TATU-Ma'naviyat va ma'rifat bo‘limi | Rasmiy kanal
3.51K subscribers
11.5K photos
956 videos
36 files
1.9K links
Ushbu kanalda siz Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida o'tkazilgan tadbirlar, tanlovlar hamda yangiliklardan xabardor bo'lishingiz mumkin!
Download Telegram
#uchrashuv
#TATU
Muhammad al Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari unversitetining Sun’iy intellekt va Multimedia texnologiyalari kafedralari tomonidan “Teatr ijodkorlari yoshlar davrasida” sevimli va mahoratli aktyorlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Mehmonlarimiz O‘zbekiston xalq artisti Rixsi Ibrohimova, Respublika "Nuroniy" jamg‘armasi vasiylik kengashi a’zosi olima Mukarram Muxitdinova hamda O‘zbekiston xalq artisti Malika Ibrohimovalar bilan qiziqardi davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Universitet professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlarida ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligini taʼminlashda juda katta tasavurotlar qoldirdi.
https://t.iss.one/tatu_talabalar_uchun
#TATU
#futbol
#BizBirJamoamiz
🏟 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining 700 dan ortiq talabalar-yoshlari boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish maqsadida ayni damda, Bunyodkor stadionida boʻlib oʻtayotgan Futbol boʻyicha ayollar oʻtasidagi Parij-2024 Olimpiya oʻyinlari Osiyo mintaqasining 2-saralash bosqichi uchrashuvda terma jamoamizni qo'llab-quvvatlash maqsadida Bunyodkor stadionida o‘yinni jonli tomosha qilmoqdalar.
⚽️Futbolchilarimizni birgalikda qoʻllab-quvvatlaylik!
https://t.iss.one/tatu_talabalar_uchun
#semenar_trening
#psixolog

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida “Oilalarda zo‘ravonlikni oldini olish” mavzusida maxsus semenar bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda TDPU qoshidagi Psixologiya oʻquv-ilmiy markazidan tashrif buyurgan mutaxassis hamda universitet psixologi ishtirok etishdi.

Ayollar hamda bolalar zo‘ravonligiga barham berish, jamiyatda ularning huquq va manfaatlarini yanada mustahkamlash kabi ezgu tashabbuslar ko‘zlangan ushbu semenar-treninglarda mavzuga oid ko‘nikmalar berildi.

t.iss.one/tatu_talabalar_uchun
#ICPC #Olimpiada #taqdirlash

👨‍💻 “ICT Week – 2023” axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi doirasida O‘zbekistonda IT ta’lim sohasidagi asosiy va muhim voqealardan biri bo‘lgan – “IT Education” forumida Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida ICPC (International Collegiate Programming Contest) xalqaro dasturlash olimpiadasining respublika bosqichida g'olib bo'lgan jamoalar taqdirlandi.

💻 Xalqaro dasturlash olimpiadasining respublika bosqichida 1- o'rinni olgan TATUning Code of Duty jamoasi (Umurzoqov Quvonchbek, Miroqilov Davlatbek, Qodirov Jamshidxon) 60 million so'm pul mukofoti bilan taqdirlandi.

👏 Jamoamizga 2023-yil dekabr oyida Qozog'istonning Olmaota shahrida bo‘lib o‘tadigan yarim finalida omad tilab qolamiz.
https://t.iss.one/tatu_talabalar_uchun
#Besh_tashabbus_olimpiadasi

🏆 Toshkent shahridagi 92 ta oliy ta’lim muassasalari orasida universitetimizning talaba-yoshlardan tashkil topgan mini-futbol terma jamoasi “Besh tashabbus olimpiadasi”ning talabalarimiz 3-o‘rinni egallashdilar!

🎁Go'lib jamoalarga Yoshlar siyosati va sport boshqarmasi tomonidan diplom va esdalik sovg'alari topshirildi.

📍Eslatib o‘tamiz, “Besh tashabbus olimpiadasi” sport musobaqalarining Respublika bosqichi joriy yilning 2-5 noyabr kunlari Buxoro viloyatida o‘tkaziladi.

🎉G‘ALABA MUBORAK, YUTUQLARIMIZ BARDAVOM BO‘LSIN !!