TATU-Ma'naviyat va ma'rifat bo‘limi | Rasmiy kanal
3.42K subscribers
12K photos
989 videos
36 files
1.96K links
Ushbu kanalda siz Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida o'tkazilgan tadbirlar, tanlovlar hamda yangiliklardan xabardor bo'lishingiz mumkin!
Download Telegram
#TATU
#UZCARD

📆 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti hamda Yagona Respublika protsessing markazi (UZCARD) hamkorlikda, talabalarning kelajakdagi kasbiy faoliyatiga bo‘lgan ishtiyoqini oshirish, ularning bilim ko‘nikmalari va malakalarini yanada rivojlantirish, real ish muhiti sharoitida amaliy tajribalarini orttirish va stajirovka o'tashlari uchun sharoit yaratish maqsadida, Dasturiy injiniring, Kompyuter injiniring va Axborot xavfsizligi ta'lim yo‘nalishi talabalari uchun maxsus amaliy tashrif tashkil etildi.

👥 Bunda talabalar, UZCARD kompaniyasi faoliyati, mutaxassislarga yaratilayotgan sharoitlar, ish jarayoni qanday kechishi, mavjud bo'limlari va soha mutaxassislari bilan yaqindan tanishdilar.

🗣 Tashrif davomida, UZCARD kompaniyasining ko'p yillik tajribaga ega mutaxassislari, Ta'lim va rivojlanish bo'yicha bosh mutaxassis Asilxoja Iskandarxojayev va Kadrlarni jalb qilish va rivojlantirish bo‘yicha menejer Kulmatova Kamila tomonidan talabalarga, Terminallarga xizmat ko'rsatish, yosh iqtidorli talantlarni izlab topish, dasturiy ta'minotning mijozlarga xizmat ko'rsatishgacha bo'lgan jarayonlari kabi mavzularda qiziqarli master-klass o'tkazildi. Shuningdek, Kadrlarni jalb qilish va rivojlantirish bo‘yicha menejer Kulmatova Kamiladan, kompaniyada pullik stajirovka jarayonlarida ishtirok etish va ishga kirishda kerak bo'ladigan eng muhim bo'lgan ma'lumotlar bilan tanishish imkoniyatiga ega bo'ldilar.

🤗 Bizni kuzatishda davom eting!

🔘 Eng so'nggi vakansiyalar
💙@tatu_karyera_markazi
#TATU
#Jinoyatchilikka_qarshimiz

✍️Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida universitet profilaktika inspektori bilan talaba-yoshlar o’rtasida jinoyatchilikni oldini olishga qaratilgan tadbir tashkil etildi.

🤔Ushbu tadbirda jinoyatchilikning oldini olish, jinoyatlar sonini kamaytirish va butunlay yo‘q qilish, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasida foydali ma’ruzalar qilindi.

🤔Barcha talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan tadbirda faol ishtirok etishdi va savollariga tegishli javoblar olishdi.

Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#futbol #UFA_kubogi #TATU

G'alabaaaa!!!

👟Joriy yilning 10-dekabrdan 20-dekabrga qadar Toshkent shahar va Toshkent viloyati OTMlari o’rtasida O‘FA kubogi musobaqasi bo’lib o’tayotgani xabar qilingan edi.

⚽️ Ushbu musoboqada universitetimiz talaba yoshlaridan tashkil topgan futzal terma jamoamiz guruh bosqichidagi barcha 5 ta o‘yinda g‘alaba qozonib yarim final bahsiga yo‘l olib, bugun Islom Karimov nomidagi Toshkent Davlat Texnika Universitetiga qarshi maydonga tushdi va 2:1 hisobida g'alaba qozondi!

👏Futzal bo‘yicha talaba yoshlar terma jamomizni yarim final yo‘llanmasi bilan tabriklaymiz va omad tilaymiz!

Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM