МАЪНАВИЯТ ЗИЁСИ
136 subscribers
5.42K photos
743 videos
197 files
926 links
Каналда Тошкент вилояти туман ва шаҳарларида ташкил этилаётган
📚маънавий-маърифий ишлар,
📚хабарлар ёритиб борилади.
Download Telegram
Forwarded from Saida Alimirzayevna
#Toshkent_viloyati
#Yangiyol_tumani
#Navruz_2022
#Yangi_kun

Navro‘z - millatlararo totuvlik bayrami

📌 Yangiyo‘l tumanida Navro‘z umumxalq bayramini keng nishonlash boshlab yuborildi.

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Yangiyo‘l tuman bo‘linmasi tashabbusi bilan tumandagi 2-kasb-hunar maktabida bo‘lib o‘tgan bayram tadbirida o‘quvchi yoshlar tomonidan milliy raqslar va qo‘shiqlar, milliy qadriyatlarimiz hamda urf-odatlarimizni aks ettiruvchi milliy o‘yinlar namoyish etildi.

Shuningdek tadbir davomida o‘quvchilar bilan birgalikda bahoriy taomlari tayyorlanib, bayram dasturxoni tashkil etildi.

✍️Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Yangiyo‘l tuman bo‘linmasi
Forwarded from Мamura Shavkatovna
#Янги_кун
#Наврўз
#Оққўрғон туманида байрам шукуҳи

"Ассалом, Наврўз – янгиланиш, меҳр-оқибат ва қадр-қиммат айёми!"


Республика Маънавият ва маърифат маркази Оққўрғон туман бўлинмаси ва Халқ таълими бўлими ҳамкорлигида 11-ИДУМда миллий қадриятларимизни кенг тарғиб этган ҳолда ўқувчи-ёшлар иштирокида "Ассалом,Наврўз"номли маънавий-маърифий тадбир ташкил этилди.

Тадбирда ўқувчилар томонидан миллий либослар кўргазмаси, миллий урф-одатларимиз, анъана ва қадриятларимизни ўзида мужассам этган саҳна кўринишлари ҳамда ўзбек миллий ҳалқ ўйинлари намоиш этилди.

✍️Республика Маънавият ва маърифат маркази Оққўрғон туман бўлинмаси
Forwarded from Saida Alimirzayevna
#Toshkent_viloyati
#Yangiyo‘l_tuman
#Navruz_2022
#Milliy_qadriyatlar

Bahor yangilanish, uyg‘onish fasli. Aynan bahor faslida tabiat yanada go‘zallashadi.
Yangiyo‘l tuman 48-umumiy o‘rta ta'lim maktabida "Assalom Navro‘zi olam" shiori ostida ma'naviy-ma'rifiy tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda ijodkor o‘quvchilar ijrosida milliy kuy-qo‘shiqlar yangradi.

Shuningdek milliy qadriyatlarimiz aks etgan sahna ko‘rinishlari namoyish etilib, 5 tashabbus doirasida ko‘rgazmalar tashkil qilindi.

Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Yangiyo‘l tuman bo‘linmasi
TOSHKENTGA SAYOHAT

Shahar ma'naviyat bo‘linmasi va shahar qo‘riqlash bo‘limi (milliy gvardiya) tashabbusi bilan tashkillashtirilmoqda.

1)TASVIRIY SAN'AT YO‘NALISHI
2)INSHOLAR TANLOVI YO‘NALISHI

MAKTAB O‘QUVCHILARI QATNASHADI 1-11-SINFLAR

TASVIRIY SAN'AT YO‘NALISHI TANLOV MUDDATI
1-apreldan 8-aprel 11:00 ga qadar

TANLOVNING Tasviriy san'at yo‘nalishi online o‘tkaziladi va layk yig‘iladi. QATNASHCHILAR Amir Temur va temuriylar saltanatiga oid rasm chizishadi. Yig‘ilgan layklar soniga qarab 6 ta g‘olib aniqlanadi va TOSHKENTGA BIR KUNLIK SAYOHAT YO‘LLANMASINI QO‘LGA KIRITADI.

TANLOVNING Insholar tanlovi yo‘nalishida qantnashuvchilar 12 varoqli daftarga A.Temur va temuriylar saltanati haqida INSHO yozib maktab ijodiy madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchisiga topshiradi.
MUDDATI 1-APRELDAN 7-APREL 11:00 GA QADAR.
INSHOLAR BAHOLANIB G‘OLIB ANIQLANADI.
G‘OLIB CHIQQAN 6 NAFAR QATNASHCHI O‘QUVCHI TOSHKENT SHAHRIGA BIR KUNLIK SAYOHAT YO‘LLANMASINI QO‘LGA KIRITISHADI.