TATU-Ma'naviyat va ma'rifat bo‘limi | Rasmiy kanal
3.46K subscribers
11.8K photos
970 videos
36 files
1.92K links
Ushbu kanalda siz Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida o'tkazilgan tadbirlar, tanlovlar hamda yangiliklardan xabardor bo'lishingiz mumkin!
Download Telegram
#yashil_makon

“YASHIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDA HUDUDLAR OBODONLASHTIRILMOQDA

⚡️Bugun, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filialida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish ishlari olib borildi.

O‘tkazilgan “Yashil makon” loyihasi doirasidagi hasharda 500 dan ortiq mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi.

Yaxshidan bog‘ qoladi, deydi dono xalqimiz. Shu sababli, loyihada ahil jamoamiz bilan o‘z hissamizni qo‘shmoqdamiz – deydi filial direktori Akbar Normurodov. – Filial hududi va Talabalar turar joyi hududida “Ota-onalar bog‘i”, “Talabalar bog‘i” tashkil etilgan bo‘lib, hududni yashil makonga aylantirish uchun biz ham daraxt ekdik. Hasharda hikmat ko‘p. U birdamlikka, hamjihatlikka asoslangan. Albatta, biz ekkan daraxtlar ham, havoning tozaligiga, qolaversa, tabiatning yashilligiga xizmat qiladi.

Hashar ishlarida professor-o‘qituvchilar va xodimlar faol ishtirok etishdi.

👉
@TUITKF_UZ
#yashil_makon
#Universitetda “Yashil makon - 2023” tadbirlari davom etmoqda.
# YASHIL MAKON LOYIHASI DOIRASIDA HUDUDLAR OBODONLASHTIRILMOQDA

Yurtimiz bo‘ylab amalga oshirilayotgan -Yashil_makon umummilliy loyihasi doirasida bugun Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti jamoasi tomonidan belgilab berilgan hududga mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekish tartibga keltirilmoqda. Belgilab berilgan umumumiy (ajratilgan maydonga) 1000 dan ortiq mevali va manzarali daraxt ko‘chatlar ekish rejalashtirilgan.
https://t.iss.one/tatu_talabalar_uchun
#talaba_e’tiborda

Ijara xonadonlarida yashovchi talabalar holidan xabar olindi.
Bugun Dasturiy injiniring fakulteti tyutorlari talabalar ijara xonadonlariga tashrif buyurishdi.

Talaba-yoshlarning yashash sharoitlari, xonadonlarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati, tabiiy gaz va elektr energiyasidan foydalanish jarayonida texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilinishi ko‘zdan kechirilib, xonadon egalari va talabalar bilan suhbat o‘tkazildi.

Talabalarning darsdan tashqari bo’sh vaqtlarini mazmunli va foydali o’tishi uchun tavsiyalar berib kelmoqdalar.
https://t.iss.one/tatu_talabalar_uchun
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezidentimiz - dunyo e’tirofida!

___

Наш Президент глазами мирового сообщества.

___

Our President through the eyes of the world community.
​​Агар сизда қуйидаги аломатларнинг ҳаммаси кузатилса, ўзингизни лидер санашингиз мумкин...

1️⃣Янги билимларни эгаллашга тайёрсиз ва эгаллай оласиз.
Ҳақиқий лидер доим ўзига етишмайдиган билимни ўрнини тўлдириш ҳаракатида бўлади.📌

2️⃣Сиз гапни моҳиятини тушуниш учун эшитишни биласиз.
Диққат билан тинглаганингиздан сўнг, "сизни тўғри тушунган бўлсам.. "деб суҳбатни давом эттирасиз.📌

3️⃣Сиз ҳаммага очиқсиз. Ўз кабинетингизга қамалиб олмайсиз. Фикрларингизни ходимларга очиқ баён қиласиз ва улар билан чин кўнгилдан суҳбат қурасиз. 📌

4️⃣Қайта алоқа учун сиз имконият берасиз. Албатта ҳеч бир инсон идеал эмас. Лекин яна алоқа қилишга имкон қолдирмаган инсон ўсмайди ва ривожланмайди.📌

5️⃣Ҳақиқий лидер ҳар қандай вазиятда ўзини табиий тутади ва ўзи маълум бир “мукаммал инсон” ниқобини ўйлаб топмайди. 📌

6️⃣Ўзингиз ва атрофдагиларга инсоний муносабатда бўласиз. Ўз хатоларингизни тан оласиз ва уни қандай тўғирлашни биласиз.