TATU-Ma'naviyat va ma'rifat bo‘limi | Rasmiy kanal
3.45K subscribers
11.8K photos
970 videos
36 files
1.93K links
Ushbu kanalda siz Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida o'tkazilgan tadbirlar, tanlovlar hamda yangiliklardan xabardor bo'lishingiz mumkin!
Download Telegram
#TATU
#Talabalar_ligasi

👨‍💻 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti "Talabalar ligasi” sport musobaqalari davom etmoqda.

⚡️Talaba -yoshlarni vaqtini mazmunli tashkil etish, sogʻlom turmush tarziga rioya qilishini taʼminlash, sportga keng jalb etish maqsadida “Talabalar ligasi” doirasida sportning minifutbol va shaxmat turlari bo‘yicha musobaqalar davom etmoqda.

Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#TATU

👨‍💻 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida "Ajdodlarga munosib avlod bo‘laylik" mavzusida she'rxonlik tanlovi o‘tkazildi.

⭐️Talaba-yoshlar tanlovda o‘z she'riy ijodlarini namoyish etib, she'rlarida ajdodlarimizning boy merosi, milliy qadriyatlar va an'analarimizni madh etdilar. Tanlov 3 ta shart bo‘yicha o‘tkazildi.
Tanlovda ushbu talabalar faxrli o‘rinlarni egalladilar:
🥇1-o'rin Rustamqulova Madina
🥈2-o'rin Mamasharipov Ozodbek
🥉3-o'rin Abjalolov Mavlon

Tanlovning maqsadi — yoshlarni ijodga, o‘z yurtini sevishga, milliy qadriyatlar va an'analarimizni hurmat qilishga undashdir. Bu kabi tadbirlar yoshlarni ma'naviyatli, bilimdon va vatanparvar avlod sifatida tarbiyalashda muhim o‘rin tutadi.

Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#xushxabar #QS_Asia

QS STARdan 4⭐️ga ega TATUning QS Osiyo universitetlari reytingidagi o'rni 110 pog'onaga ko'tarildi

Bugun, 6-noyabr kuni, nufuzli xalqaro QS reyting tashkiloti Osiyo Universitetlarining 2025-yil uchun (QS Asia University Rankings - 2025) reyting natijalarini e’lon qildi. Unda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti yuqori natija ko‘rsatib, mintaqadagi yetakchi universitetlardan biriga aylandi.

Natijalarga ko‘ra, TATU Osiyo mintaqasida o'tgan yilgi 651-700 o'rnini yangilab, 541-o‘rinni, Markaziy Osiyo OTMlari orasida esa 34-o‘rinni egalladi.

Yangi reyting natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston o‘z pozitsiyasini sezilarli darajada yaxshilagan Osiyo davlatlaridan biriga aylandi.

✈️@taturektori
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#MiniFutbol

Farg‘ona shahridagi "Samo" sport majmuasida yana bir nufuzli bellashuvga start berildi.

⚡️Raqamli texnologiyalar vazirligi tizimiga kiruvchi aksiyadorlik jamiyati, kompaniya, korxona, tashkilot va muassasalar xodimlaridan tuzilgan terma jamoalar o‘rtasida mini futbol bo‘yicha 2024-yil ko‘chma kubogi uchun o‘tkazilayotgan respublika musobaqasida mamlakatimizning turli viloyatlaridan kelgan futbolsevarlar ishtirok etishmoqda.

Vazirligimiz, Kasaba uyushmalari va tegishli tashkilotlar tomonidan qilingan katta tayyorgarlik ishlari bellashuvni yuqori saviyada o‘tishini taʼminlamoqda. Musobaqa joriy yilning 9-noyabr kuniga qadar davom etadi.

✈️@tuituz_official
#TATU

👨‍💻 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti mas'ul xodimlari ijara xonadonlarida yashovchi talabalar holidan xabar olindi.

Mas'ul xodimlar tomonidan talaba-yoshlarning yashash sharoitlari o‘rganildi.Talabalarning ijtimoiy holatlari va turar-joy sharoitlari ko‘zdan kechirildi.Tashrif davomida tabiiy gaz va elektr energiyasidan foydalanish jarayonida texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilinishi ko‘zdan kechirilib talabalar bilan suhbat o‘tkazildi.

Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM