TATU-Ma'naviyat va ma'rifat bo‘limi | Rasmiy kanal
3.46K subscribers
11.8K photos
970 videos
36 files
1.92K links
Ushbu kanalda siz Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida o'tkazilgan tadbirlar, tanlovlar hamda yangiliklardan xabardor bo'lishingiz mumkin!
Download Telegram
#Hakaton #OpenDataChallenge

Joriy yilning 24-26-yanvar kunlari “Yangi Oʻzbekiston” universitetida IT Park tomonidan YeXHTning Oʻzbekistondagi loyihalari koordinatori hamkorligida, Statistika agentligi va Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi koʻmagida “Open Data Challenge” hakatoni boʻlib oʻtdi.

🤔 Hakatonda “Dasturiy injiniring” fakulteti talabasi Mexriddinov Muhammadali Ortiq o‘g‘li “Kidney Guard” loyihasi bilan faol ishtirok etib sertifikat bilan taqdirlandi.

Jamoalarning har biri Davlat sektori, Ijtimoiy sektor, Biznes sektor, Korrupsiyaga qarshi kurashish sektori yo‘nalishlar bo‘yicha o‘z loyihasi ustida ish olib borishdi.

🧠 “Open Data Challenge” – bu ochiq ma’lumotlardan foydalangan holda texnologik yechimlarni ishlab chiqishga bagʻishlangan yillik tanlov. Hakaton fuqarolarning ochiq ma’lumotlardan foydalanishga boʻlgan qiziqishini oshirish va rivojlantirishga qaratilgan.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#TATU #uchrashuv

Universitetda professional ta’
lim muassasalarini metodik jihatdan qo’llab-quvvatlash yuzasidan uchrashuv bo‘lib o’tdi

Joriy yilning 28-yanvar kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Professional ta’limni rivojlantirish instituti mas’ul xodimlari va universitetning Hududiy o’quv muassasalari bo'yicha prorektor Sh.To'rayev ishtirokida Aloqa va axborotlashtirish, telekommunikatsiya texnologiyalari yo’nalishlari o’quv-metodik birlashmasining 2025-yilda ish faoliyatini tashkil etish yuzasidan uchrashuv bo’lib o’tdi.

✍️ Uchrashuvda birlashma yig’ilishida ko’rilishi zarur bo’gan masalalar hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-oktyabrdagi PF-158-son Farmoni asosida yangi tashkil etilayotgan politexnikumlar uchun adabiyotlar yaratish va metodik ularga metodik yordan ko'rsatish yuzasidan fikrlar almashildi.

🗒 Ma'lumot uchun: o'tgan 2024-yilda birlashma raisi sifatida Sh.To'rayev faoliyat yuritgan.

✈️ @tuituz_official
Forwarded from TATU | Rasmiy kanali
#TATU #anjuman #jarayon

💻 Joriy yilning 28-yanvar kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida “Oliy ta’limni raqamli transformatsiyasi: tadqiqotlar, muammolar va yechimlar” nomli xalqaro ilmiy-uslubiy anjumani bo‘lib o‘tdi.

Mazkur anjuman oliy ta’lim muassasalari o‘quv jarayonida innovatsion ta’lim va raqamli texnologiyalarini tatbiq etish, ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘zlashtirish, o‘qitishning innovatsion shakl va metodlari, raqamli texnologiyalarni amaliyotga keng joriy etish kabi masalalarga bag‘ishlandi.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM