TATU-Ma'naviyat va ma'rifat bo‘limi | Rasmiy kanal
3.4K subscribers
12.1K photos
997 videos
36 files
1.98K links
Ushbu kanalda siz Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida o'tkazilgan tadbirlar, tanlovlar hamda yangiliklardan xabardor bo'lishingiz mumkin!
Download Telegram
#Ilm_fanda_xotin_qizlar_kuni

BMT Bosh Assambleyasi tomonidan qabul qilingan Taraqqiyot maqsadlari yo‘lida fan, texnika va innovatsiyalar to‘g‘risidagi rezolyutsiyada 11-fevral – Ilm-fanda xotin-qizlar ishtiroki xalqaro kuni deb e’lon qilingan.
📣 Shu kun munosabati bilan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida “IT sohasi rivojida xotin-qizlarning o‘rni” mavzusidagi xalqaro forum bo‘lib o‘tdi. Forum davomida muhandis-dasturchi ayollarning ilmiy-texnik salohiyatini oshirish, ularni ishlab chiqarish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga keng jalb etish masalalari ham muhokama qilindi. Shuningdek, universitetda faoliyat yuritayotgan olima ayollar o‘zlarinig ilmiy ishlari, startap loyihalari bilan tanishtirdilar.
👥 Forum davomida unitversitetda faoliyat olib borayotgan olima ayollarning turli ishlanmalari va kashfiyotlari yuzasidan ko‘rgazma ham tashkil qilindi.
https://t.iss.one/tatu_talabalar_uchun
#SummerSchool #ENSSAT #Fransiya

🤝 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talabalarni yozgi maktab "Summer School" dasturida Fransiyaning "ENSSAT - Ilg'or milliy amaliy fan va texnologiyalar kolleji"da qatnashishga taklif etadi.

🗒 Yozgi maktab dasturi Fransiyaning ENSSAT kollejida 2024-yil yozida 18-iyundan 1-iyulgacha davom etishi rejalashtirilgan. Ushbu dasturda informatika va elektronika (Electronics, Computer Science...) yo'nalishidagi bakalvr, magistr va PhD talabalari qatnasha oladi.

👤 Dasturda qatnashish narxi quyidagicha:
15 martgacha to'lov qilingan taqdirda: 950 €
15-martdan so'ng: 1050 €
O'qish to'lovlarini o'z ichiga turar joy, ijtimoiy tadbirlar va ijtimoiy kechki ovqatlar, tashriflar, tushlik, piknik, kofe-breakni oladi.

📌 "Summer School" dasturi haqida batafsil: https://www.enssat.fr/en_US/relations-internationales/summer-school
#startupCampus

🗒 2024-yil 28-yanvardan 8-fevralgacha Startup Campus – xalqaro markazi tomonidan tashkil etilayotgan “Discover Central Asia” innovatsion dasturi doirasida Yevropa va O‘zbekiston bozoridagi IT va biznes sohasi vakillarining uchrashuvi rejalashtirilgan.

➡️ Mazkur tadbirda yetakchi tashkilotlar va IT kompaniya xodim va rahbarlari o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish, istiqbollarni belgilab olish rejalashtirilgan. Uchrashuvda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti tayanch doktoranti E.E.Sayfiyev Yevropa tashkilotlari bilan hamkorlikda start-up loyihalarini rivojlantirish, TATUning to‘g‘ridan to‘g‘ri yevropa bozoridagi dasturiy mahsulotlar buyurtmalarini qabul qilish masalalarini muhokama qilish belgilab berildi.

🤝 Yevropadagi Startup Campus rahbariyati bilan yopiq yig’ilish ham tashkil etilib, o’zaro ikki tomonli startap g’oyalarini rivojlantirish, kadrlar, xususan, PhD tabalarini yevropada salohiyatini oshirish yuzasidan muzokaralar amalga oshirildi. Dastur doirasida o‘zaro hamkorlik yuzasidan Budapesht texnologiya va iqtisodiyot universitetiga amaliy tashrif tashkil etildi.

✈️@tuituz_official
DIQQAT!!! TANLOV!

👥 TURKIYA davlatida tashkil qilinadigan TEKNOFEST 2024 festivaliga ro'yhatdan o'tish vaqti yakunlanmoqda (20-fevralgacha).

📊 Qatnashish yo'llanmasini qo'lga kiritgan jamoalarga TRANSPORT, MEHMONXONA xarajatlari to'liq qoplab beriladi.

