TATU-Ma'naviyat va ma'rifat bo‘limi | Rasmiy kanal
3.45K subscribers
11.8K photos
971 videos
36 files
1.93K links
Ushbu kanalda siz Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida o'tkazilgan tadbirlar, tanlovlar hamda yangiliklardan xabardor bo'lishingiz mumkin!
Download Telegram
#TATU
#QALQON_jamoatchilik_guruhi
"Qalqon" jamoatchilik guruhi a'zolari talabalar xavfsizligi uchun xizmatda.
🏛 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida talaba-yigitlardan tashkil topgan "QALQON" jamoatchilik guruhi a’zolari reyd nazorat ishlarini boshladi.
⚡️"QALQON" jamoatchilik guruhi universitet hududida, talabalar turar joylarida jamoat tartibi, xavfsizlik, jamiyatda yurish-turish va odob-axloq, sanitariya va ekologiya, yong'in va harakat xavfsizligi qoidalariga fuqarolar (talabalar) tomonidan rioya qilinmagan holda tegishli organlar bilan birgalikda tushuntirish ishlarini olib borish va tashkil etishda qatnashib kelmoqda.
https://t.iss.one/tatu_talabalar_uchun
#jarayon
#talaba_e’tiborda
Ijara xonadonlarida yashovchi talabalar holidan xabar olindi.
Tashrif davomida Talaba-yoshlarning yashash sharoitlari, tabiiy gaz va elektr energiyasidan foydalanish jarayonida texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilinishi ko‘zdan kechirilib, xonadon egalari va talabalar bilan suhbat o‘tkazildi.
Shuningdek, talabalarning bo'sh vaqtlarida qanday mashg'ulotlar bilan band ekanliklari o'rganildi va talabalarga universitetda e’lon qilingan tanlovlar haqida ma’lumotlar berildi.
https://t.iss.one/tatu_talabalar_uchun
Bugun, Oliy harbiy ta'lim muassasalari kursantlari jamoalari o‘rtasida matematika fani bo‘yicha olimpiadani Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti “Oliy matematika” kafedrasi professor-o‘qituvchilari yuqori saviyada va shaffof tarzda o'tkazilishida ekspert sifatida ishtirok etishdi.
https://t.iss.one/tatu_talabalar_uchun