TATU-Ma'naviyat va ma'rifat bo‘limi | Rasmiy kanal
3.44K subscribers
12K photos
986 videos
36 files
1.95K links
Ushbu kanalda siz Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida o'tkazilgan tadbirlar, tanlovlar hamda yangiliklardan xabardor bo'lishingiz mumkin!
Download Telegram
🏃Ayni damda! Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talabalaridan tarkib topgan "TATU" jamoasi "Yangi O'zbekiston" bog'ida O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31 yilligiga bag'ishlab o'tkazilayotgan "Yangi nafas ‐ Ekiden" xalqaro musobaqasida qatnashmoqda.

❗️Musobaqa shartlari: har bir jamoada 7 nafar ishtirokchi bo'lib, har biri 3 km masofani tezlik bilan bosib o'tishi talab etiladi.

🏆Musobaqa o'rinlar quyidagicha
🥇o'ringa 7 000 000 so'm
🥈o'ringa 5 000 000 so'm
🥉o'ringa 3 000 000 so'm qo'yilgan

Jamoamizga omad tilaymiz

https://t.iss.one/tatu_talabalar_uchun
#Yangi_nafas

🏃Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talabalaridan tarkib topgan "TATU" jamoasi "Yangi O'zbekiston" bog'ida O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31 yilligiga bag'ishlab o'tkazilayotgan "Yangi nafas ‐ Ekiden" xalqaro musobaqasida fotolavhalar

✈️https://t.iss.one/tatu_talabalar_uchun
ЖАДИДЛАР

Тақдир эркалатган қизлар, йигитлар
Соҳилда сайр қилиб, атиргул ҳидлар.
Хаёлчан боқади ғозий шаҳидлар...
Жадидлар етишмаяпти, жадидлар.

Шахсий намуна йўқ, чунки Ибрат йўқ,
Олимлар жуда кўп, битта Фитрат йўқ,
Шу сабаб мажол бор, куч бор, қудрат йўқ,
Жадидлар етишмаяпти, жадидлар.

Улар ғишт қўйган, биз тошлар отамиз,
Улар сўз йиғганлар, биз гап сотамиз,
Улар кун кутган, биз ойлик кутамиз,
Жадидлар етишмаяпти, жадидлар.

Тавалло, Қодирий, Чўлпонлар қайда?
Ҳамзахонлар қайда, Усмонлар қайда?
Оғиз жуда катта, юраклар майда,
Жадидлар етишмаяпти, жадидлар.

Ўшалар бизларнинг боболармикан?
Биздан ўзларини тополармикан?
Бизни набирам деб тан олармикан?
Жадидлар етишмаяпти, жадидлар.

Улар мактаб қурган, биз уй қурамиз,
Улар ғоя сурган, биз ўй сурамиз.
Ёппа томошабин бўлиб турамиз,
Жадидлар етишмаяпти, жадидлар.

Қопоғон давр эди, қаттол, қатағон,
Отилиб чиққанни шартта отағон...
Бугун юки енгил туя ётағон...
Жадидлар етишмаяпти, жадидлар.

Ўзига келмайди ўздан кетганлар,
Ихлос қўйиб шайтон думин тутганлар...
Қани юрт деб ўзини унутганлар?
Жадидлар етишмаяпти, жадидлар.

Шеър авжида бирдан қалам секинлар,
Буюк устозларим нима деркинлар?
Сўнгги жадид эди Абдулла, Эркинлар...
Жадидлар етишмаяпти, жадидлар.

Уфққа урилиб, қайтиб келган ўқ
Менинг юрагимни тешиб ўтган чўғ.
Муаллимлар сероб, Авлонийлар йўқ.
Жадидлар етишмаяпти, жадидлар.

Таълим-тарбияни нажот билганлар,
Илмига ўзлари амал қилганлар.
Қаранг, амал деб ўз жонин юлганлар,
Жадидлар етишмаяпти, жадидлар.

Маишат, тўй, ҳашам бош мақсад ҳамон,
Гапдан бошқа гап ҳам бор, эй қадрдон!
Ҳамма замонда ҳам келмайди замон,
Жадидлар етишмаяпти, жадидлар.

