TATU-Ma'naviyat va ma'rifat bo‘limi | Rasmiy kanal
3.41K subscribers
12K photos
990 videos
36 files
1.96K links
Ushbu kanalda siz Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida o'tkazilgan tadbirlar, tanlovlar hamda yangiliklardan xabardor bo'lishingiz mumkin!
Download Telegram
#TATU
#QALQON_jamoatchilik_guruhi

"Qalqon" jamoatchilik guruhi a'zolari talabalar xavfsizligi uchun xizmatda.

🏛 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida talaba-yigitlardan tashkil topgan "QALQON" jamoatchilik guruhi a’zolari tungi reyd nazorat ishlarini o’tkazmoqda.

⚡️"QALQON" jamoatchilik guruhi universitet hududida, talabalar turar joylarida jamoat tartibi, xavfsizlik, jamiyatda yurish-turish va odob-axloq, sanitariya va ekologiya, yong'in va harakat xavfsizligi qoidalariga fuqarolar (talabalar) tomonidan rioya qilinmagan holda tegishli organlar bilan birgalikda tushuntirish ishlarini olib borish va tashkil etishda qatnashib kelmoqda.

https://t.iss.one/manaviyat_tuit_uz
#Kriptologiya #olimpiada

💻 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida joriy yilning 22-oktyabr kuni talaba-yoshlar oʻrtasida KRIPTOLOGIYA bo‘yicha olimpiada o‘tkazildi.
Olimpiadada 30 dan ortiq talabalar g‘oliblik uchun bellashishdi.

Quyidagi ishtirokchilar faxrli o‘rinlarni egallashdi:
🥇 1-o‘rin: Usmonov Akobir (713-22 AXu);
🥈 2-o‘rin: Botiraliyev Behruzbek (712-21 AXu);
🥉 3-o‘rin: Ubaydullayev Dilshod (713-22 AXu).

G‘olib bo‘lgan ishtirokchilar kriptologiya bo‘yicha o‘tkaziluvchi olimpiadaning Respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdilar.
Olimpiadaning respublika bosqichi g‘oliblari pul mukofoti bilan belgilangan stipendiyalar va imtiyozlarga ega bo‘ladilar.


✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#XotinQizlar #anjuman

💻 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida “IT sohasi rivojida xotin - qizlarning o‘rni” mavzusidagi xalqaro anjuman va Xotin-qizlarning IT sohasiga tadbiq qilishga yo‘naltirilgan dasturiy mahsulotlar, veb sayt, mobil ilova va innovatsion loyihalarini targ‘ibotiga yo‘naltirilgan “ITWomenUZ-2024” ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.

🔄 Ushbu anjumanda nafaqat universitetda faoliyat yurituvchi olima-ayollar balki, xorijlik olimalar ham tashrif buyurib, o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar. Anjuman doirasida tashkil etilgan “ITWomenUZ-2024” ko‘rgazmasidagi olima ayollarning dasturiy mahsulot, veb sayt, mobil ilova va innovatsion loyihalari tashrif buyurgan mehmonlarda katta qiziqish uyg‘otdi.  

✈️@tuituz_official