TATU-Ma'naviyat va ma'rifat bo‘limi | Rasmiy kanal
3.46K subscribers
11.8K photos
970 videos
36 files
1.92K links
Ushbu kanalda siz Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida o'tkazilgan tadbirlar, tanlovlar hamda yangiliklardan xabardor bo'lishingiz mumkin!
Download Telegram
Tyutorlar faoliyatini tashkil etishga doir seminar-trening bo‘lib o‘tmoqda!

🔴Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Vazirlik huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi I.M.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universiteti Toshkent shahridagi filialida tyutorlar faoliyatini tashkil etishga doir dolzarb masalalarga bag‘ishlangan namunaviy seminar-trening tashkil etildi. Ushbu seminarda Respublikamizdagi barcha oliy ta’lim muassasalaridan 2 nafardan tajribali tyutorlar ishtirok etishmoqda.

Namunaviy seminar-treningda ishtirok etayotgan tyutorlar 1 hafta muddatda o‘z ish faoliyatini olib borayotgan oliy ta’lim muassasasidagi boshqa hamkasb tyutorlari uchun kaskad usulida seminarlar tashkil qilishi reja qilingan.

Eslatib o‘tamiz, ayni damda Respublikamizdagi 211 ta oliy ta’lim muassasalarida 3000 dan ortiq tyutorlar faoliyat olib bormoqda.

👉 Rasmiy sahifalarimiz: https://t.iss.one/tatu_talabalar_uchun
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ICTWeek #jonli_efir #digital #TATU

💻Bugun “ICTWEEK Uzbekistan – 2023” AKT haftaligi doirasida “ICT Expo Uzbekistan” – axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ko‘rgazmasining 3-kuni davom etmoqda.

💻 Ushbu “ICT Expo Uzbekistan” ko‘p funksiyali ko‘rgazmada TATU jamoasi ham o'z ishlanmalari bilan ishtirok etmoqda.

✈️https://t.iss.one/tatu_talabalar_uchun
#uchrashuv
#TATU
Muhammad al Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari unversitetining Sun’iy intellekt va Multimedia texnologiyalari kafedralari tomonidan “Teatr ijodkorlari yoshlar davrasida” sevimli va mahoratli aktyorlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Mehmonlarimiz O‘zbekiston xalq artisti Rixsi Ibrohimova, Respublika "Nuroniy" jamg‘armasi vasiylik kengashi a’zosi olima Mukarram Muxitdinova hamda O‘zbekiston xalq artisti Malika Ibrohimovalar bilan qiziqardi davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Universitet professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlarida ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligini taʼminlashda juda katta tasavurotlar qoldirdi.
https://t.iss.one/tatu_talabalar_uchun
#TATU
#futbol
#BizBirJamoamiz
🏟 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining 700 dan ortiq talabalar-yoshlari boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish maqsadida ayni damda, Bunyodkor stadionida boʻlib oʻtayotgan Futbol boʻyicha ayollar oʻtasidagi Parij-2024 Olimpiya oʻyinlari Osiyo mintaqasining 2-saralash bosqichi uchrashuvda terma jamoamizni qo'llab-quvvatlash maqsadida Bunyodkor stadionida o‘yinni jonli tomosha qilmoqdalar.
⚽️Futbolchilarimizni birgalikda qoʻllab-quvvatlaylik!
https://t.iss.one/tatu_talabalar_uchun
#semenar_trening
#psixolog

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida “Oilalarda zo‘ravonlikni oldini olish” mavzusida maxsus semenar bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda TDPU qoshidagi Psixologiya oʻquv-ilmiy markazidan tashrif buyurgan mutaxassis hamda universitet psixologi ishtirok etishdi.

Ayollar hamda bolalar zo‘ravonligiga barham berish, jamiyatda ularning huquq va manfaatlarini yanada mustahkamlash kabi ezgu tashabbuslar ko‘zlangan ushbu semenar-treninglarda mavzuga oid ko‘nikmalar berildi.

t.iss.one/tatu_talabalar_uchun