TATU-Ma'naviyat va ma'rifat bo‘limi | Rasmiy kanal
3.4K subscribers
12.2K photos
997 videos
36 files
1.98K links
Ushbu kanalda siz Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida o'tkazilgan tadbirlar, tanlovlar hamda yangiliklardan xabardor bo'lishingiz mumkin!
Download Telegram
#TATU

🏛 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti AKT sohasida iqtisodiyot va menejment fakulteti dekani, dekan o‘rinbosari, tyutorlari tomonidan ijara xonadonlarida yashovchi talabalar holidan xabar olindi.

🏘 Xonadonlarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi, talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, gaz va elektr ta'minotlari o'rganildi. Talabalarga oʻzlari istiqomat qilayotgan xonadonlarda yongʻin xavfsizligi qoidalariga rioya etishlari to‘g‘risida kerakli koʻnikmalar va tushunchalar berildi.

https://t.iss.one/tatu_talabalar_uchun
#TATU
#TTJ
#Mohir qo'llar

🏛 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti TTJ-1da "Mohir qo'llar" loyihasi doirasida talaba qizlarimizning bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazish uchun bichish-tikish ishlari va "Milliy matolardan milliy zamonaviy liboslar yaratish" mavzusida tadbir tashkil qilindi.
⚡️Tadbirdan asosiy ko'zlangan maqsad talaba-qizlarimizning bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazishga va bir maqsad sari birlashtirishga qaratilgan.
🔥 Tadbir talaba-qizlar tomonidan koʻtarinki kayfiyatda olib borildi.

https://t.iss.one/tatu_talabalar_uchun
🏛 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Telekommunikatsiya texnologiyalari fakulteti talaba yoshlari oʼrtasida "Zakovat intellektual" o'yini o‘tkazildi.

Tashkil qilingan “Zakovat” intellektual o‘yinida 6 ta jamoa 2 turda g‘oliblik uchun bellashishdi.

🏆 O‘yin natijasiga ko‘ra quyidagi jamoalar faxrli o‘rinlarni egallashdi:
🥇 1-o‘rinni “Beruniy” jamoasi; 
🥈 2-o‘rinni “Shovvozlar” jamoasi;
🥉 3-o‘rinni “Everest” jamoasi.

G'olib bo'lgan jamoalarga estalik sovg'alar va sertifikatlar topshirildi.

https://t.iss.one/tatu_talabalar_uchun
#TATU
#Kitobxon_talaba
#Muhammad_Yusuf

🏛 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti  “KITOBXON TALABA” loyihasi doirasida Muhammad Yusufning "Sayalanma" si asosida mushoira va muhokamasiga bag‘ishlangan tadbir bo’lib o’tdi.

⚡️Tadbir talaba-yoshlarning dunyo qarashini kengayishida kitobxonlikning o’rni haqidagi ma’ruza bilan boshlandi hamda Muhammad Yusufning har bir she’rida milliy ruh, xalqona falsafa, boy va betakror tilimiz jilolari, shuningdek, o‘zbek xalqining yuksak insoniy fazilatlari mujassamligiga alohida e'tibor qaratildi.

🔹So’zga chiqqanlar kitobxonlikning va she'riyatning yoshlar ma’naviy kamoloti hamda barkamol shaxs bo’lib yetishishidagi ahamiyati haqida so’z yuritdilar.Tadbir talaba yoshlarning kitob o‘qishga bo'lgan ishtiyoqini yanada oshirdi.

https://t.iss.one/tatu_talabalar_uchun