MA'NAVIYAT BEKATI
56 subscribers
1.07K photos
314 videos
3 files
820 links
Download Telegram
#ibrat

Farzandingizga "Kitob o‘qi" demang, o‘zingiz kitob o‘qing!

https://t.iss.one/manaviyatbekati
#Hulosa_

Yaponiyada ishlab yurgan kezlarim bir kuni hamkasbim — o‘qituvchi Yamamotodan so‘radim:

— Yaponiyada o‘qituvchilar kuni qachon? Sizlarda uni qanday nishonlashadi?

U mening savolimga hayron bo‘ldi va shunday javob berdi:
— Bizda o‘qituvchilar uchun maxsus bayram kuni yo‘q.

Uning javobini eshitib, bunga ishonish-ishonmaslikni bilmay qoldim. Xayolimdan bir fikr o‘tdi: Iqtisodiyoti, fan-texnikasi rivojlangan mamlakat bo‘lsa, o‘qituvchini, uning mehnatini qadrlashmaydi?

Kunlarning birida ishdan so‘ng Yamamoto meni uyiga taklif qildi. U maktabdan uzoqda yashagani sababli biz metroga tushdik. Kechqurun, "tig‘iz vaqt" bo‘lgani uchun metro poyezdlari yo‘lovchilar bilan to‘lgan. Tiqilinchda biroz qiynalib, tutqichni mahkam ushlab turishga to‘g‘ri keldi. To‘satdan yonimda o‘tirgan bobo o‘rnidan turib menga joy bo‘shatdi. Keksa odamning menga bunday munosabatini tushunmay, uning taklifini qabul qila olmasligimni aytdim. Ammo, u qarorida qat’iy edi, men o‘tirishga majbur bo‘ldim.

Metrodan chiqqandan keyin Yamamotodan oqsoqolning harakatini tushuntirishini so‘radim. Yamamota tabassum bilan kostyumimga qadalgan o‘qituvchi nishoniga ishora qilib dedi:
— Bu chol sening o‘qituvchi ekaningni ko‘rdi va aynan shu maqoming hurmati, senga joy bo‘shatdi.

Yamamotoning uyiga ilk marta tashrif buyurayotganim uchun bo‘sh qo‘l bilan borish noqulay edi. Men biror-bir sovg‘a olishga qaror qildim. O‘z fikrimni unga aytdim. U rozi bo‘ldi va shu atrofda o‘qituvchilar uchun maxsus do‘kon borligini, u yerda chegirma narxlarda istagan narsani sotib olish mumkinligini aytdi. Hayratimni yashira olmay:
— Imtiyozlar faqat o‘qituvchilarga beriladimi, — dedim.

Yamamoto tasdiq ishorasida boshini qimirlatdi:
— Yaponiyada o‘qituvchi eng hurmatli kasb egasi, eng hurmatli inson. Agar o‘z do‘koniga o‘qituvchi kirganini ko‘rsa, yaponiyalik tadbirkorlar juda xursand bo‘ladi, buni o‘zlari uchun katta sharaf deb biladi.

Yapon o‘qituvchilarining har kuni bayramdek ekan...

©️ Rustam Bisenev

P.S.: Bizda esa rahmatli Hojiboy aytgan gap: "chiqaaar o‘qituvchilarni..."

https://t.iss.one/manaviyatbekati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#bu_qiziq

📚230 metr balandlikdagi kutubxona borligini bilarmidingiz?😱

📖Siz qachon oxirgi marotaba kutubxonaga borgansiz?


https://t.iss.one/manaviyatbekati
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Hayrli_kun

Assalomu alaykum qadri baland qadirdonlar. Boshlangan yangi kun barchaga omadli va samarli bo'lsin.

https://t.iss.one/manaviyatbekati
Rasmdagi bu yigit bundan 27 yil oldin AQSHning Stenford universitetida o‘qish uchun grant yutadi. Biroq Hindistondan u yerga uchib borishga mablag‘i bo‘lmaydi. Shunda otasi o‘zining qariyb bir yillik maoshiga teng pulga unga chipta olib beradi. Yigit umrida birinchi marta samolyotga chiqib, AQSHga uchib ketadi.

