TATU-Ma'naviyat va ma'rifat bo‘limi | Rasmiy kanal
3.46K subscribers
11.8K photos
970 videos
36 files
1.92K links
Ushbu kanalda siz Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida o'tkazilgan tadbirlar, tanlovlar hamda yangiliklardan xabardor bo'lishingiz mumkin!
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
IT-sohasiga qiziqqan xotin-qizlar uchun tashkil etilgan uchrashuv qanday o‘tdi?

🎥 Batafsil videoda ko‘rishingiz mumkin.

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🐦 X 🌐 LinkedIn 🐦 Threads
#festival #XON_ATLAS

💃 Bugun, 12- sentyabr kuni universitetimizda xalqimizning o‘tmishi, qadimiy urf-odatlari, an’analari, estetik qarashlari va o‘ziga xos xususiyatlarini mujassam qilgan milliy liboslarimizdan bo'lmish "XON ATLAS" festivali bo‘lib o‘tdi.

👗 Festival munosabati bilan e’lon qilingan tanlov g‘oliblari o ‘zlarining milliylikni kreativ tarzda targ ‘ib qilgan chellenjlari va yaratgan fleshmoblari uchun munosib taqdirlandilar.

Bugungi festivalda barcha xotin-qizlar universitetga milliyligimiz ramzi boʻlmish Xon atlas, Beqasam, Banorasva Adras matolaridan tikilgan milliy liboslarda ishga keldilar.

✈️@tuituz_official
#TATU
#uchrashuv

🏛Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining mas’ul xodimlari 2024/2025-o'quv yilida qabul qilingan  1-bosqich talabalari bilan uchrashib ularni oliy taʼlimga o‘qishga qabul qilinganlari bilan tabrikladilar hamda universitet ichki tartib va odob-axloq qoidalari bilan tanishtirdilar.

🔹Shu bilan birga, uchrashuv davomida mas'ullar tomonidan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 824-sonli qarori jumladan, oliy ta’limga joriy etilgan kredit-modul tizimi, talabalar o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi, bilimni nazorat qilish va baholash tizimi, akademik ta’til berish, HEMIS axborot tizimi va uning imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berildi..

Ushbu davra suhbatida universitet talaba-yoshlari o'zini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.

✈️@tatu_talabalar_uchun
#TATU
#KITOBXON_TALABA

🏛 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti  “KITOBXON TALABA” loyihasi doirasida Primqul Qodirovning “Yulduzli tunlar” badiiy asarini muhokama qilish tadbiri bo’lib o’tdi.

⚡️Tadbir zamonaviy bosqichda yoshlarning intellektual rivojlanishi hamda dunyo qarashining kengayishida kitobxonlikning o’rni haqidagi ma’ruza bilan boshlandi hamda ushbu kitobning mazmun mohiyatiga ham to'xtalib o'tildi.

🔹So’zga chiqqanlar badiiy adabiyot mutolaasi  va kitobxonlikning yoshlarning ma’naviy kamoloti hamda barkamol shaxs bo’lib yetishishidagi ahamiyati haqida so’z yuritdilar.Tadbir talaba yoshlarning kitob oqishga bo'lgan ishtiyoqini yanada oshirdi.

👉https://t.iss.one/tatu_talabalar_uchun👈
#festival #XON_ATLAS

💃 Universitetimizda xalqimizning o‘tmishi, qadimiy urf-odatlari, an’analari, estetik qarashlari va o‘ziga xos xususiyatlarini mujassam qilgan milliy liboslarimizdan bo'lmish "XON ATLAS" festivali davom etmoqda.

👗 Festival munosabati bilan e’lon qilingan tanlov g‘oliblari o ‘zlarining milliylikni kreativ tarzda targ ‘ib qilgan chellenjlari va yaratgan fleshmoblari uchun munosib taqdirlandilar.

Bugungi festivalda barcha xotin-qizlar universitetga milliyligimiz ramzi boʻlmish Xon atlas, Beqasam, Banorasva Adras matolaridan tikilgan milliy liboslarda ishga keldilar.

👉https://t.iss.one/tatu_talabalar_uchun👈