TATU-Ma'naviyat va ma'rifat bo‘limi | Rasmiy kanal
3.41K subscribers
12.1K photos
995 videos
36 files
1.97K links
Ushbu kanalda siz Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida o'tkazilgan tadbirlar, tanlovlar hamda yangiliklardan xabardor bo'lishingiz mumkin!
Download Telegram
#Adiblar_xiyoboniga_tashrif

🏛 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Televizion texnologiyalari fakulteti jamoasi ishtirokida "Atoqli o'zbek yozuvchisi, dramaturgi Said Ahmad va shoira Saida Zunnunovalar"ning hayoti va ijodiga bag‘ishlab ma’naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirda ustozlar tomonidan adiblarning mashaqqatli lekin sharafli hayot yoʻlini, o‘zbek milliy adabiyotiga qo‘shgan ulkan hissalarini, millatimiz ravnaqi yo‘lida qilgan fidokorona xizmatlarini yoshlarga tanishtirib ularga ibrat sifatida targʻib qilindi.

🔊 Mazkur tadbir doirasida talabalar adib va adibalarning hayoti va ijodi haqida professor-o'qituvchilar ma'ruzalari orqali to'liq ma'lumotlar olishdi.

👉@tatu_talabalar_uchun👈
#TATU
#Giyohvandlik
#Huquqbuzarlik
#Yoshlar
🏛 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Axborot va murabbiylik soatlari doirasida "Yoshlarning ma'naviy ahloqiy holatiga salbiy ta'sir ko‘rsatuvchi Huquqbuzarlik, Giyohvandlik, Ahloqsizlik kabi muammolarni bartaraf etish"ga qaratilgan seminar bo‘lib o‘tdi.

Seminarda yoshlarning ma'naviy va ahloqiy holatini yaxshilash, salbiy ta'sirlar bilan kurashish bo‘yicha mutaxassislar, ustozlar va talabalar fikr almashdilar. Talabalarimiz muammolarni hal etishning zamonaviy usullari va yoshlar o‘rtasida ma'naviyatni oshirish yo‘llari haqida kengroq ma'lumotga ega bo‘ldilar.

👍Bundan koʻzlangan asosiy maqsad talaba-yoshlar orasida jinoyatchilik va huqubuzarliklarni oldini olish hamda uning salbiy oqibatlarini talabalarga yetkazishga qaratilgan.

https://t.iss.one/tatu_talabalar_uchun
#QVZ

DiqqatDiqqat!Diqqat

🏛 Universitetimizning hurmatli talabalari❗️

2024-yilning 24-sentyabr kuni soat 15:00da, Toshkent shahri Olmazor tumanining Yoshlar ittifoqi saroyida “Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik-tanlovi YUBILEY mavsumining saralash bosqichi festivali bo‘lib o‘tadi.

💻 Universitetimizning “STATUS” jamoasi ushbu bellashuvlarda qatnashishga buyurtma bergan va 24-sentyabr kuni ishtirok etadi.

👥 Jamoamizni qo‘llab-quvvatlash uchun barchangizni taklif etamiz.

Kirish bepul
📌 Mo‘ljal: Beruniy metrosi, Milliy universitet yonida.


✈️@tuituz_official
🟥🟥🟥 🟦🟦🟦

🎓 Hurmatli, Universitetimizning 2-3 bosqich talabalari!

📆 Joriy yilning 24-sentyabr kuni soat 10:00da 💳 Yagona umumrespublika protsessing markazi-UZCARD korxonasi va 💻 TATU | Karyera markazi hamkorligida «UZCARD AVLOD» dasturi doirasida maxsus uchrashuv tashkil etiladi.

🗣 Ushbu uchrashuvda siz, UZCARD kompaniyasining 20 yillik yubileyi munosabati bilan tashkil etilayotgan «UZCARD AVLOD» dasturi haqida batafsil ma'lumot olasiz. Eng qiziq tomoni shundaki, dastur doirasida 10 nafar iqtidorli talabaga kontrakt to‘lovlari to‘lab berilishi, shu bilan birga, pullik stajirovka imkoniyatlari to'g'risida batafsil ma'lumot olish imkoniyatiga ega bo'lasiz.