O‘sha yigit - Sundar Pichay - 2015 yilda jahonning eng boy kompaniyalaridan biri hisoblangan Google shirkatining bosh direktori etib tayinlanadi. 2019 yilda uning yillik maoshi 281 mln dollarga teng bo‘lgan.

Otaning bir paytlar qilgan katta jasorati kun kelib o‘z mevasini berdi.

Eng maqbul sarmoya - bu farzand kelajagiga sarflangan sarmoyadir!

https://t.iss.one/xayotvaorzu
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Hayrli_tong

Assalomu alaykum qadri baland qadirdonlar. Boshlangan yangi kun barchaga omadli va samarli bo'lsin.

https://t.iss.one/manaviyatbekati
#Hikoya_

🦅Burgutlar juda uzoq, 70-80 yilgacha yashaydi. Ammo bu yoshga yetish uchun 40 yoshida judayam qiyin shartni bo‘yniga olishiga to‘g‘ri keladi.

Ya’ni, bunday: 40 yoshda burgutning tirnoqlari qattiqlashib, egiluvchanligini (elastiklik) yo‘qotgani sababli, o‘ljasini tutolmaydigan bo‘lib qoladi. Ov qilolmaydi. Tumshug‘i o‘sib, ko‘ksiga qarab qayriladi. Qanotlari qariydi, og‘irlashadi. Patlari qalinlashib, uchish mashaqqatga aylanadi. Bu holatda burgut ikki yo‘ldan birini tanlashga majbur: yo o‘lim yoki yangidan hayot boshlash uchun azobli va juda og‘ir o‘tadigan yuz ellik kunlik muddat.

Burgut ikkinchi yo‘lni tanlasa, tog‘ tepasidan, baland qoyadan uya vazifasini o‘taydigan munosib joy topadi. Ke­yin tumshug‘ini qoya devoriga qattiq-qattiq ura boshlaydi. Nihoyat tumshug‘i uzilib tushadi. Bir muddat kutgandan so‘ng, o‘sib chiqqan yangi tumshug‘i bilan tirnoqlarini uzib tashlaydi. To yangi tirnoqlar o‘sib chiqquncha, og‘ir va qalin patlarini yuladi. Azob va matonat bilan o‘tgan besh oy burgutga yana yigirma yil, balki undan ham uzoqroq hayot kechirishiga yo‘l ochadi. Besh oydan keyin burgut mashhur yangidan tug‘ilish parvozi uchun qanot qoqadi!

Ba’zan insonlarga ham burgutlardek yo‘l tutish zarur bo‘ladi. Ya’ni, shaxs sifatida bizni orqaga tortadigan, maqsadlarimiz yo‘lini to‘sadigan qora xotiralar, odatlar; jamiyat sifatida rivojlanishga faqat xalaqit beradigan urflar, an’ana nomini olgan yanglish tushunchalardan voz kechishga to‘g‘ri keladi. Oson bo‘lmaydi, lekin bir narsa dilga umid beradi – bu qiyinchiliklar yanada baland, yanada shavqli, zafarli parvozlarga yo‘l ochadi!

https://t.iss.one/manaviyatbekati
Forwarded from Xushnudbek.uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Maktab o‘quvchilari o‘rtasida “Jadidlar izidan” respublika tanlovi o‘tkaziladi

Tanlov quyidagi 2 ta toifa doirasida oktyabr-noyabr oylarida bo‘lib o‘tadi:

1️⃣ 6-7-8-sinflar;
2️⃣ 9-10-sinflar.

2024-2025-o‘quv yilidan boshlab barcha umumiy o‘rta ta’lim maktablarida bosqichma-bosqich “Jadidlar izidan” klublari tashkil etiladi.

Respublika bosqichida eng yuqori ball to‘plagan 14 nafar ishtirokchi xorijiy davlatga ta’lim sayohatini qo‘lga kiritadi.

📋 Tanlov nizomi;
📚 Adabiyotlar ro‘yxati.

