishiga qiyin holatda edi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 408-sonli qaroriga asosan endi ushbu ko‘chalar ko‘rsa ko‘z quvonadigan, tekis va ravonligi sabab uzoq yo‘lni ham yaqinga aylantiradigan beton yo‘lga aylanmoqda. Hozirda ko‘chalarda betonlash ishlari jadallik bilan olib borilmoqda. Sur'atlarda jarayondan lavhalar

Marhamat tumani hokimligi
Matbuot xizmati.