TATU-Ma'naviyat va ma'rifat bo‘limi | Rasmiy kanal
3.25K subscribers
14.7K photos
1.18K videos
37 files
2.36K links
Ushbu kanalda siz Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida o'tkazilgan tadbirlar, tanlovlar hamda yangiliklardan xabardor bo'lishingiz mumkin!
Download Telegram
#Jaholatga_qarshi_marifat
#Davra_suhbati

👍 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari unversitetida "Jaholatga qarshi ma’rifat" g‘oyasi asosida targ'ibot tadbiri tashkil etildi.

Talaba qizlar o‘rtasida sog‘lom dunyoqarash va sog‘lom e’tiqodni shakllantirish, ularni dunyoqarashida g‘oyaviy, mafkuraviy bo‘shliq paydo bo‘lishining oldini olish maqsadida tashkil etildi. Shuningdek, uchrashuvda, bugungi kunda jahon miqyosida bo‘layotgan turli hunrezliklar, ekstremizm, terrorizm va ularning salbiy oqibatlari, qolaversa xalqimiz, xususan yoshlarimiz ongida mafkuraviy xurujlarga qarshi g‘oyaviy immunitetni shakllantirish borasida atroflicha maʼlumotlar berib oʻtildi.

🤔 Tadbirda Universitet rahbariyati, O‘zbekiston Respublikasi IIB mas'ul xodimlari, O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita bo‘lim boshlig‘i f.f.d. dotsent Axmedova Iroda Shaxidbekovna va Xotin qizlar bo‘limi bosh mutaxassisi Rustamova Feruza Muxiddinovnalar ishtirok etdilar."Jaholatga qarshi ma’rifat" g‘oyasi asosida “IQROR” videofilmi namoyish etildi.

Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#TaqdirlashMarosimi

👉 Bugun, 2-dekabr kuni TATUda Huawei ICT Competition 2024-2025 AKT tanlovi milliy final bosqichi finalchilarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. O'zbekistonning 4 nafar OTMlari, jumladan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Toshkent shahridagi Inha universiteti, Turin politexnika universiteti va Toshkent kimyo-texnologiya institutidan jami 9 nafar talaba Networking, Cloud, Computing yo'nalishlarida tanlov finalchisi bo‘ldi, quvonarlisi mazkur 5 nafari TATU talabalari hisoblanadi.

📝 Taqdirlash marosimida vazirlik hamda univeristet vakillari ishtirok etib, o‘z nutqlari bilan finalchilarni tabriklagan holda Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo mamlakatlari tanlovining mintaqaviy bosqichidagi ishtiroklarida omad tilab qoldi.

😇 G'oliblarga esa Huawei kompaniyasi tomonidan maxsus sertifikat hamda qimmatbaho sovg'alar topshirildi.

✈️@tuituz_official
#tashrif #Xitoy

🇨🇳 Kuni kecha TATUga Xitoyning nufuzli “Xinyada” IT kompaniyasi bosh direktori Zeng Botao boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.

🔴 Tashrif davomida universitetdagi ilmiy-o‘quv laboratoriyalari, sanoat-akademiya markazlari va Xitoyning ZTE hamda Huawei kompaniyalari tomonidan tashkil etilgan laboratoriyalar bilan yaqindan tanishtirildi. Tashkil etilgan uchrashuv davomida universitet va kompaniya o‘rtasida professional taʼlim standartlari va oʻquv dasturlarini ishlab chiqish, Xitoyning yetakchi universitetlari bilan 3 tomonlama qo’shma dasturni yo’lga qo’yish orqali professional kadrlarni tayyorlash masalalari muhokama etildi. TATU va “Xinyada” kompaniyasi o‘rtasida dastlabki hamkorlik aloqalarini yo’lga qo’yish maqsadida Anglashuv memorandumi imzolashga kelishib olindi.

☑️Ma’lumot uchun:
“Xinyada” kompaniyasi BYD va Xiaomi gigant kompaniyalarining ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish va tashkil etishda qatnashgan axborot texnologiyalari hamda kommunikatsiyalari sohasidagi yetakchi IT kompaniya hisoblanadi.

✈️@tuituz_official
#TATU
#Mening_konstitutsiyam
#Konstitutsiyamiz_32_yoshda

💻 Muhammad al Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari unversiteti Konstitutsiyaning 32-yilligi munosabati bilan tyutorlar va talabalar o'rtasida “Konstitutsiya – erkin va farovon hayot garovi!” shiori ostidagi chellenjlar o‘tkazilmoqda.


⚖️ O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yaratilish tarixi, uning mazmuni, mohiyati, ahamiyati hamda konstitutsiya – xalqchil davlat, barqaror taraqqiyot va farovon hayot asosi ekanligi to‘g‘risida fikr yuritildi.

Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM