TATU-Ma'naviyat va ma'rifat bo‘limi | Rasmiy kanal
3.69K subscribers
11.3K photos
941 videos
36 files
1.86K links
Ushbu kanalda siz Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida o'tkazilgan tadbirlar, tanlovlar hamda yangiliklardan xabardor bo'lishingiz mumkin!
Download Telegram
#TATU
#Sayohat

Universitet talaba-yoshlari Parkent tumanida joylashgan betakror va go'zal bo'lgan tog' yon bag'riga sayohat uyushtirishdi. Talaba-yoshlar ushbu sayoxat davomida madaniy hordiq chiqarishdi.
#TATU
#Sayohat

Universitetning talaba-yoshlari Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida joylashgan Urungach nefrit ko‘liga sayohat uyushtirishdi.

Bu ko‘l Ugam-Chatkal milliy bog‘i maydonida joylashgan va o‘ziga xos go‘zallikka ega.
Toshkent shahridan 160 kilometr uzoqlikda joylashgan Katta va kichik nefrit ko‘llari. Urungach nefrit ko‘li Ugam-Chotqol milliy bog‘i maydonida joylashgan va tabiatning inomidir. Ko‘lning pastki qismi nefrit rangli va chiroyli, yuqori qismi esa katta ko‘l sifatida bilinadi. Suvning zumrad sifat rangi qimmatbaho nefrit toshini eslatadi.
Urungach Kichik nefrit kolidan 4 km yuqorida Yuqori Urungach ko‘li joylashgan bo‘lib, u kichik birodaridan farqli o‘laroq, hatto eng issiq oylarda ham hech qachon qurib ketmaydi. Atrofdagi landshaftlar va ko‘llarning o‘zi bir-biridan keskin farq qiladi. Yuqori ko‘l ko‘proq Firuza suv rangiga ega va ikki baravar katta.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Тезкор
⚡️QVZ 30 ЙИЛЛИГИ ЮБИЛЕЙ ШОУ-ДАСТУРИ!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
☀️ Aссалому алайкум. Якшанба тонги муборак бўлсин.

Соғ–саломат уйғотган Роббимизга ҳамдлар бўлсин!

Асл саодат нафас олиб турган ҳар онимизга шукр қила олишдир...
Шукр ва зикрга бой кун бўлсин!

Дам олиш кунингиз мазмунли ўтсин!
Magistratura uchun qaysi sertifikatlardan foydalanish mumkin?

◼️Ma’lumki, davlat OTMlarining magistraturasiga hujjat topshirish uchun chet tili sertifikati majburiy hisoblanadi. Bunda filologiya yo‘nalishlari uchun kamida C1, qolgan barcha boshqa yo‘nalishlar uchun B2 sertifikati bilan hujjat topshirish mumkin.

Bu yilgi qabul uchun 25 ta turdagi sertifikat tasdiqlangan. Ulardan biri bo‘lsa, talabgor magistraturaga o‘qishga kirish imkoni yuqori bo‘ladi.

Sababi talabgorlardan alohida imtihon olinmaydi. Chet tili sertifikati darajasi va bakalavr diplomining o‘rtacha balliga qarab ketma-ketlikda abituriyentlar qabul qilinadi. Bu degani sertifikat darajangiz qancha yuqori bo‘lsa, imkoniyatingiz ham shuncha yuqoriroq bo‘ladi deganidir.

Eslatma: magistraturaga qabul 30-iyulgacha davom etadi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
   ✍️ЙЎЛЧИ РЎЗИЕВ шеъри.
🎙Шеърни ДИЛФУЗА САЛИМОВА ўқиди!                                                                                                                                                                                                            
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Davlat_gerbi #muhimsana

🇺🇿 O'zbekiston Respublikasi Davlat gerbi 1992-yil 2-iyulda qabul qilingan.

Bugun gerb qabul qilinganiga 31 yil to'ldi.

📄 Davlat gerbi dumaloq koʻrinishga ega boʻlib, bu shaklning soʻl tomoni rizq-roʻzimiz timsoli — bugʻdoy boshoqlaridan, oʻng tomoni esa oʻzbekning dongʻini dunyoga taratgan bebaho boyligimiz — chanoqlari ochilgan gʻoʻza shoxlaridan iborat chambarga oʻralgan, uzoqdagi togʻlar va daryolar manzarasida gullagan vodiy uzra quyosh zarrin nurlarini sochib turadi, ayni paytda bu O'zbekistonning serquyosh mamlakat ekanligini ham bildiradi.

Gerbning yuqori qismida esa Oʻzbekiston ozodligining ramzi sifatida sakkizburchak yulduz, uning ichki qismida yarimoy va yulduz manosi mamlakat aholisining ko'p qismi islom diniga etiqod qilishi, markazida — baxt va erksevarlik ramzi — qanotlarini yozgan Xumo qushi tasvirlangan.

Gerbning pastki qismida O'zbekiston Respublikasi davlat bayrog'ini ifoda etuvchi chambar tasmasiga "O'zbekiston" deb yozib qo'yilgan.

https://t.iss.one/tuituz_official
Audio
OʼZBEKISTON GERBIDА ...
(Ushbu sheʼr 2-iyul Oʼzbekiston Gerbining tasdiqlanganining 31 -yilligiga bagʼishlanadi!!!)

Shunday ramzlar boʼladi,
Koʼrsang koʼzing kuladi.
U yoningda doim yuradi,
U Oʼzbekistonim gerbidir!

Koʼrsatar u seni shaʼnin,
Kuylaymiz uning madhin.
Orol daryo suv-sathin,
U Oʼzbekistonim gerbidir!

Nari ketsang elingdan,
Tushmas rams qoʼlingdan.
Gerb arimas dilingdan,
U Oʼzbekistonim gerbidir!

Аrdogʼimiz ungadir doim,
Oʼpaman Vatan poyin,
Tasdiqlaydi u joying,
U Oʼzbekistonim gerbidir!

Undan bor kunda xabar,
Hujjat muhr har safar.
Valyutaga u doim padar,
U Oʼzbekistonim gerbidir!

Аksi paxtayu-gʼallamizni,
Bosh urar sallamizni.
U siylar hammamizni,
U Oʼzbekistonim gerbidir!

Qalb turi joyi doim,
Yulduzlar oʼrar oyim.
Daryo soylar irmogʼin,
U Oʼzbekistonim gerbidir!

Taʼrifga koʼpdir soʼzim,
Аksingda million oʼzim.
Yoʼlchingni koʼrar koʼzin,
U Oʼzbekistonim gerbidir!


TATU Tyutori Yo‘lchi Ro‘ziyev
📝Bugun 2-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi, rasmiy davlat ramzining qabul qilingan kuni!
🫥“O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to‘g‘risida”gi Qonun 1992 yil 2-iyulda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 10-sessiyasida qabul qilingan.