TATU-Ma'naviyat va ma'rifat bo‘limi | Rasmiy kanal
3.28K subscribers
14.6K photos
1.18K videos
37 files
2.34K links
Ushbu kanalda siz Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida o'tkazilgan tadbirlar, tanlovlar hamda yangiliklardan xabardor bo'lishingiz mumkin!
Download Telegram
#TATU
#sport
#Stol_tennis🏓
TATUda "Talabalar ligasi” sport musobaqalari davom etmoqda

Liga nizomiga ko'ra sport musobaqalari bosqichma-bosqich fakultetlararo o'tkazilishi yo‘lga qo‘yilgan.

⚡️2023-yil 22-sentabr kuni Kiberxavfsizlik fakultetining stol tennisiga qiziquvchi talaba-yoshlari o‘rtasida sportning "Stol tennis" turi bo'yicha sport musoqabasi bo‘lib o‘tmoqda.

⚡️ Stol tennis musobaqasida 150 dan ortiq talabalar faol ishtirok etishmoqda.

t.iss.one/tatu_talabalar_uchun
#tadbir

2023-yil 31-iyuldagi 34-son yig‘ilish BAYONI ijrosini ta’minlash maqsadida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining 2023 yil 14.08 dagi 845-01-sonli buyrug‘iga muvofiq, “Ilmli ayol-jamiyat ko‘zgusi” shiori ostida “XXI asr ayoli” xotin-qizlar festivali doirasida “Baxtli oila formulasi”ga oid fikrlar majmuasi va hayotiy tajribalarni baxtiyor oila timsolida yetkazish maqsadida rahbar ayollar hamda ilmiy daraja va unvonga ega bo‘lgan xotin- qizlarning  o‘quvchi qizlar bilan suhbatlari Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU akademik litseyida 2023 yil 22 sentyabrda bo‘lib o‘tdi.

https://t.iss.one/tatu_talabalar_uchun
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#rektorqabuli

💻 Kuni kecha, 21-sentyabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida navbatdagi talabalar va fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi.

🗒 Ushbu qabul jismoniy va yuridik shaxslarni tinglash, muammolarini o'rganib, ularni ijobiy hal etishni yanada samarali tizimini tashkil etish maqsadida har haftaning payshanba kuni murojaatchilarni qabul qilish orqali yo‘lga qo‘yilgan.
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talabalar turar joylarida sogʻlom ma'naviy-psixologik muhit yaratish maqsadida
#psixologik_trening

Universitet psixologlari tomonidan TTJ talabalarni yangi jamoa, yangi insonlarga moslashishda, yangidan-yangi bilimlarni o‘zlashtirishda faol bo‘lishlari uchun psixologik trening tashkil etildi.
Talabalarning ijtimoiy hayotida uchrashi mumkin bo‘lgan har qanday vaziyat va sharoitga oson moslashishlari, faolliklarini maqsadli yo‘naltirish, atrofdagilarni munosabatlarni anglash orqali o‘zaro munosabatlarni to‘g‘ri shakllantirish va kirishuvchanlik qobiliyatini shakllantirishga qaratilgan. Shuningdek, ular o‘zlarida har qanday muammoli masalani mohiyatini tez anglab, mustaqil yechim topish, o‘zaro munosabatlardagi ziddiyatli vaziyatlarni oldini olish, uni mohiyatini anglashga imkon beruvchi psixologik trening tashlik etildi.
Audio
#TATU
#madhiya
💻 Муҳаммад ал-Хоразмий номидаги Тошкент ахборот технологиялари университети илк бор таъсис этилган Мадҳиясини тўлиқ, аудио форматда тинглашингиз мумкин.
✍️ЙЎЛЧИ РЎЗИЕВ сўзи.
🎙Шуҳрат Дадажонов мусиқаси!
#Mehr_va_saxovat
#TATU
#Talaba_yoshlar

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkеnt axborot tеxnologiyalari univеrsitеtida ehtiyojmand aholi, nogironligi boʻlgan shaxslar hamda yolgʻiz keksalar holidan xabar olish, ularga gʻamxoʻrlik qilish maqsadida, universitet rahbariyati, faol yoshlari va fakultet dekanlari hamda dekan muovinlari tomonidan qator ishlar olib borilmoqda.
Jumladan, joriy yilning 22-sentabr kuni AKT sohasida iqtisodiyot va menejment fakulteti mas’ullari tomonidan biriktirilgan “ Sharq haqiqati” MFY da istiqomat qilayotgan bir guruh nogironligi bo‘lgan keksalar va ijtimoiy himoyaga muhtoj qariyalar holidan xabar olindi.

t.iss.one/tatu_talabalar_uchun
#seminar #DIF

💻 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Dasturiy injiniring fakulteti “Axborot texnologiyalarining dasturiy ta'minoti” kafedrasi tomonidan 2023-yil 25-sentyabr kuni soat 16:30da Buyuk Britaniyaning Sheffield universiteti, “Electronic and Electrical Engineering” kafedrasi professori Dr. Fath U Min Ullah bilan hamkorlikda professor-o‘qituvchilar, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar va talaba yoshlar uchun online seminar o‘tkaziladi.

Zoom havolasi

Meeting ID: 659 492 3816
Passcode: 1