TATU-Ma'naviyat va ma'rifat bo‘limi | Rasmiy kanal
3.51K subscribers
11.5K photos
956 videos
36 files
1.89K links
Ushbu kanalda siz Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida o'tkazilgan tadbirlar, tanlovlar hamda yangiliklardan xabardor bo'lishingiz mumkin!
Download Telegram
#TATU
# Zakovat

🏛Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Kiberxavfsizlik fakulteti talaba-yoshlari o'rtasida "Zakovat intellektual" o'yini bo'lin o'tdi.

🔥Tadbirda Kiberxavfsizlik fakultetining barcha kurslari o'rtasida talaba-yoshlarning faolligi bilan qizg'in ko'rinish oldi.

🎖Tadbirda 7 ta jamoa qatnashib, shundan quydagi o'rinlar bilan jamoalar taqdirlandi:
1-o'rin Google jamoasi
2-o'rin Bilimdon jamoasi
3-o'rin Avangard jamoalari g'olib bo'lishdi.

✈️"Besh tashabbus olimpiyadasi" doirasida “Zakovat” intellektual o‘yinlari bo‘lib o‘tmoqda.

⚡️Jamoalar sonining deyarli ikki barobarga ortgani musobaqaga bo‘lgan qiziqish va “Zakovat” o‘yinining talabalar orasida tobora ommalashib borayotganini aks ettiradi.

https://t.iss.one/tatu_talabalar_uchun
#yoshlar_bilan_uchrashuv

❗️Rektor yoshlar muammosiga befarq emas

Muxtaram prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan mazkur g'oya bugungi kunda yoshlarning hayotda o‘z o‘rnini topishi uchun sharoitlar yaratish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida chora-tadbirlar amalga oshirilishiga imkon yaratmoqda.

Rektorimiz va yoshlar o'rtasida tashkil etilgan muloqotlarda yoshlarning taʼlim va tarbiyasiga koʻmaklashish, boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning muammolarini oʻrganish va hal etish, moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlashga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Shu munosabat bilan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori, professor Baxtiyor Shuxratovich Yunusobod tumani Nurmakon MFYda istiqomat qiluvchi bir qator yoshlar uylarida bo'ldilar. Ularning holidan xabar olinib, suhbatlar uyushtirildi hamda esdalik sovg‘alar bilan birgalikda, qiziqishlaridan kelib chiqqan holda zamonaviy rusumdagi noutbuk berildi.
https://t.iss.one/tatu_talabalar_uchun
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ICISCT #live #jonli_efir

🔴Ayni damda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari univeritetida “International Conference on Information Science and Communications Technologies ICISCT 2023, Applications, Trends and Opportunities” nomli xalqaro ilmiy-texnik konferensiyasi boshlanmoqda.


🎓 Barcha olimlar, talabalar, tadqiqotchi va magistrlarni mazkur konferensiyaga taklif etamiz!



🔴В настоящее время в Ташкентском университете информационных технологий имени Мухаммада аль-Хорезми стартует международная научно-техническая конференция “International Conference on Information Science and Communications Technologies ICISCT 2023, Applications, Trends and Opportunities”.

🎓
Приглашаем всех ученых, студентов, исследователей и магистров на эту конференцию!

✈️ https://t.iss.one/tuituz_official
#TATUda_xon_atlas_festivali
#live

💻 Ayni damda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida Milliy qadriyatlarimiz va an'analarimiz timsollarini aholi vakillari, xususan yoshlar o'rtasida keng targ'ib etish, ularda milliy urf-odatlarimizga hurmat hamda vatanparvarlik tuyg'ularini mustahkamlash maqsadida o'tkazilishi rejalashtirilgan "Xon Atlas" festivaliga start berildi.

https://t.iss.one/tatu_talabalar_uchun
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#4yulduzli_Universitet

💻 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti QS reytingida 4 yulduzli universitet sifatida tan olindi

Dunyoning eng nufuzli xalqaro reyting tashkilotlaridan biri hisoblangan QS (Quacquarelli Symonds) tomonidan tashkil qilingan bu yilgi QS Stars audit baholash reytingi natijalariga ko’ra, “Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti” dunyoning TOP Universitetlari ro’yxatida 1000 ballik baholash shkalasida 620 ball to’plab, 4 yulduzli universitet maqomi berildi.

📄Ma'lumot uchun: TATU O'zbekistonda QS Stars dan 4 ta va undan ortiq YULDUZ olgan 4-oliygoh bo'ldi.



💻 Ташкентский университет информационных технологий имени Мухаммада аль-Хорезми признан 4-звездочным вузом в рейтинге QS

По результатам аудиторского рейтинга QS Stars в этом году, организованного QS (Quacquarelli Symonds), одной из самых престижных международных рейтинговых организаций в мире “Ташкентский университет информационных технологий имени Мухаммада аль-Хорезми” получил статус 4-звездочного университета, набрав 620 баллов по 1000-балльной шкале оценок в списке лучших университетов мира.

📄Для информации: ТУИТ стал 4-м вузом в Узбекистане, получившим 4 и более звезд от QS Stars.



💻 Tashkent University of Information Technologies named after Muhammad al-Khwarizmi is recognized as a 4-star university in the QS ranking

According to the results of the QS Stars audit rating this year, organized by QS (Quacquarelli Symonds), one of the most prestigious international rating organizations in the world, the “Tashkent University of Information Technologies named after Muhammad al-Khwarizmi” received the status of a 4-star university, scoring 620 points on a 1000-point rating scale in the list of the best universities of the world.

📄For reference: TUIT became the 4th university in Uzbekistan to receive 4 or more stars from QS Stars.

@tuituz_official
#TATU
#Muzey
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti AKT soxasida Kasb ta’limi fakultet talabalari O‘zbekiston Respublikasi Kurolli Kuchlari Davlat muzeyiga tashrif buyurdilar.
Muzey ekspozitsiyasi Qurolli Kuchlar tarixi, Markaziy Osiyo xalqlari harbiy san’ati, shu bilan birga O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari rivojlanishining hozirgi davrini aks ettiradi.
«Mustaqil O‘zbekistonni qo‘riqlash» ekspozitsiyasida qo‘shin turlari, harbiylar hayoti, ularning jangovar va harbiy-siyosiy tayyorgarligi haqida ma’lumotlar olish mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining shakllanishi va rivojlanishida o‘zining bebaho hissasini qo‘shgan buyuk sarkardalar va qahramonlar haqida tasavvurga ega bo‘lishi ko‘zda tutilgan.
Muzey faoliyati yoshlarni vatanparvarlik tarbiyasini boyitish va yanada yuqori saviyaga ko‘tarish uchun xizmat qiladi. Fakultet talabalari yaxshi taassurotlar bilan qaytishdi.
https://t.iss.one/tatu_talabalar_uchun
#TATU
#Xon_atlas #Milliy_liboslar
#chellenj
Bugun 28-sentyabr — Xon Atlas kuni
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida "Xon atlas" festivali boʻlib oʻtmoqda. Unda universitet professor-oʻqituvchilari hamda talabalari milliy liboslarda ishtirok etishmoqda. Festival doirasida milliy kuy-qoʻshiqlar ijro etilib, milliy odatlarimiz va qadriyatlarimiz namoyish etilmoqda.
https://t.iss.one/tatu_talabalar_uchun