TATU-Ma'naviyat va ma'rifat bo‘limi | Rasmiy kanal
3.4K subscribers
12.1K photos
997 videos
36 files
1.98K links
Ushbu kanalda siz Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida o'tkazilgan tadbirlar, tanlovlar hamda yangiliklardan xabardor bo'lishingiz mumkin!
Download Telegram
#eslatma

📌 O‘qishini qayta tiklamoqchi bo‘lganlar uchun ESLATMA!

Talabalar o‘qishini bahorgi semestrga qayta tiklash bo‘yicha ariza topshirish – 20-dekabrdan 20-yanvarga qadar davom
etadi.

Arizalar 21-yanvardan 31-yanvargacha ko‘rib chiqiladi va tegishli qaror qabul qilinadi.

❗️O‘qishga qayta tiklash to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

Quyidagilar o‘qishga davlat granti asosida qayta tiklanishi mumkin:

boquvchisini yo’qotganlar, I va II guruh nogironligi bo‘lganlar;
muddatli harbiy xizmatni o‘tagan (zaxiraga bo‘shaganidan 3 yilda) akademik ta’tildan belgilangan muddatda qaytganlar;
davlat buyurtmasi bilan xorijga o‘qishga yuborilgan va belgilangan muddatda qaytganlar.

✈️@tuituz_official
#OsiyoKubogi2025

👟2025-yil 13-19-yanvar kunlari Toshkent shahrida joylashgan “Yunusobod” sport majmuasida Osiyo futbol konfederatsiyasining ayollar milliy terma jamoalari oʻrtasida futzal boʻyicha Osiyo Kubogi saralash bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.

👏Ayni damda, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talaba-yoshlari tomonidan Oʻzbekiston ayollar milliy terma jamoasi munosib qo‘llab-quvvatlanmoqda!!!

👉O‘zbekiston o‘z ishtirokini Filippinga qarshi o‘yin bilan boshladi.

Olg‘a, O‘zbekiston!!!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#seminar #Qalqon

💻Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida “Qalqon” jamoatchilik guruhi a’zolariga maxsus psixologik oʼquv- seminar tashkil etildi.

🤔Seminar davomida ishtirokchilarga "Qalqon" guruhining faoliyati, xavfsizlikni ta'minlashda jamoatchilikning o‘rni va muhim vazifalari haqida batafsil ma'lumotlar berildi.

✍️Shuningdek, yo‘l harakati xavfsizligini ta'minlash, piyodalar o‘tish yo‘lagi va boshqa ijtimoiy xavfsizlik masalalari bo‘yicha amaliy tavsiyalar taqdim etildi.

Universitetda o‘tkazilgan ushbu o‘quv seminar yoshlarni jamiyatda tartibni saqlashda faollik ko‘rsatishga undaydi.

Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tabrik

🎉 "O'zbek va rus tillari" kafedrasi jamoasidan Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bayram tabrigi

✈️@tuituz_official
#VatanHimoyachilariKuni
#ЗащитникиОтечества

🇺🇿 Bayramingiz muborak, Aziz Vatan himoyachilari!

🇺🇿Bugun, 14-yanvar Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 33 yilligi va Vatan himoyachilari kuni!

Barchangizga mustahkam sog‘liq, oilalaringizga baxtu-saodat, Vatanni himoya qilishdek olijanob faoliyatingizda kuch-g‘ayrat va yutuqlar tilaymiz.



С праздником, дорогие защитники Отечества!

🇺🇿Сегодня, 14 января, отмечается 33-я годовщина образования Вооруженных Сил Республики Узбекистан и День защитников Родины!

Желаем всем крепкого здоровья, счастья семьям, энергии и успехов в благородной деятельности по защите Родины.
#Vatan_himoyachilari_kuni

“Yangi O‘zbekiston armiyasi-mamlakat tayanchi, xalqimiz faxri!” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

⚡️ Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talabalari o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni bayrami munosabati bilan yurtimiz bo‘ylab "Yangi O‘zbekiston armiyasi — mamlakat tayanchi, xalqimiz faxri!" shiori ostida harbiy-vatanparvarlik tadbirlari o‘tkazib kelinmoqda.
🔹 Universitetning talaba-yoshlari fakultet tyutorlari boshchiligida poytaxtimizda joylashgan G‘alaba bog‘i yodgorlik majmuasiga, “G‘ALABA ORDENI” favvorasi, “G‘ALABA” monumenti, “MANGU JASORAT” monumentlariga tashrif buyurishdi va tomosha qilishdilar. Tomosha maydonidan majmuaning to‘liq ko‘rinishidan baxramand bo‘lishdi. O‘tkazilayotgan bu kabi ekskursiyalar talaba-yoshlar qalbida Vatanparvarlik xissini yanada yuksalishiga xizmat qilmoqda.