TATU-Ma'naviyat va ma'rifat bo‘limi | Rasmiy kanal
3.35K subscribers
14.3K photos
1.17K videos
37 files
2.29K links
Ushbu kanalda siz Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida o'tkazilgan tadbirlar, tanlovlar hamda yangiliklardan xabardor bo'lishingiz mumkin!
Download Telegram
#TATU
#futbol
#BizBirJamoamiz

🇺🇿Oʻzbekiston 🆚 🇪🇬 Misr
🏟 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining 700 dan ortiq talabalar-yoshlari U-23 Xalqaro o'rtoqlik uchrashuvida terma jamoamizni qo'llab-quvvatlash maqsadida Bunyodkor stadionida o‘yinni jonli tomosha qilmoqdalar.

⚽️Futbolchilarimizni birgalikda qoʻllab-quvvatlaylik!

https://t.iss.one/tatu_talabalar_uchun
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#delegatsiya
#memorandum

💻 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va Xi'an Jiatong universitetlari o‘rtasida yangi Innovatsion hamda START UP loyihalarni tadbiq etishga mo‘ljallangan "Innovatsion markaz" tashkil etish bo‘yicha bitim imzolandi.

🗒 Bugun, 16-oktyabr kuni dunyoning TOP-300 nufuzli oliy ta’lim muassasasi qatoriga kiruvchi, Xitoy Xalq Respublikasining  yetakchi universitetlaridan biri hisoblangan Xi’an Jiatong universiteti prezidenti Prof.Wang Shuguo boshchiligidagi delegatsiyasi tashrif buyurdi.

Universitet prezidenti boshchiligidagi delegatsiya TATU rahbariyati tomonidan kutib olindi. Mazkur tashrif davomidagi yuqori darajadagi muzokaralar so‘ngida ikki universitet o‘rtasida TATUda "Innovatsion markaz" tashkil etish to‘g‘risida bitim imzolandi.
2024-yil uchun doktorantura va mustaqil izlanuvchilikka hujjat qabul qilish muddati uzaytirildi!

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli topshirig‘i bilan 2024-yil uchun doktorantura va mustaqil izlanuvchilikka hujjat qabul qilish muddatlari joriy yil 10-noyabrga qadar, kirish imtihonlarini tashkil etish 30-noyabrga qadar uzaytirildi.

Ilmiy tadqiqot bilan shug‘ullanuvchilarning xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatlarni olish uchun Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan qo‘shimcha tarzda joriy yilning 21-22-oktabr kunlari imtihon o‘tkaziladi.

2024-yil uchun oliy ta’limdan keyingi ta’limning barcha shakllariga qabul hujjatlari joriy yil 10-noyabriga qadar (shu kun ham kiradi) qabul qilinadi. Kirish imtihonlari esa 30-noyabrga qadar uzaytirilganligini ma’lum qilamiz.

❗️Eslatma: Qabul hujjatlari oliy ta’lim muassasasi va ilmiy tashkilotlari mas’ullari tomonidan qabul qilinadi yoki rad etiladi. Hujjatlar belgilangan qabul muddatiga qadar tashkilotlar tomonidan qabul qilingan bo‘lishi lozim. Qabul muddati yakunlanganidan so‘ng hujjatlarni tahrirlash imkoni mavjud emas.

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
#teatr
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talabalarining bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil qilish maqsadida O'zbekiston Davlat Satira teatri tashrif buyurib “Chig‘iriq” spektaklni tomosha qildilar.
https://t.iss.one/tatu_talabalar_uchun
#TATU
#Tabrik

🤩Bugun O‘zbekiston fanlar akademiyasi akademigi, texnika fanlari doktori, Dasturiy injiniring fakulteti, "Axborot texnologiyalarining dasturiy ta'minoti" kafedrasi professori Mirzayan Mirzaaxmedovich Kamilovning tavallud ayyomlari.

🎁Shu munosabat bilan Universitet nomidan ularga sog'lik-salomatlik va uzoq umr tilaymiz!
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#InnoWeek_2023

📣 “InnoWeek-2023” innovatsion gʻoyalar haftaligi doirasida Xalqaro innovatsion-investitsion forum o‘tkaziladi.

Barcha qiziquvchilarni forumga taklif etamiz.

📆Sana: 2023-yil 17-oktyabr
Soat: 11:00 – 13.00 (Toshkent vaqti)
📍Manzil: Toshkent sh., Olmazor t., Universitet ko‘chasi, 7-uy.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi.
———

В рамках "InnoWeek-2023", недели инновационных инициатив проводиться Форум международных инновационных инвестиций.

Дата: 17 октября 2023 года
Время: с 11:00 до 13:00 (по времени Ташкента)
Адрес: г. Ташкент, район Альмазар, улица Университетская, 7.
———

Within the framework of "InnoWeek-2023", a week of innovative initiatives holding International Innovation and Investment Forum.

Date: October 17, 2023
Time: 11:00 - 13:00 (Tashkent time)
Address: Tashkent city, Almazar district, University street, 7.

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Ayni damda, Iste'dodli yoshlani qo'llab-quvvatlash "Ulug'bek" jamg'armasi tomonidan, jamg'armaning ma'ruzalar zalida O'zbekiston Faylasuflar Milliy jamiyati raisi, falsafa fanlari doktori, professor Nazarov Qiyom Normirzayevichning "Bishkek shahrida bo‘lib o‘tgan MDH davlat rahbarlarining sammiti natijalari" mavzusidagi ma'ruzada Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetidan bo'lim boshliqlari, tyutorlar, yosh- professor o'qituvchilar hamda magistrlar ma'ruzada ishtirok etmoqda.
💻 | Universitetimizning Karyera markazi telegram kanalida IT sohasiga oid bo'lgan qiziqarli savollar viktorinasi bo'lib o'tmoqda

🤓 Savollarga javob bering va o'z bilimlaringizni sinab ko'ring!

🔘 Eng so'nggi vakansiyalar: ❤️ @tatu_karyera_markazi
# TATU_ fuqarolar murojaatlari yuzasidan sayyor qabul
2023-yil 14-oktyabr kuni belgilangan reja asosida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti raxbariyati tomonidan TATU Farg'ona filialida fuqarolar murojaatlari yuzasidan sayyor qabul tashkil etildi. Qabul jarayonida Farg'ona viloyati yoshlarining universitet va uning filiallariga aloqador murojaatlari ko‘rib chiqildi. Murojaatlarning asosiy qismi joyida hal bo'ldi. Qolgan murojaatlar o'rnatilgan tartibda qonuniy hal etish uchun mutasaddi rahbarlar nazoratiga olindi.