TATU-Ma'naviyat va ma'rifat bo‘limi | Rasmiy kanal
3.51K subscribers
11.5K photos
956 videos
36 files
1.89K links
Ushbu kanalda siz Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida o'tkazilgan tadbirlar, tanlovlar hamda yangiliklardan xabardor bo'lishingiz mumkin!
Download Telegram
#THE #GSDC

Tailandning Bangkok shahrida “Times Higher Education” xalqaro reyting tashkiloti tomonidan tashkil etilayotgan Global barqaror rivojlanish kongressi (“The Global Sustainable Development Congress”)ning ochilish marosimiga tayyorgarliklar ishlari boshlandi.

Mazkur xalqaro kongressda jami 850dan ortiq Vazirlik, tashkilot hamda yetakchi OTMlaridan jami 3000 nafar mutaxassilar ishtirok etishadi. Ko’rgazmalar zalida yetakchi mamlakatlar qatorida, O‘zbekiston pavilioni tashkil etilib, unda O’zbekistonning yetakchi 11 ta oliy ta’lim muassasasi, jumladan TATU ham ishtirok etmoqda.

✈️@tuituz_official
#THE #GSDC

Ayni vaqtlarda Tailandning Bangkok shahrida “Times Higher Education” xalqaro reyting tashkiloti tomonidan tashkil etilgan Global barqaror rivojlanish kongressi (“The Global Sustainable Development Congress”) bo’lib o’tmoqda.

🗒 Mazkur xalqaro kongressda yetakchi kompaniyalar, xalqaro ekspertlar ishtirokida - barqarorlik uchun xalqaro hamkorlik: Tailand oliy ta'lim tajribasi, 2030 yildan keyin barqaror kelajakni ta'minlashda ilm-fan, sanoat va innovatsiyalar, barqaror rivojlanishda  hamkorlikni yo'lga qo'yish va muammolar kabi mavzularda seminarlar tashkil etildi.

Shuningdek, ko’rgazmalar zalining O‘zbekiston pavilionida Muhammad al-Xoramiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va boshqa yetakchi OTMlar o'z stendlari bilan ishtirok etmoqdalar.

👥 Shu bilan bir qatorda, TATU rahbariyati va tashkiliy qo'mita a'zolari (Times Higher Education” xalqaro reyting tashkilotining Buyuk Britaniya va Yevropa bo’yicha tijorat direktori) Lachin Italmazova, UNESCOning Bangkokdagi ofisi Ta'lim sifat nazorati bo'limi boshlig'i - Faryal Khan hamda  Education Worldwide India kompaniyasi menejeri - Siddharth Jain bilan bir qancha uchrashuvlar tashkil etilib, universitetning xalqaro reytingga kirishi yuzasidan olib boriladigan ishlar, xalqaro grant loyihalar, xorijiy talabalarni universitetga jalb etish masalalari muhokama qilindi.

✈️@taturektori
#THE #Summit

⭐️Buyuk Britaniyaning nufuzli reyting tashkiloti “Times Higher Education” (THE) agentligining World Academic Summiti o'zining 200 yilligini nishonlayotgan Manchester universitetida (University of Manchester) ish boshladi va mazkur sammit doirasida World University Ranking e'lon qilinishi kutilmoqda.

💻 Unda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Tashev Komil Axmatovich ishtirok etmoqda.

✈️@tuituz_official
Forwarded from Edu.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Live #THE #taqdirlash

🚨 Ayni vaqtlarda Yangi O’zbekiston Universitetida dunyoning nufuzli “Times Higher Education” xalqaro reyting tashkiloti tomonidan tashkil etilgan “Central Asia University Forum” bo’lib o’tmoqda.

⭐️ Xabaringiz bor, THE (Times Higher Education) xalqaro reytingida ilk bor Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti dunyo universitetlari xalqaro reytingida (WUR) TOP-1501+ o‘rinni, Markaziy Osiyo va Kavkazorti davlatlari universitetlari bo‘yicha TOP-5 o‘rinni, O‘zbekiston Oliy ta’lim muassasalari orasida TOP-3 o‘rinni egallagan edi.

Shu munosabat bilan, universitetimizga ilk bor THE (Times Higher Education World University Rankings 2025) tomonidan tadqim etilgan maxsus sertifikatni universitetimiz rektori B.Maxkamov qabul qilib oldilar.

✈️@tuituz_official
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Live #THE #taqdirlash

🚨 Ayni vaqtlarda bo‘lib o‘tayotgan
Central Asia University Forum” dan videolavha.

✈️@tuituz_official
Forwarded from Edu.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Xushxabar #reyting #THE

TATU fanlar boʻyicha dunyoning eng nufuzli oliygohlari Top 1000 roʻyxatida

Joriy yilning 22-yanvar kuni Buyuk Britaniyaning nufuzli “Times Higher Education-THE reyting tashkiloti “World University Rankings 2025 by Subject” fanlar boʻyicha dunyoning eng nufuzli oliygohlar roʻyxatini eʼlon qildi.

Mazkur roʻyxatga muvofiq Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti ilk marotaba THE tashkiloti tomonidan eʼlon qilingan fan reytingidan joy oldi:

➡️ Taʼlim yoʻnalishida dunyoda 601+;
➡️ Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari yoʻnalishida dunyoda 1001+ oʻrinni egalladi.

✈️@tuituz_official