TATU-Ma'naviyat va ma'rifat bo‘limi | Rasmiy kanal
3.46K subscribers
11.8K photos
970 videos
36 files
1.92K links
Ushbu kanalda siz Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida o'tkazilgan tadbirlar, tanlovlar hamda yangiliklardan xabardor bo'lishingiz mumkin!
Download Telegram
#TATU #Armwrestling

TATU da armrestling bo'yicha musobaqa bo'lib o'tadi.


💪 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida "30-iyun Yoshlar kuni" munosabati bilan sportning Armrestling turi bo'yicha ochiq musobaqa bo'lib o'tadi. Respublikamizning barcha oliy taʼlim muassasalarining sportsevar talabalarini mazkur musobaqada ishtirok etishga taklif etamiz.

🗓 Musobaqa joriy yilning 30-iyun kuni soat 10:00 da, Universitet A binosidagi katta faollar zalida bo'lib o'tadi.

🏆 Gʻoliblar medal, sertifikat va esdalik sovg'alar bilan taqdirlanadi.

⚖️ Musobaqa quyidagi vazn toifalarida o'tkaziladi: 65, 75, 85, 95 kg.

📌 Ro'yxatdan o'tish uchun: @erkinboyeev ga murojaat qiling.

✈️@tuituz_official
#savol_javob #FAQ

So'nggi kunlarda talabalarimiz tomonidan ijtimoiy tarmoqlarimiz hamda telegram botimizga eng ko'p yo'llangan savollarga javoblar (FAQ):

Savol: Qayta o’qishga qolgan talabalar uchun TTJ ajratiladimi?
Javob: 2023-2024-o‘quv yilida ayrim o‘quv fanlaridan akademik qarzdor bo‘lib, qayta o’qishga qolib ketgan talabalarni yozning issiq kunlarida ko’chalarda sarson bo’lib, ijara uylari qidirib yurishlarini oldini olish maqsadida, ularning iltimoslarini inobatga olgan holda, talabaning oʻquv yili davomida oʻzi yashagan TTJ laridan foydalanish imkoniyati beriladi. Bunda talabalar 26-iyun sanasidan boshlab qabul qilinadi. Murojaat uchun manzil: D bino, 115 xona - Talabalarni turar joy bilan taʼminlash ishlarini muvofiqlashtirish boʻlimi. Ish kunlari: dushanba -juma, 09:00dan 18:00 gacha Tel.: +99897 433 0334

Savol: Qayta oʻqish qancha vaqt davom etadi?
Javob: Qayta o’qishning davomiyligi 12 kredit uchun 3 hafta va 24 kredit uchun 6 haftani tashkil qiladi.

Savol: Qayta oʻqish davrida TTJ larda istiqomat qilish uchun qanday hujjatlar talab etiladi?
Javob: 2ta 3x4 rasm, passport (ID karta) nusxasi, qayta o'qishga qabul qilinganlik shartnomasi, TTJ uchun bir oylik toʻlov kvitansiyasi kerak bo'ladi.

@tuituz_official
#xalqaro_forum

📹 Ayni damda Rossiya Federatsiyasining Vladivostok shahrida “Kelajak ta’lim makoni: yangi kompetensiyalar, innovatsiyalar, texnologiyalar” IV Rossiya-O‘zbekiston ta’lim forumi bo'lib o'tmoqda.

🗒 Unda O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi Prezidentlari Administratsiyalari, ta’lim vazirliklari, IT, madaniyat va madaniy meros, yoshlar tashkilotlari, 70 dan ziyod oliy va professional ta’lim muassasalaridan jami 150 nafarga yaqin ishtirokchi, jumladan, TATU rektori B.Maxkamov ishtirok etmoqda.

Dasturga muvofiq dastlab forum yalpi majlisi boʻlib oʻtdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamenti rahbari Odil Abdurahmonov, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Shohrux Daliyev, Rossiya Federatsiyasi Prezidentining Xorijiy mamlakatlar bilan hududlararo va madaniy aloqalar bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i Igor Maslov, Rossiya ilm-fan va oliy ta’lim vaziri o‘rinbosari Konstantin Mogilyovskiy so‘zga chiqib, ikki tomonlama ta’lim, fan va innovatsiyalar sohasini rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlar ahamiyati, ularning natijasi hamda istiqbolli rejalar haqida nutq so‘zladilar.

✈️@tuituz_official
#live #Xalqaro_uchrashuv

📷 Xalqaro uchrashuvdan fotolavha

📹 Ayni vaqtlarda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATUda “Markaziy Osiyoda yuqori darajadagi siyosiy muloqot – 2024: Generativ sun’iy intellekt (GenAI) asosida oliy ta‘limni o‘zgartirishga ko‘maklashish” mavzusida xalqaro uchrashuv bo'lib o'tmoqda.

🗒 Uchrashuvning maqsadi - Markaziy Osiyo mamlakatlari va undan tashqaridagi oliy ta’lim sohasidagi manfaatdor tomonlarni GenAI olib keladigan imkoniyatlar va muammolarni birgalikda o‘rganish, shuningdek, oliy ta’limni samarali rivojlantirish uchun uni qo‘llash bo‘yicha strategik takliflarni ishlab chiqishdan iborat.

👥 Ushbu uchrashuvda 10 ga yaqin xorij mamlakatlaridan oliy ta’lim vazirliklari rahbarlari, universitet rektorlari, sun’iy intellekt bo‘yicha yetakchi olimlar va UNESCO rahbarlari bilan birgalikda 50 dan ortiq xorijiy mehmonlar ishtirok etishmoqda.

✈️@tuituz_official
#xalqaro_uchrashuv #fotolavha

Xalqaro uchrashuvdan fotolavha №2

Aynida damda “Markaziy Osiyoda yuqori darajadagi siyosiy muloqot – 2024: Generativ sun’iy intellekt (GenAI) asosida oliy ta‘limni o‘zgartirishga ko‘maklashish”
mavzusida xalqaro uchrashuv bo'lib o'tmoqda.

✈️@tuituz_official