💼 Shuningdek, korxonaning yetuk mutaxassislaridan o'zingizni qiziqtirgan barcha savollarga javob olishingiz mumkin.

📣 Ma'ruzachilar:

➡️ Velichko Stanislav- Kadrlar tayyorlash va rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i;
➡️ Azizova Dinara - Marketing va reklama bo'yicha menejer
;
➡️ Kulmatova Kamila -Kadrlarni jalb qilish va rivojlantirish bo'yicha menejer
;
➡️ Bekmurodova Zuhra - HR biznes hamkori.

🤩 Tadbirda ishtirok eting va imkoniyatni qo‘ldan boy bermang❗️

🏢Tadbir o‘tkazish joyi:
📆 24-sentyabr, soat 10:00
📍 TATU, Faollar zali



Bizni kuzatishda davom eting!

🔘 Eng so'nggi vakansiyalar: ❤️ @tatu_karyera_markazi
#TTJ
#QIZLAR

Bugun talaba-qizlarning TTJda mavjud imkoniyatlardan to‘g‘ri foydalanishlari, xonalarda tozalik, sog‘lom turmush tarzi, shaxsiy gigiyena qoidalariga qat’iy rioya qilish, muomala madaniyati masalalari  talaba-qizlarning tarbiyasi va sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan har qanday noxush holatdan saqlanish masalalari yuzasidan ochiq muloqat olib borildi!

https://t.iss.one/tatu_talabalar_uchun
Forwarded from TATU | Rasmiy kanali
#stop_korrupsiya

👑 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida #stop_korrupsiya chellenji bo’lib o’tmoqda.

🔐 Ushbu chellenjdan maqsad talaba-yoshlarning korrupsiya bo'yicha bilimlarini yanada oshirish, korrupsion jarayonlar va ularning ishtirokchisiga aylanib qolishi kabi nohush holatlarning oldini olish, universitet xodimlari va talaba-yoshlar orasida korrupsiyaga nisbatan toqatsiz munosabatni shakllantirish, oliy ta’lim sohasini korrupsiyasiz sohaga aylantirishdan iborat.

Hurmatli xodimlar va talaba-yoshlar korrupsiyaga qarshi o’tkazilayotgan chellenjda faol ishtirok eting!

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kinotavsiya

Qoʻrgʻoshin“ – o’tmishdagi fojiamiz, og‘riqlarimiz, o‘zimizniki bo‘lmagan taqdirimiz haqidagi film.

Kino qatagʻon qilingan adib va olimlarimizga bagʻishlangan bo‘lib, mahoratli oʻzbek rejissori Zulfiqor Musoqov tomonidan suratga olingan.

Ushbu filmdagi asosiy voqea-hodisalar 1952-1953-yillardagi kuz va qish oylariga toʻgʻri keladi. Film qahramonlari – o’sha zamonda davlat xavfsizligining eng yuqori pogʻonalarida xizmat vazifasini bajaruvchi ikki jangchi doʻst bo‘lib, „Qoʻrgʻoshin“ – ulardan birining laqabi.

https://youtu.be/pN25miPYJe4?si=v6IItwzMc9KUvM3R
📣📣📣 DIQQAT DIQQAT

🇰🇷Janubiy Koreaning Konkuk universitetida tadqiqot olib borayotgan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari univeristeti doktoranti (DSc) Buriboyev Abror Shavkatovichning "Research positions and publications: Internship, Postdoc, Researcher, and publishing methods" mavzusida onlayn-seminari bo'lib o'tadi.
📆 Seminar sanasi - 2️⃣0️⃣2️⃣4️⃣-yil 2️⃣6️⃣-sentabr,
1️⃣5️⃣-0️⃣0️⃣da

Onlayn-seminarga quyidagi havola orqali qo'shilishingiz mumkin:
TUIT 1955 приглашает вас на запланированную конференцию: Zoom.

Тема: Research positions and publications: Internship, Postdoc, Researcher, and publishing methods

Время: 26 сент. 2024 03:00 PM Исламабад, Карачи, Ташкент

Войти Zoom Конференция
https://us06web.zoom.us/j/85421622753?pwd=DNb3YlfiDdBAriJfXsbVor6JcKypRj.1

Идентификатор конференции: 854 2162 2753
Код доступа: 364586

TATU Ilmiy bo‘lim