TATU-Ma'naviyat va ma'rifat bo‘limi | Rasmiy kanal
3.71K subscribers
11.2K photos
940 videos
36 files
1.86K links
Ushbu kanalda siz Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida o'tkazilgan tadbirlar, tanlovlar hamda yangiliklardan xabardor bo'lishingiz mumkin!
Download Telegram
#Live #Sayohat #Xiva

Videolavha#2

💃🕺 Ayni damda TATU hamda uning hududiy filiallari talaba-yoshlari Xivadagi "Ochiq osmon ostidagi muzey"da vaqtdan unumli foydalangan holda musiqiy kecha uyushtirib, ko'tarinki kayfiyatda raqsga tushib, ma'naviy ozuqa olishmoqda.

🥳Talabalarimiz bazmiga xattoki chet ellik mehmonlar ham qo'shilib ko'tarinki kayfiyatga sherik bo'lishmoqda.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Said Ahmad tavalludining 103 yilligiga bag'ishlangan adabiy tadbirdan video lavha...
#Said _Ahmad
#MuhimSana
Bugun O‘zbekiston Xalq yozuvchisi Said Ahmad tavalludining 103 yilligi mamlakatimizda keng nishonlanmoqda.     
                  
SAID AHMAD

Nom qoldirdi tarix abadiy,
Yozgan asarlari bari badiiy.
Goho hazilkash goho jiddiy,
Said Ahmad buyuk adib tarixiy!

Ufqini bilmagan kim bor,
O‘qish istar o‘qigan takror.
Nomi o‘chirolmas yomg‘iru-qor,
Said Ahmad buyuk adib tarixiy!

O‘zini yo‘qotgan topdi o‘zini,
So‘zini yo‘qotgan topdi so‘zini.
Hech kim unutmas uning yuzini,
Said Ahmad buyuk adib tarixiy!

Quyoshga boqadi bugun haykali,
Shogirdlari ijodini sayqali.
Ijodi xotirda doim maqtarli,
Said Ahmad buyuk adib tarixiy!

Saidadir uning umr yo‘ldoshi,
Bo‘lgan u doimo ijod dildoshi.
Ustoz bo‘lgan doim oila boshi,
Said Ahmad buyuk adib tarixiy!

Ijod sayqallanar yillar sari,
Yo‘lchidek o‘qiydi barcha yosh qari.
Unutmagay aslo olam yer-shari,
Said Ahmad buyuk adib tarixiy!
  
Yo‘lchi Ro‘ziyev                              
🎭 Канал манзили қуйидаги линкда, аъзо бўлинг.
https://t.iss.one/yulchi
10 июнь – Саид Аҳмад туғилган кун

Саид Аҳмад (Ҳасанхўжаев Саидаҳмад) 1920 йил 10 июнда Тошкент шаҳрида туғилган. 1968 йилда Ўзбекистонда хизмат кўрсатган маданият ходими, 1980 йилда Ўзбекистон халқ ёзувчиси, 1996 йилда “Дўстлик”, 1997 йилда “Буюк хизматлари учун” орденлари, 1999 йилда Ўзбекистон Қаҳрамони юксак унвони билан мукофотланган.
1940 йилда биринчи ҳикоялар тўплами — “Тортиқ” нашрдан чиққан. Ижодининг каттагина қисми ҳажвий-юмористик ҳикоялар, қиссалар, комедиялардан иборат. У “Эр юрак”, “Фарғона ҳикоялари”, “Чўл бургути”, “Чўл оқшомлари”, “Одам ва бўрон”, “Йўқотганларим ва топганларим”, “Қоракўз мажнун”, “Киприкда қолган тонг” каби асарлар муаллифи.
Саид Аҳмаднинг “Уфқ” трилогияси, “Жимжитлик” романи, “Хандон писта”, “Бир ўпичнинг баҳоси” ҳажвий тўпламлари, 3 жилдли “Танланган асарлар”и чоп этилган. Унинг юмористик маҳорати “Келинлар қўзғолони”, “Куёв” комедияларида ёрқин намоён бўлган.
Адиб 2007 йил 5 декабрда Тошкент шаҳрида вафот этган.

Ўзбекистон Ёзувчилар уюшмаси Ахборот хизмати
#bilasizmi

Bugun 10-iyun haftaning shanba kuni. Ushbu kundagi muhim voqealar bilan tanishing.

🟥Butunjahon hunarmandchilik kuni.

🟥Butunjahon qo‘g‘irchoqlar kuni.

🟥Butunjahon qo‘g‘irchoqlar kuni.
🔴Bu kun qo'g'irchoqlarning sevgisiga va ular butun dunyodagi odamlarga olib keladigan quvonchga bag'ishlangan. Bu qo'g'irchoqlarning go'zalligi va badiiyligini, shuningdek, madaniyat va tarixdagi rolini qadrlash kunidir.

🗣Moskvada  «Союзмультфильм» studiyasiga asos solindi (1936).

🗣O'zbekiston  Lyuksemburg va Norvegiya  davlatlari bilan  diplomatik  aloqalar oʻrnatdi (1992).

🗣Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti ta'sis etildi (1999).

🗣AQSHda sharikli ruchka patentlangan va ommaviy ishlab chiqarish boshlangan kun (1943).

🗣Rossiyada eng yirik multiplikatsiya filmlarining “Soyuzmultfilm” studiyasi tashkil etilgan kun (1936).

🟢O‘zbekiston xalq yozuvchisi, O‘zbekiston Qahramoni Said Ahmad tavallud topgan (1920).

🟢O‘zbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi, yozuvchi, tarjimon Fozilov Nosir tavallud topgan (1929).

👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
#TATU
#Tarixiy_obidalar
#Sayohat

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti xodimlari va talabalariga ichki turizmni rivojlantirish dasturi doirasida madaniy hordiq chiqarishlari uchun Xorazmdagi ajdodlarimizdan bizga qolgan, yillar davomida avaylab kelinayotgan ko'hna tarixiy obidalari joylashgan Xiva shahriga sayohat uyushtirildi.

✈️tuituz_official