TATU-Ma'naviyat va ma'rifat bo‘limi | Rasmiy kanal
3.44K subscribers
11.9K photos
982 videos
36 files
1.94K links
Ushbu kanalda siz Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida o'tkazilgan tadbirlar, tanlovlar hamda yangiliklardan xabardor bo'lishingiz mumkin!
Download Telegram
#Rektorlar_forumi

Toshkent shahrida bo‘lib o‘tayotgan O‘zbekiston Respublikasi va Tojikiston Respublikasi Oliy ta’lim muassasalari rektorlari ikkinchi forumi doirasida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va Tojikistonning yetakchi universitetlari hisoblangan Tojikiston davlat huquq, biznes va siyosat universiteti hamda Tojikiston texnika universiteti bilan hamkorlik shartnomalari imzolandi.

🗒 Mazkur shartnomalarga ko‘ra universitetlar xalqaro hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish, jumladan, ilmiy tadqiqot sohasida hamkorlik qilish, talabalar uchun akademik almashinuv dasturlarini yo‘lga qo‘yish, professor-o‘qituvchilar malakasini oshirish, tajriba almashish, stajirovka o‘tash, ilmiy anjumanlar tashkil etishga kelishildi.

🌀 Tojikiston va O‘zbekiston OTMlari ishtirokida yuqori saviyada o‘tkazilayotgan mazkur Oliy ta’lim muassasalari rektorlari ikkinchi forumi mustahkam tarixiy rishtalarga ega ikki qardosh mamlakat oliy ta’lim muassasalari, ilmiy xodimlari uchun nihoyatda muhim ahamiyat kasb etadi.
#zakovat

Universitetimizda "Besh tashabbus olimpiyadasi" doirasida "Zakovat intellektual" o'yinining navbatdagi turi Televizion texnologiyalari fakulteti talabalari o'rtasida bo'lib o'tdi.

🏆 O'yin natijalariga ko'ra
1-o'rin Ilg'orlar jamoasi;
2-o'rin Paxtakor jamoasi; 
3-o'rinni Intelekt  jamoasi egaladilar.

🌟 G'olib bo'lgan jamoalarga esdalik sovg'alar va diplomlar topshirildi.
​​Орзуларингиз устида ишланг, акс ҳолда ўзга орзулар устида ишлаш учун ёлланасиз.
Фаррах Грей

Ҳеч қачон адашмаган инсон, ҳеч қандай янги нарсани қилишга ҳаракат қилиб кўрмаган. А.Эйнштейн

Ниманидур бошлашнинг энг оқил йўли гапиришни бас қилиб, харакатни бошлаш.
У.Дисней
#sport
#mini_futbol

⚽️ Ayni damda, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Kiberxavfsizlik fakulteti talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli oʻtkazish maqsadida talabalar o‘rtasida sportning "Mini-futbol" turi bo'yicha musobaqaning 2-kunidagi o'yinlar davom etmoqda.

✈️ https://t.iss.one/tatu_talabalar_uchun
#TATU #Maktab #ekskursiya

👥 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga Toshkent viloyati Qibray tumanida joylashgan 41-sonli umumiy o‘rta talim maktabining bitiruvchilari tashrif buyurishdi.

🙋 Maktab o‘quvchilariga universitet bo‘ylab qiziqarli ekskursiya tashkil etildi. Ekskursiyada maktab o'quvchilariga axborot texnologiyalari, robototexnika va sun'iy intellekt yo'nalishlari bo'yicha Universitetda ishlab chiqilgan ishlanmalar namoyish etildi va o'quvchilar bilan suhbatlar tashkil etildi.

🗒 Uchrashuvdan maqsad o‘quvchilarni IT sohasiga bo‘lgan qiziqishini ortirish hamda ta’lim olishlarida yaratilgan imkoniyatlar bilan tanishtirishdan iboratdir.

✈️ https://t.iss.one/tatu_talabalar_uchun