TATU-Ma'naviyat va ma'rifat bo‘limi | Rasmiy kanal
3.45K subscribers
11.8K photos
972 videos
36 files
1.93K links
Ushbu kanalda siz Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida o'tkazilgan tadbirlar, tanlovlar hamda yangiliklardan xabardor bo'lishingiz mumkin!
Download Telegram
🏛 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talabalari ishtirokida Atoqli o'zbek yozuvchisi, dramaturgi Said Ahmad va shoira Saida Zunnunova hayoti va ijodiga bag‘ishlab ma’naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi.

🔹Tadbirda ustozlar tomonidan adiblarning mashaqqatli, lekin sharafli hayot yoʻlini, o‘zbek milliy adabiyotiga qo‘shgan ulkan hissalarini, millatimiz ravnaqi yo‘lida qilgan fidokorona xizmatlarini yoshlarga tanishtirib ularga ibrat sifatida targʻib qilindi. Mazkur tadbir doirasida talabalar ularning hayoti va ijodi haqida professor-o'qituvchilar ma'ruzalari orqali to'liq ma'lumotlar olishdi.

⚡️Talaba-yoshlar Adiblar xiyobonida o‘tkazilgan tadbirlarda faol ishtirok etish bilan bir qatorda, o‘zgacha qiyofada qad rostlagan Milliy bog‘ bo‘ylab sayr qilish, o‘zlari uchun ma’naviy hordiq chiqarish imkoniga ham ega bo‘ldilar.

https://t.iss.one/tatu_talabalar_uchun
#Mohirqizlar
#jarayon
# to'garak

Universitet tyutorlari boshchiligida Talaba qizlarning qobiliyatlarini yuzaga chiqarish hamda ularning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida 1-son talabalar turar joyida Pazanda qizlarimiz tomonidan mazali taom va salatlarni tayyorlash bo‘yicha to‘garaklar tashkil etildi. Taom tayyorlashda kerakli maslahatlar berib borildi.

https://t.iss.one/tatu_talabalar_uchun
#TATU
#JADIDLAR

🏛Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talabalari “Jadidlar Turkistonga maktublar” nomli tadbirda ishtirok etishdi.

⚡️Ushbu tadbirda talaba-yoshlar Jadid bobolarimizning mashaqattli hayot yo'llari va vatanga bo'lgan muhabbati haqida video rolik orqali yaqindan tanishdilar.


https://t.iss.one/tatu_talabalar_uchun