Tanlovda ishtirok etish uchun 25-oktyabrga qadar quyidagi havolalar orqali ro‘yxatdan o‘tish mumkin:

🔹 6-7-8-sinflar uchun;
🔹 9-10-sinflar uchun.


👉 @xushnudbek 👈
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Hayrli_tong

Assalomu alaykum qadri baland qadirdonlar. Boshlangan yangi kun barchaga omadli va samarli bo'lsin.

https://t.iss.one/manaviyatbekati
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Hulosa_

📍Bir donishmanddan soʻrabdilar nechuk siz quvonib yurasiz desalar,-
✉️Ertalab menga tanlov beriladi kunni rohat bilan oʻtkazish yoki gʻam tashvish, aziyat bilan? Men rohatni tanlayman degan ekanlar!

Vaqtni qanday oʻtkazishimiz tanlovimizga bogʻliq
,

Har kuni muvofaqiyatni,
Ijodkorlikni,
Ezgulikni,
Yoki......


https://t.iss.one/manaviyatbekati
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bizning asl maqsadimiz mukammal bo‘lish emas, balki samimiy bo‘lishdir. Mukammallik Allohga hosdir...
Alloh taolo samimiy insonlarni, yaxshilarni doimiy hamrohingiz qilsin!

https://t.iss.one/manaviyatbekati
🌿🍃...

Er-xotin suhbatlashib o‘tirar ekanlar gap orasida er xotiniga:
- Yaqinlarimni, aka-ukalarim, jiyanlarimni sog‘indim. Sizdan iltimos Xonim, ertaga shirin ovqat pishirib, dasturxon bezasangiz. Bugun ularga qo‘ng‘iroq qilib taklif qilaman. Yig‘ilmaganimizga ham ancha bo‘libdi,- debdi.
Ayol norozi ohangda, xushlamay:
- Mayli kelaverishsinchi, Xudo xohlasa bir gap bo‘lar!- dedi.
Eri:
- Unday bo‘lsa, ularni ertaga chaqiraman...- dedi.
Tong otdi. Odatdagidek er ishga ketib, soat 13:00 da esa, uyga yetib keldi.
Ayolidan:
- Tushlik uchun dasturxon tayyormi? Yaqinlarim birozdan so‘ng kelib qolishadi?- deb so‘radi.
Ayol:
- Yo‘q, tayyorlamadim. Begona emaslar-ku, yaqinlaringiz axir, uydagi bor narsadan yeyaverishadi,- dedi.
Er:
- Alloh sizni kechirsin, Honim! Nima uchun biron narsa pishirish niyatingiz yo‘qligini kecha aytib qo‘ymadingiz, hozir kelib qolishadi nima qilamiz endi?!- dedi.
Ayol:
- Ularga qo‘ng‘iroq qilib kelmasliklarini ayting, uzr so‘rang, vassalom. Axir begona emaslar, sizning yaqinlaringiz-ku? To‘g‘ri tushunishadi!-dedi.
Er g‘azablanib uydan chiqib ketdi. Bir necha daqiqa o‘tar-o‘tmas eshik taqilladi. Ayol borib eshikni ochib, hayratdan dong qotibdi!..

