TATU-Ma'naviyat va ma'rifat bo‘limi | Rasmiy kanal
3.49K subscribers
11.6K photos
963 videos
36 files
1.9K links
Ushbu kanalda siz Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida o'tkazilgan tadbirlar, tanlovlar hamda yangiliklardan xabardor bo'lishingiz mumkin!
Download Telegram
#Bitiruv_marosimi  #Выпускной

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida bo'lib o'tgan "Magistr bitiruvchilariga diplom topshirish" marosimidan fotolavhalar

Fotolavha# 1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#TATUni_tanla #Yaxshi_kayfiyat

🎧Universitetimiz iqtidorli talabalari tomonidan ijro etilgan, "TATUni tanla" deb nomlangan klipni e'tiboringizga havola etamiz.

😁Tomosha qilib, kayfiyatni ko'taramiz!

https://t.iss.one/tuituz_official
#OAV

🎤 Bugun, 27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni”

Barcha OAV xodimlarini “27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni” bilan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti jamoasi nomidan bugungi sharafli kasb bayramingiz bilan samimiy qutlaymiz.

Aytish joizki, so‘nggi yillarda ta’lim yo‘nalishida olib borilayotgan islohotlar, yo‘lga qo‘yilayotgan tizimli o‘zgarishlar va tashabbuslar mohiyatini xalqimizga yetkazishda OAV xodimlarining xizmati beqiyos.

🎉 Yana bir bor 27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni muborak bo‘lsin, aziz OAV vakillari!

https://t.iss.one/tuituz_official
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#madhiya #TATU

💻 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti tarixda ilk bor o'z madhiyasiga ega bo'ldi.

TATU ko‘p yillar davomida 100dan ortiq akademik, minglab professor olimlar, shoir-yozuvchilar, davlat va jamoat arboblarini kamolga yetkazgan, eng muhimi, shunga yarasha mamlakatimiz taraqqiyotiga samarali hissa qo‘shib kelayotgan Oliy ta'lim muassasasi hisoblanadi.

📈 Universitetimiz har qancha faxrga arzigulik! Uning OTMlari ichida o‘z o‘rni, tarixi, ramziy belgisi bo‘lmish bayrog‘i bor. Bugun esa ilk bora universitet o‘z madhiyasiga ega bo‘ldi.

☺️ Madhiyani tinglagan talaba, bugungi axborot asrida yoshlar bilan texnologiyalar olamiga hamohang, davr shiddatiga monand bilim olishga ishtiyoqni, o‘qishga bo'lgan shijoatni his qilishi shubhasiz! Madhiya, har bir tinglovchiga, ulkan maqsadlar sari AKT cho‘qqilarini zabt etishga motivatsiya beradi.

✍️Madhiya matni Yo'lchi Ro'ziyev, musiqasi esa Shuhrat Dadajonov tomonidan bastalandi.

@tuituz_official
Audio
💻 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti ilk bor ta'sis etilgan Madhiyasini to'liq, audio formatda tinglashingiz mumkin.
Audio
JURNALISTLAR KUNI BUGUN!
(Ushbu she’r 27-iyun Ommaviy axborot vositalari xodimlari kuniga bag‘ishlanadi!!!)

Odil so‘zlar aytuvchilar kuni bugun,
Siz borki haqiqat bo‘lmaydi tutqun.
Jur’at qilib ko‘tarasiz adolat yukin,
Sizga tabrik aytadi butun xalq bugun.

Tanqid bilan obod bo‘ldi manzillar,
Qo‘rqmay zabt etasiz sahroi-cho‘llar.
Yolg‘onchi, poraxo‘rlar tutasiz qo‘llar,
Sizga tabrik aytadi butun xalq bugun.

Siz yurgan yo‘llardan men ham o‘taman,
Haqiqatni izlab kelishingiz kutaman.
Ishonib sizlarga qo‘lingizni tutaman,
Sizga tabrik aytadi butun xalq bugun.

Prezident ham berdi sizga erkinlikni,
Adolatni tiklang doim siz tenglikni.
Yordam berib xalqqa bering yengillikni,
Sizga tabrik aytadi Yo‘lchi ham bugun.

TATU Tyutori Yo‘lchi Ro‘ziyev
#dunyo_yangiliklari #ixtiro #qiziqarli #suniy_intellekt

📱 Neyron tarmoqlari endi QR kodlarni ham o'zgartira oladi: endilikda sun'iy intellekt QR kodni xohishingizga ko'ra landshaf dizayni, natyurmort yoki boshqa turdagi rasmlar bilan shifrlay oladi. Ushbu QR kodlardan esa bemalol foydalanish imkoniyati mavjud.



📱 Нейросети добрались даже до QR-кодов: ИИ, генерирующий картинки, научился зашифровать ссылку в пейзаж, натюрморт или любую другую картинку и код, конечно же, будет считываться.

@tuituz_official