Занглаган зеҳнимни чархлаб берадиган,
Умрим савдосини нархлаб берадиган,
Шу шеърни ўғлимга шарҳлаб берадиган
Жадидлар етишмаяпти, жадидлар.

Иқбол Мирзо
#Yil_sarhisobi

📣 Assalomu alaykum mehri daryo ustozlar, hurmatli xamkasblar!
2023-yil oxirlab, yangi 2024-yil kirib kelishiga ham oz fursat qoldi. Yaqinlashib kelayotgan Yangi yil bayrami arafasida Siz azizlarni, 26-dekabr kuni soat 15-00 da universitet faollar zalida bo‘lib o‘tadigan “Yil sarhisobi” tadbirimizga taklif etamiz.

Tadbir davomida so‘ngi yillarda erishgan yutuqlarimizni sarhisob qilib, yil davomida eng faol bo‘lganlar e'tirof etiladi. Shuningdek, qiziqarl tanlovlar va ko‘ngilochar dastur Sizga bayramona kayfiyat ulashadi degan umiddamiz!

✈️https://t.iss.one/tatu_talabalar_uchun
🟦🟦🟦🟦0️⃣0️⃣0️⃣
🏆🏆🏆🏆🏆🏆🏆

🏆Cross-cultural Engineering Project 2023” xalqaro dasturi doirasida o'tkazilgan musobaqada TATU talabalaridan iborat jamoa birinchi o'rinni egalladi.

🇯🇵Yaponiyaning Shibaura texnologiya institutida 100 dan ortiq xalqaro talabalardan tashkil topgan 14ta guruh mahalliy kampaniyalarning hozirgi kundagi aktual muammolariga innovatsion yechim topish ustida tadqiqotlar olib borishdi. Ushbu musobaqa tadqiqot natijalari yuzasidan taklif etilgan yechimlarning qanchalik puxta ishlab chiqilganligi asosida o'tkazildi.

Bu kabi xalqaro musobaqalarda faxrli o'rinlarni egallanishi TATUning mavqeini mustahkamlash va bundanda ko'tarishga hissa qo'shadi.

✈️@tuituz_official
🟥🟥🟥 🟨🟨🟨🟨🟨

🏆“President Tech Award” tanlovida TATU va uning hududiy filiallari talabalari ishtirokidagi 5 jamoaning barchasi g'olib bo'lib, umumiy hisobda 400 000$ ni qo'lga kiritdi.

🐦 Bugun, 25-dekabr kuni raqamli texnologiyalar vazirligining majlislar zalida sovrin jamg'armasi 1 000 000 dollarlik "President Tech Award" tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

💻 TATUning iqtidorli yoshlaridan tashkil topgan 3 jamoa:

🥇Axborot va kiberxavfsizlik sohasidagi texnologiyalar” toifasi boʻyicha ALATOR jamoasi 1-o'rin (sovrin 100 000 $);
🥇Kompyuter va mobil oʻyinlar” toifasi boʻyicha AirPilot jamoasi 1-o'rin (sovrin 100 000 $);
🥈Tadbirkorlik va moliyaviy texnologiyalar toifasi boʻyicha Joyla - Mahalliy E’lonlar jamoasi 2-o'rin (sovrin 70 000 $).

💻 TATU Farg'ona hamda Urganch filiallari iqtidorli talabalari ishtirokidagi jamoalar:

🟢“Ijtimoiy sohada raqamli texnologiyalar”  toifasi bo'yicha Mentalaba.uz jamoasi vakili
🥇Ismoilov Sirojiddin (Farg'ona filiali) 1-o'rin (sovrin 100 000 $);

🥉Uztrip jamoasi vakili Azimboyev Hasanboy (Xorazm filiali) 3-o'rin (sovrin 30 000 $).

💐Talabalarimizni Yurtboshimiz tomonidan joriy qilingan respublikamizdagi eng yirik startap tanlovida g'oliblikni qo'lga kiritganliklari bilan tabriklaymiz.  Ishonchingiz komil bo'lsinki, oliyghomizdagi har bir hodim, talaba va professor-o'qituvchi ushbu muvaffaqiyatdan g'ururlanadi! Chempionlarimizni keyingi o'qish va ishlarida zafarlar tilab qolamiz
!