TATU-Ma'naviyat va ma'rifat bo‘limi | Rasmiy kanal
3.44K subscribers
12K photos
986 videos
36 files
1.95K links
Ushbu kanalda siz Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida o'tkazilgan tadbirlar, tanlovlar hamda yangiliklardan xabardor bo'lishingiz mumkin!
Download Telegram
Hurmatli talaba-yoshlar ❗️

🇷🇺Rossiya Federatsiyasining “IT-Planeta” innovatsion texnologiyalarni rivojlantirish notijorat avtonom markazi tomonidan Axborot texnologiyalari yo‘nalishi bo‘yicha XVI XALQARO “IT-Planeta 2025” olimpiadasi tashkil etilmoqda.

Mazkur olimpiada robototexnika, dasturlash va boshqa IT-sohalar bo‘yicha tanlovlarni o‘z ichiga oladi.
Olimpiadaning rasmiy tili – Rus tili deb belgilangan.

“IT-Planeta 2025” olimpiadada ishtirok etish istagi borlar saytda ro‘yxatdan o‘tishlari hamda IT Olimpiada Nizomi va talablari bilan rasmiy veb-saytda tanishib chiqishlari mumkin.
Ro’yxatdan o’tish
Nizom va talablar bilan tanishish

——————————————

Уважаемые студенты❗️

🇷🇺 Некоммерческая автономная организация Центр развития инновационных технологий «ИТ-Планета» в Российской Федерации организует олимпиаду «ИТ-Планета 2025». Данная олимпиада включает в себя конкурсы по робототехнике, программированию и другим направлениям в сфере ИТ. Официальным языком олимпиады является русский язык.

Для участия в олимпиаде «ИТ-Планета 2025» необходимо зарегистрироваться на сайте
Сайт для регистрации

С регламентом и требованиями олимпиады можно ознакомиться на официальном сайте.
Регламент и требования

✈️@tuituz_official
#IlmiyKengash

💻 2024-yil 27-dekabr kuni Muhammmad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining 5(747)-son majlisi bo'lib o'tdi. Unda Vatan himoyachilari kuniga tayyorgarlik, ARMning o‘quv materiallari bilan ta’minlanganligi holati, 2024/2025 o‘quv yili uchun qishki va yozgi qayta o‘qish davrida ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalarni qo‘llab-quvvatlash haqida va boshqa turli masalalar ko'rib chiqilib, yig'ilish yakunida quyidagi xodimlar bir qancha nominatsiyalar bo'yicha taqdirlanishdi:

🟢MUT kafedrasi dotsenti Qodirov Azamat “Outstanding new instructor” nominatsiyasida mukofotlandi. U 50 dan ortiq talabalarni o‘qitib, HCIA xalqaro sertifikatini qo‘lga kiritdi. “Huawei ICT Competition 2024-2025” mintaqaviy finalida TATUning 5 talabasi 1-o‘rinni egallab, Xitoydagi "Global" bosqichga yo‘llanma oldi. Jamoa sardori Bafoyev Mirzo Ulug‘bek statuetka bilan taqdirlandi.

🟢TATU xalqaro ICPC musobaqasida 3-darajali diplom va mintaqaviy bosqichda 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Jamoa ICPC yarim finaliga yo‘llanma bilan birga 60 mln so‘mlik xizmat safari xarajatlarini qoplash imkoniyatini qo'lga kiritdi. Murabbiylar Sunatullo Hojiyev va Qodirov Zarif sertifikat va vaucher bilan taqdirlandilar.

🎁 OАKdan quyidagi ilmiy daraja diplomlari topshirildi:

Pozilova Shaxnoza Xaydaraliyevna  - ATT kafedrasi dotsenti - pedagogika fanlari bo‘yicha DSc ilmiy darajasiga;

Babajanov Elmurod SatimbaeyvichNF dotsentitexnika fanlari bo‘yicha DSc ilmiy darajasiga ega bo'ldi;

Bundan tashqari, hozirgi kunda universitetimiz hamda Klagenfurt universiteti o‘rtasida tuzilgan qo‘shma diplom shartnomasi asosida 5 nafar magistratura bitiruvchilarimiz Klagenfurt universitetining ham bitiruvchilari sifatida diplomlar olishdi. Bular:

Rustamova Sanobar
Pulatov Otabek
Abdullayev Muhammadali
Toshpulatov Jahongir
Qurbonov Bekzod

 
📝 Ma’lumot uchun hozirgi kunda Klagenfurt universiteti dunyoning top 610-620 (QS), 501-600 (THE) o‘rinlarini egallaydi

✈️@tuituz_official
#tashrif
#qishgi_tatil

Ayni damda, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Talabalar turar joyiga  Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Toshkent shahar boshqarmasi mas'ul xodimi boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan universitet talabalar turar joylarida o‘rganish o‘tkazildi.

O‘rganish jarayonida, TTJlarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati, qishgi ta'til davomida talabalar turar joyida qolgan mehribonlik uylari va xorijlik talabalarga yaratilgan imkoniyatlar va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishga qaratilgan infratuzilma ob’ektlarining holati, yotoqxonalardagi sharoitlar hamda mas’ullar faoliyatiga doir ishlar holati atroflicha o'rganildi va ishlar samaradorligini yanada oshirish maqsadida o’z taklif va tavsiyalarini berishdilar.


Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM