TATU-Ma'naviyat va ma'rifat bo‘limi | Rasmiy kanal
3.45K subscribers
11.8K photos
971 videos
36 files
1.93K links
Ushbu kanalda siz Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida o'tkazilgan tadbirlar, tanlovlar hamda yangiliklardan xabardor bo'lishingiz mumkin!
Download Telegram
#yulduzlar_bilan_uchrashuv
#olimpiada_Paris2024

💻 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnalogiyalari universiteti AKT sohasida iqtisodiyot va menejment fakulteti tomonidan universitet talaba-yoshlari hamda Parij 2024 olimpiada g'oliblari o'rtasida uchrashuv tashkil etildi.

🎥 O'tkazilgan uchrashuvda Taekvondo bo'yicha II karra olimpiada chempioni, "Oʻzbekiston iftixori" faxriy unvoni, El-yurt hurmati ordeni, Leytenant harbiy unvoni sohibi Ulug’bek Rashidov hamda "Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi" faxriy unvoni, yilning eng yaxshi erkak sportchisi unvoni unvonlariga sazovor bo‘lgan Boks bo'yicha olimpiada chempioni Abdumalik Xalokov ishtirok etishdi.

🧠 Tadbir davomida Olimpiada chempionlarimiz so‘zga chiqib, tadbirda ishtirok etgan talabalarga o‘zlarining erishgan yutuqlari, hayoti va kelajakdagi maqsadlari bilan o‘rtoqlashishdi hamda professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlar olimpiada chempionlariga o‘zlari qiziqtirgan savollarni berishdi.

🏃‍♂️ Tadbir so’ngida olimpiada chempionlariga universitet nomidan esdalik sovg‘alar topshirildi hamda ularga mana shu erishgan yutuqlari bilan universitet yoshlarini ruhlantirishgani uchun minnatdorchilik bildirildi.

✈️@tuituz_official
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ijaraga_tashrif

🏛Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Telekommunikatsiya texnologiyalari fakulteti dekani, dekan muovini va tyutorlar tomonidan ijara xonadonlarida yashovchi talabalar holidan xabar olindi.

Ijara xonadonlarini oʻrganish davomida talabalarning muammo va kamchiliklari yuzasidan suhbat olib borildi, shuningdek, talabalarga oʻzlari istiqomat qilayotgan xonadonda is gazi va yongʻin xavfsizligi qoidalariga rioya etishlari to‘g‘risida kerakli koʻnikmalar va tushunchalar berildi.

https://t.iss.one/tatu_talabalar_uchun
🏛 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talabalari ishtirokida Atoqli o'zbek yozuvchisi, dramaturgi Said Ahmad va shoira Saida Zunnunova hayoti va ijodiga bag‘ishlab ma’naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi.

🔹Tadbirda ustozlar tomonidan adiblarning mashaqqatli, lekin sharafli hayot yoʻlini, o‘zbek milliy adabiyotiga qo‘shgan ulkan hissalarini, millatimiz ravnaqi yo‘lida qilgan fidokorona xizmatlarini yoshlarga tanishtirib ularga ibrat sifatida targʻib qilindi. Mazkur tadbir doirasida talabalar ularning hayoti va ijodi haqida professor-o'qituvchilar ma'ruzalari orqali to'liq ma'lumotlar olishdi.

⚡️Talaba-yoshlar Adiblar xiyobonida o‘tkazilgan tadbirlarda faol ishtirok etish bilan bir qatorda, o‘zgacha qiyofada qad rostlagan Milliy bog‘ bo‘ylab sayr qilish, o‘zlari uchun ma’naviy hordiq chiqarish imkoniga ham ega bo‘ldilar.

https://t.iss.one/tatu_talabalar_uchun
#Mohirqizlar
#jarayon
# to'garak

Universitet tyutorlari boshchiligida Talaba qizlarning qobiliyatlarini yuzaga chiqarish hamda ularning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida 1-son talabalar turar joyida Pazanda qizlarimiz tomonidan mazali taom va salatlarni tayyorlash bo‘yicha to‘garaklar tashkil etildi. Taom tayyorlashda kerakli maslahatlar berib borildi.

https://t.iss.one/tatu_talabalar_uchun