Musoboqa yo'nalishlari bo'yicha quyidagi havola orqali to'liq tanishishingiz mumkin:
https://www.teknofest.org/en/competitions/

🔎 Jamoaga qo'shilish yoki boshqa masalalar bilan @Zuxriddin_11 ga murojat qilishingiz mumkin.

✈️https://t.iss.one/tatu_talabalar_uchun
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#tashrif #Belarus_delegatsiyasi

Bugun, Belarus Respublikasi Rektorlar kengashi raisi, Belarus davlat informatika va radioelektronika universiteti rektori, t.f.d., prof. V.Bogush boshchiligidagi delegatsiya TATUga tashrif buyurdi.

🤝 Tashrif davomida universitetlar o’rtasidagi hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish, startap, fundamental va amaliy loyihalarni shuningdek, qo’shma loyihalarni birgalikda amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

🗒 Ma'lumot uchun: Belarus davlat informatika va radioelektronika universiteti axborot texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash bo’yicha yetakchi oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi.
Bugun hazrat Nizomiddin Mir Alisher Navoiy tavallud topgan kun

Ulug‘ o‘zbek shoiri, mutafakkir va davlat arbobi 1441-yil 9-fevral kuni Hirot shahrida tavallud topgan. Bu yil bobokalonimiz tavalludining 583 yilligi keng nishonlanadi.

Alisher Navoiy o‘zining boy ma’naviy merosi, shoh asarlari, nodir devonlari, betakror g‘azal va dostonlari bilan bashariyat tamadduni va adabiyotiga beqiyos hissa qo‘shgan.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🏛Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalar universiteti Telekommunikatsiya texnologiyalar fakulteti tomonidan "Korrupsiya taraqqiyot kushandasi" shiori ostida tayyorlangan video rolik.
https://t.iss.one/tatu_talabalar_uchun
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#TATU
#Alisher_Navoiy

AKTSIM fakulteti 1-bosqich 111-23 guruh talabasi A'zamova Muxlisa Akmal qizining Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi munosabati bilan tayyorlagan videoroligi.
https://t.iss.one/tatu_talabalar_uchun
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#TATU
#Navoiy_583
🏛Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Telekommunikatsiya texnologiyalari  fakulteti  buyuk shoir mutafakkir Mir Alisher Navoiy tavalludining  583 yilligi   bag‘ishlab tayyorlagan videoroligi.
https://t.iss.one/tatu_talabalar_uchun
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#TATU
#Navoiy_day

Bugun hazrat Nizomiddin Mir Alisher Navoiy tavallud topgan kun

Kimki jahon ahlida inson erur,
Bilki, nishona anga iymon erur!


⚡️Ulug‘ o‘zbek shoiri, mutafakkir va davlat arbobi 1441-yil 9-fevral kuni Hirot shahrida tavallud topgan. Bu yil bobokalonimiz tavalludining 583 yilligi keng nishonlanadi.

⚡️Alisher Navoiy o‘zining boy ma’naviy merosi, shoh asarlari, nodir devonlari, betakror g‘azal va dostonlari bilan bashariyat tamadduni va adabiyotiga beqiyos hissa qo‘shgan.
https://t.iss.one/tatu_talabalar_uchun
#Adiblar_xiyoboni
#Said_Axmad
#Saida_Zunnunova

🏛 Bugun, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti jamoasi ishtirokida "Atoqli o'zbek yozuvchisi, dramaturgi Said Ahmad va shoira Saida Zunnunova" hayoti va ijodiga bag‘ishlab ma’naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi.

🔥Tadbirda ustozlar tomonidan adiblarning mashaqqatli lekin sharafli hayot yoʻlini, o‘zbek milliy adabiyotiga qo‘shgan ulkan hissalarini, ona tilimizning ravnaqi yo‘lida qilgan fidokorona xizmatlarini yoshlarga tanishtirib ularga ibrat sifatida targʻib qilindi.

🗣Mazkur tadbir doirasida talabalar adib va adibalarning hayoti va ijodi haqida professor-o'qituvchilar ma'ruzalari orqali to'liq ma'lumotlar olishdi.

⚡️Adiblar xiyobonda o‘tkazilgan tadbirlarda faol ishtirok etish bilan bir qatorda, o‘zgacha qiyofada qad rostlagan Milliy bog‘ bo‘ylab sayr qilish, o‘zlari uchun ma’naviy hordiq chiqarish imkoniga ham ega bo‘ldilar.

👉https://t.iss.one/tatu_talabalar_uchun👈