TATU-Ma'naviyat va ma'rifat bo‘limi | Rasmiy kanal
3.35K subscribers
14.3K photos
1.17K videos
37 files
2.29K links
Ushbu kanalda siz Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida o'tkazilgan tadbirlar, tanlovlar hamda yangiliklardan xabardor bo'lishingiz mumkin!
Download Telegram
#festival #XON_ATLAS

💃 Universitetimizda xalqimizning o‘tmishi, qadimiy urf-odatlari, an’analari, estetik qarashlari va o‘ziga xos xususiyatlarini mujassam qilgan milliy liboslarimizdan bo'lmish "XON ATLAS" festivali davom etmoqda.

👗 Festival munosabati bilan e’lon qilingan tanlov g‘oliblari o ‘zlarining milliylikni kreativ tarzda targ ‘ib qilgan chellenjlari va yaratgan fleshmoblari uchun munosib taqdirlandilar.

Bugungi festivalda barcha xotin-qizlar universitetga milliyligimiz ramzi boʻlmish Xon atlas, Beqasam, Banorasva Adras matolaridan tikilgan milliy liboslarda ishga keldilar.

👉https://t.iss.one/tatu_talabalar_uchun👈
ICT WEEK UZBEKISTAN 2024 ko‘rgazmasiga tashrif buyuruvchilar uchun bepul avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

17-20-sentabr kuni Toshkent shahridagi CAEx majmuasida bo‘lib o‘tadigan Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi eng yirik tadbir ICT WEEK UZBEKISTAN 2024 haftaligiga tashrif buyuruvchilar uchun 4 kun davomida shaharning turli nuqtalaridan bepul avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.

Haftalikka tashrif buyurib, siz eng so‘nggi zamonaviy texnologiyalar va innovatsiyalarning so‘nggi yutuqlari bilan tanishish va tajriba almashish imkoniga ega bo‘lasiz.

Bundan tashqari haftalik turli mavzulardagi qiziqarli forum va konferensiyalarni o‘z ichga oladi. “IT ta'lim va frilansing forumi”, “IT sohasida ayollar uchun yaratilgan imkoniyatlar” kabi tadbirlar shular jumlasidan.

ICTWEEK UZBEKISTAN 2024 haftaligida mehmonlarni kutayotgan tadbirlar bilan ushbu havolada tanishishingiz mumkin:

Tadbirga qiziquvchi barcha kishilar va kompaniyalarni ushbu ko‘rgazmada ishtirok etishga taklif qilamiz.

Avtobuslar jo‘naydigan manzillar:

1. IT Park UZBEKISTAN (Ibrohim Muminov ko‘chasi, 4)
2. "O‘zbekiston" mehmonxonasi
3. "Do'stlik" metro bekati
4. "Buyuk ipak yo'li" metro bekati (Muhammad Yusuf kochasi, sobiq Dagestanskiy ko'cha)
5. Shimoliy vokzal bekati

📝Avtobuslar soat 9:00 dan boshlab har soatda 18:00 ga qadar qatnaydi.

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🐦 X 🌐 LinkedIn 🐦 Threads
#TATU #Hakaton

🎉 TATU talabalari "K-Lab Idea Hackathon" da "Study Track" nomli loyiha bilan g'olib bo'lishdi!


Yaqinda bo'lib o'tgan, mukofot jamg’armasi
50 million so'mga teng bo’lgan "K-Lab Idea Hackathon" tanlovida Toshkent аxborot texnologiyalari universiteti talabalari o'zlarining innovatsion "Study Track" loyihasi bilan katta muvaffaqiyatga erishdi. Hakatonda 90 dan ortiq jamoa va 30 dan ziyod oliy ta'lim muassasalaridan talabalar ishtirok etdi.

💻 TATU jamoasi, ya’ni Salohiddinov Ramzjan (311-21 guruh talabasi), Qoʻziboyev Jahongir (314-22 guruh talabasi) va Aliqulov Azizjon (712-21 guruh talabasi) lar tomonidan ishlab chiqilgan "Study Track" loyihasi talabalarning ta'lim jarayonini boshqarish, nazorat qilish va o'zlashtirishni yaxshilashga qaratilgan innovatsion platforma. Bu loyiha o'zining foydalanuvchilarga qulay interfeysi, samaradorlikni oshirish imkoniyatlari va texnologik yangiliklari bilan ajralib turadi.

🤔 Ishtirokchilarimizning sa'y-harakatlari va ijodkorliklari tufayli, "Study Track" loyihasi hakamlar tomonidan yuqori baholanib, g'oliblikni qo’lga kiritishdi. Bu nafaqat jamoa, balki butun universitet uchun katta yutuqdir.

🗒 Ma’lumot uchun:
"K-Lab Idea Hackathon"
innovatsiyalar, texnologik yechimlar va zamonaviy muammolarni hal qilishga qaratilgan yirik tanlov bo'lib, ishtirokchilar o'z g'oyalari orqali real hayotdagi qiyinchiliklarni yengib, yangi texnologiyalarni joriy qilish va jamiyatga foydali loyihalar yaratishga qaratilgan raqobatdan iborat.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#uchrashuv

🏛Bugun, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida “Axborot-kutubxona tizimlari" kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda “Kutubxona-axborot faoliyati" ta’lim yo‘nalishining 1-bosqichiga qabul qilingan talabalari o‘rtasida tanishuv uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

⚡️Uchrashuvda kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan talabalarga kafedraning o‘quv va ilmiy faoliyati, o‘qitiladigan fanlar mazmuni, mamlakatimizda Axborot-kutubxona sohasining ahamiyati haqida taqdimotlar qilindi. Shuningdek, kafedrada xorijdan tashrif buyurib faoliyat yuritayotgan professor Dariush Alimohammadi xorijiy mamlakatlarda axborot-kutubxona sohada kadrlar tayyorlash tajribalari haqida ma’ruza qildi.

Ushbu uchrashuvda fakultet talaba-yoshlari o'zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.

✈️@tatu_talabalar_uchun
#Ochilish_marosimi
#Agrobank_ATB

🩷13-sentyabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida Ta'lim va ishlab chiqarish o'rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, talaba-yoshlarga sharoitlar yaratish maqsadida “Agrobank” (ATB) tomonidan tashkil qilingan o'quv xonasining ochilish marosimi bo'lib o'tdi. Tadbirga Agrobank ATB HR departamenti direktori - Ravshan Dodoqo’ziyev, bo’lim boshlig’i - Xaydarov Adham Mirazizovich va Biznes trenerlar guruhi rahbari - Jiyanov Najmiddin Bo’riyevichlar tashrif buyurishdi.

🎉Ochilish marosimi Agrobank rahbarlari va TATU rektori Maxkamov Baxtiyor Shuxratovichlar boshchiligida bo'lib o'tdi.

✈️@tuituz_official