TATU-Ma'naviyat va ma'rifat bo‘limi | Rasmiy kanal
3.4K subscribers
12.2K photos
997 videos
36 files
1.98K links
Ushbu kanalda siz Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida o'tkazilgan tadbirlar, tanlovlar hamda yangiliklardan xabardor bo'lishingiz mumkin!
Download Telegram
#TUIT_FamilyDay #OilaKuni

TATUda “Oila kuni” (TUIT Family Day) tadbiri – bolajonlarimiz uchun unutilmas taassurotlarga boy kun bo'ldi!

👨‍👩‍👧‍👦 Bugun, 11-yanvar kuni universitetimizda ilk bor tashkil etilgan “Oila kuni” tadbiri bolajonlar va ularning ota-onalari uchun haqiqatan ham esda qolarli bo‘ldi.

🎉 Tadbirda 100 ga yaqin bolajonlar universitetimizga tashrif buyurib, o‘z ota-onalarining ish joylari bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Ekskursiya davomida ular universitetning innovatsion muhitini, robototexnika va IT mahsulotlari ko‘rgazmasini ko‘rib, hayrat va qiziqish bilan taassurot olishdi.

🟡 Tadbirning ko‘ngilochar qismi ham bolajonlar uchun katta quvonch bag‘ishladi. “Oila kuni” bolajonlarning ota-onalari faoliyatiga nisbatan hurmat va qiziqishini oshirish, shuningdek, ularning IT sohasi va innovatsiyalar bilan yaqindan tanishishlariga xizmat qildi.

Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#TATU
#Yoshlar_yetakchilari

💻Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetidagi Yoshlar Kengashi koordinatorlarining yarim yillik hisoboti tinglandi.

🤔 Universitetda faoliyat olib borayotgan Yoshlar Kengashi koordinatorlarining yarim yil davomida o'zlari mas'ul bo'lgan yo'nalishlarida amalga oshirilgan ishlar bo'yicha hisoboti ko'rildi.

✍️Yig'ilish yakunida tizimdagi kamchiliklar ustida ishlash va kelgusida amalga oshiriladigan ishlar bo'yicha kelishib olindi.

Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#eslatma

📌 O‘qishini qayta tiklamoqchi bo‘lganlar uchun ESLATMA!

Talabalar o‘qishini bahorgi semestrga qayta tiklash bo‘yicha ariza topshirish – 20-dekabrdan 20-yanvarga qadar davom
etadi.

Arizalar 21-yanvardan 31-yanvargacha ko‘rib chiqiladi va tegishli qaror qabul qilinadi.

❗️O‘qishga qayta tiklash to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

Quyidagilar o‘qishga davlat granti asosida qayta tiklanishi mumkin:

boquvchisini yo’qotganlar, I va II guruh nogironligi bo‘lganlar;
muddatli harbiy xizmatni o‘tagan (zaxiraga bo‘shaganidan 3 yilda) akademik ta’tildan belgilangan muddatda qaytganlar;
davlat buyurtmasi bilan xorijga o‘qishga yuborilgan va belgilangan muddatda qaytganlar.

✈️@tuituz_official
#OsiyoKubogi2025

👟2025-yil 13-19-yanvar kunlari Toshkent shahrida joylashgan “Yunusobod” sport majmuasida Osiyo futbol konfederatsiyasining ayollar milliy terma jamoalari oʻrtasida futzal boʻyicha Osiyo Kubogi saralash bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.

👏Ayni damda, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talaba-yoshlari tomonidan Oʻzbekiston ayollar milliy terma jamoasi munosib qo‘llab-quvvatlanmoqda!!!

👉O‘zbekiston o‘z ishtirokini Filippinga qarshi o‘yin bilan boshladi.

Olg‘a, O‘zbekiston!!!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#seminar #Qalqon

💻Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida “Qalqon” jamoatchilik guruhi a’zolariga maxsus psixologik oʼquv- seminar tashkil etildi.

🤔Seminar davomida ishtirokchilarga "Qalqon" guruhining faoliyati, xavfsizlikni ta'minlashda jamoatchilikning o‘rni va muhim vazifalari haqida batafsil ma'lumotlar berildi.

✍️Shuningdek, yo‘l harakati xavfsizligini ta'minlash, piyodalar o‘tish yo‘lagi va boshqa ijtimoiy xavfsizlik masalalari bo‘yicha amaliy tavsiyalar taqdim etildi.

Universitetda o‘tkazilgan ushbu o‘quv seminar yoshlarni jamiyatda tartibni saqlashda faollik ko‘rsatishga undaydi.

Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM