TATU-Ma'naviyat va ma'rifat bo‘limi | Rasmiy kanal
3.44K subscribers
12K photos
986 videos
36 files
1.95K links
Ushbu kanalda siz Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida o'tkazilgan tadbirlar, tanlovlar hamda yangiliklardan xabardor bo'lishingiz mumkin!
Download Telegram
#TATU
#profilaktik_uchrashuv
#jinoyatga_qarshi_kurash

🏛Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida dekan muovinlarii, tyutorlari va Universitet profilaktika nozirlari bilan birgalikda talaba-yoshlar oʻrtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish boʻyicha talabalar orasida targʻibot tadbirlarii tashkil etilmoqda.
⚡️Targʻibot tadbirida yoshlar bilan olib boriladigan maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, ular oʻrtasida huquqbuzarlik, jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan profilaktik ishlarni tizimli tashkil etish, turli zararli oqimlar taʼsiriga tushib qolishdan asrash, yoshlarni Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash, boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishni taʼminlashga qaratilgan muhim vazifalar toʻgʻrisida tushuntirish ishlari olib borilmoqda.
🔹Davlatimiz rahbarining hududlarda kriminogen vaziyat barqarorligini taʼminlash hamda huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish borasida belgilab bergan vazifalarining amaliy ijrosini taʼminlash maqsadida, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan poytaxtimizning Yunusobod tumani bo‘ylab huquq-tartibot idoralarining tungi xizmat faoliyati ko‘zdan kechirildi.
🔹Shuningdek, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining 1-sonli Talalalar turar joyida bo‘lishib, tungi navbatchi xodimlar bilan suhbat olib bordilar.
🟥🟥🟥

“Toshkent: kecha, bugun, ertaga” mavzusida maqolalar tanlovi !

✔️Maqolalar tanlovi "Bitiruvchi va talaba-yoshlar" loyihasi doirasida tashkil etilmoqda.

🌐Ushbu tanlov 2 yo‘nalishda tashkil etiladi: Ilmiy va ommabop.

📣Tanlov ikki bosqichda amalga oshiriladi:

1-bosqich: OTM bosqichi. 10-maydan 15-maygacha. 1-bosqichda har bir yo’nalish bo’yicha 1-o‘rinni egallagan maqolalar 2-bosqichga tavsiya etiladi.

OTM bosqichi g’oliblari to’g’risidagi ma’lumotlarni (bayonnoma va maqolalar)
[email protected] elektron pochtasiga taqdim etish zarur.

2-bosqich: Toshkent shahar bosqichi. 15-maydan 20-maygacha.
21-may kuni yakuniy anjuman bo‘lib o‘tadi va unda g‘oliblar taqdirlanadi.


🎓Tanlovda Toshkent shahri oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan talabalar ishtirok etishlari mumkin.

Maqolalar quyidagi tillarda qabul qilinadi:

🇺🇿 o‘zbek
🇷🇺 rus
🇬🇧 ingliz 

📄Tanlov nizomi

📄Axborot xati

🔗Murojaat uchun tel +998935205255

⚡️Barcha talabalarni tanlovda ishtirok etishga taklif qilamiz !
🏛   Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga 35 - Umumiy oʻrta ta'lim maktabidan tashrif buyurgan bitiruvchi sinf oʻquvchilariga , Dasturiy injiniring fakultetida yaratilgan shart va sharoitlar , dars jarayonlari bilan tanishtirilib , kelgusi yilda oliy ta'limni bizning unversitetimizda boshlash uchun ularda ancha qiziqish ugʻotildi.
#yoshlar_bilan_uchrashuv

❗️Rektor yoshlar muammosiga befarq emas


🏛Muhtaram prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan mazkur g'oya bugungi kunda yoshlarning hayotda o‘z o‘rnini topishi uchun sharoitlar yaratish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida chora-tadbirlar amalga oshirilishiga imkon yaratilmoqda.

⚡️Shu munosabat bilan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori, professor B.Maxkamov universitetga biriktirilgan Toshkent shahri Sergeli tumanidagi Mehrigiyo MFY, Bunyodobod MFY, Jo'nariq MFY, Yangi Bunyodobod MFY va Ezgulik MFYlarda istiqomat qiluvchi ijtimoiy og'ir toifadagi yoshlar bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida yoshlarning holidan xabar olinib, suhbatlar uyushtirildi.

Rektorimiz va yoshlar o'rtasida tashkil etilgan muloqotlarda yoshlarning taʼlim va tarbiyasiga koʻmaklashish, boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning muammolarini oʻrganish va hal etish, moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida fikrlar bildirildi va ularning muammolarini ijobiy hal qilish bo'yicha universitet mas'ullariga alohida ko‘rsatmalar berildi.

✈️ Telegram