Chunki qarshisida o‘zining ota-onasi, aka-ukalari, opa-singillari, jiyanlari turar edilar.
Otasi qizidan:
- Kuyovim qani?- deb so‘rabdi.
Qizi:
- Biroz oldin chiqib ketuvdilar...- dedi, zo‘rg‘a.
Otasi:
- Kecha ering bizlarni bugungi tushlikka taklif qilgandi. Baraka topgur, bizlarni chaqirib o‘zi ketib koldimi-a?- dedi.
Ayolni chaqmoq urgandek bo‘ldi. Terlab ketgan qo‘llarini bir-biriga ishqalar ekan, o‘ylay ketdi: «Axir uydagi narsalar bilan yaqinlarini kutib ololmaydi, yo‘q-yo‘q ularga to‘g‘ri kelmaydi! Erining yaqinlariga bo‘laveradi-yu lekin, o‘zining uyidagilariga bo‘lmaydi axir... Qanday qilib ularga oddiy, ko‘rimsiz dasturxon qilishi mumkin?»
Ayol eriga qo‘ng‘irok qilib:
- Nimaga tushlikka mening yaqinlarimni chaqirganingizni aytmadingiz?- deya so‘radi.
Eri:
- Mening yaqinlarimmi, siznikimi nima farqi bor?- dedi.
Ayol:
- Sizdan o‘tinaman Hojam! Uyda tayinli narsa yo‘q, ovqat qilmaganman. Biron-bir tayyor taom keltira qoli-i-ing...- dedi.
Eri:
- Men hozir uydan uzoqdaman. Ustiga-ustak ular begona emas «sizning yaqinlaringiz!» Ularga ham mening yaqinlarimga bermoqchi bo‘lganingiz, uydagi bor narsalar bilan mehmon qilaqoling!
Toki bu senga dars bo‘lsin. Mening yaqinlarimni ham hurmat qilishni o‘rgan!- dedi.
Senga qanday muomala qilishlarini istasang, boshqalarga ham shunday munosabatda bo‘l!

https://t.iss.one/manaviyatbekati
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Hayrli_kun

Assalomu alaykum qadri baland qadirdonlar. Boshlangan yangi kun va yangi hafta barchaga omadli va samarli bo'lsin

https://t.iss.one/manaviyatbekati
⚡️Umr haftasi.

Dushanba
- Niyat qil. Yaxshisiga umid qil, mag'lubiyatlarni unutma, hech narsadan qo'rqma.
Allohdan qanchaga tayyor bo'lsang o'shancha so'ra.
Eng asosiysi oliy maqsadni esdan chiqarm
a.

Seshan
ba
- Manzil tomon seni yetaklaydigan ustoz qidir, Shoshilma, tajribasiz yo'lboshchilarga e'tibor berma, ularga vaqtingni sarflama. Uzoq yo'lga chiqish uchun katta kemaga chiqiladi, kichkina qayiqchaga emas.

Chorshan
ba
- Tayyorlan. Rejalar tuz, xato qilishdan qo'rqma, boshqalarga e'tibor berma, rejalarda zahiraga ega bo'l. Ota-onangni va ustozingni duolarini va maslahatlarini ol, ularga amal qil. Unutma mo'jiza sodir bo'lmaydi.

Payshanba

- Boshla. Alloh seni reja bilan taqdirladimi zudlik bilan ishga kirish, mukammallikni unut, bor ne'matlarni qadrla. Asosiysi boshladingmi, tashlab qo'yma, nuqsonlarni to'g'irlash mumkin ammo taslim bo'lsang bu tamom degani. Bizni o'ldirmagan narsalar bizni kuchliroq qiladi.

Juma

- Ko'p xatolar seni tajribali qildi. Endi esa o'rgat. Tajribangni boshqalar bilan bo'lish. Xatolar haqida ogohlantir, savollarga javob ber. Eslab qol, javoblaring boshqalar taqdirini hal qiladi.

Shan
ba
- Katta ishlarni shogirdlarga topshir, ularni to'g'ri yo'lga boshla. Endi sen kema bo'l uzoq safarga yo'lovchilar bilan birga chiqa oladigan kema. Bag'ringdagi insonlarni dengiz to'lqinlaridan asra.

Yakshanba

- Dam ol. Qilgan ishlaringni sarhisob qil, gunohlar uchun tavba qil, savoblar uchun tabbassumning o'zi kifoya. Barokatli umr uchun Allohga hamd ayt.

https://t.iss.one/manaviyatbekati
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Hayrli_kun

Assalomu alaykum qadri baland qadirdonlar. Boshlangan yangi kun barchaga omadli va samarli bo'lsin

https://t.iss.one/manaviyatbekati
Dunyodagi eng zo‘r kino zali — bu miyadir. Buni sen yaxshi kitob o‘qiyotganingda tushunib yetasan.
ⓒ Ridli Skott

https://t.iss.one/manaviyatbekati