TATU-Ma'naviyat va ma'rifat bo‘limi | Rasmiy kanal
3.45K subscribers
11.8K photos
971 videos
36 files
1.93K links
Ushbu kanalda siz Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida o'tkazilgan tadbirlar, tanlovlar hamda yangiliklardan xabardor bo'lishingiz mumkin!
Download Telegram
#yoshlar_bilan_uchrashuv

❗️Rektor yoshlar muammosiga befarq emas


🏛Muhtaram prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan mazkur g'oya bugungi kunda yoshlarning hayotda o‘z o‘rnini topishi uchun sharoitlar yaratish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida chora-tadbirlar amalga oshirilishiga imkon yaratilmoqda.

⚡️Shu munosabat bilan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori, professor B.Maxkamov universitetga biriktirilgan Toshkent shahri Sergeli tumanidagi Mehrigiyo MFY, Bunyodobod MFY, Jo'nariq MFY, Yangi Bunyodobod MFY va Ezgulik MFYlarda istiqomat qiluvchi ijtimoiy og'ir toifadagi yoshlar bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida yoshlarning holidan xabar olinib, suhbatlar uyushtirildi.

Rektorimiz va yoshlar o'rtasida tashkil etilgan muloqotlarda yoshlarning taʼlim va tarbiyasiga koʻmaklashish, boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning muammolarini oʻrganish va hal etish, moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida fikrlar bildirildi va ularning muammolarini ijobiy hal qilish bo'yicha universitet mas'ullariga alohida ko‘rsatmalar berildi.

✈️ Telegram
#Adiblar_xiyoboniga_tashrif

🏛 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Dasturiy injiniring fakulteti jamoasi ishtirokida "Atoqli o'zbek yozuvchisi, dramaturgi Said Ahmad va shoira Saida Zunnunovalar"ning hayoti va ijodiga bag‘ishlab ma’naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirda ustozlar tomonidan adiblarning mashaqqatli lekin sharafli hayot yoʻlini, o‘zbek milliy adabiyotiga qo‘shgan ulkan hissalarini, millatimiz ravnaqi yo‘lida qilgan fidokorona xizmatlarini yoshlarga tanishtirib ularga ibrat sifatida targʻib qilindi.

🔊 Mazkur tadbir doirasida talabalar adib va adibalarning hayoti va ijodi haqida professor-o'qituvchilar ma'ruzalari orqali to'liq ma'lumotlar olishdi.

⚡️Shunigdek Adiblar xiyobonida o‘tkazilgan tadbirda turli xil ko'ngil ochar o'yinlar va sport musobaqalari tashkil etetildi.

👉https://t.iss.one/tatu_talabalar_uchun👈