TATU-Ma'naviyat va ma'rifat bo‘limi | Rasmiy kanal
3.44K subscribers
11.9K photos
982 videos
36 files
1.94K links
Ushbu kanalda siz Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida o'tkazilgan tadbirlar, tanlovlar hamda yangiliklardan xabardor bo'lishingiz mumkin!
Download Telegram
#ARM #ochilish_marosimi

🖼 TATUda tashkil etilgan eng zamonaviy ARMning ochilish marosimidan fotolavhalar.

✈️@tuituz_official
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#uchrashuv #rektor

👥 Rektor va yoshlar uchrashuvi bo'lib o'tdi
.

💬 19-20-sentyabr kunlari Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida rektor boshchiligida universitet rahbariyati, bo’lim boshliqlari, ma’sullar va “Iqtisodiyot va menejment”, “Radio va mobil aloqa”, “AKT sohasida kasb ta’limi”, “Telekommunikatsiya texnologiyalari” hamda “Kompyuter injiniring” fakultetlari 2-bosqich talabalari ishtirokida ochiq muloqot bo'lib o'tdi.

🇺🇿 Uchrashuvda dastavval, Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori D. Yaxshibayev, Karyera markazi rahbari J. Maxmudov, "Kompleans nazorati" tizimini boshqarish boʻlimi boshligʻi M.Umurzoqov, Xalqaro hamkorlik, xalqaro reytinglar va strategik rivojlantirish bo‘limi boshlig’i I.Yusupovlar ishtirokida taqdimotlar qilindi hamda universitetda so’nggi 3 yil davomida erishgan yutuqlar va ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar to’g’risida videorolik namoyish etildi. Uchrashuv yakunida esa talabalar o’zlarini qiziqtirgan barcha savollariga javob oldilar.

Ochiq muloqot tarzida tashkillashtiriladigan ushbu uchrashuvda rektor talabalarning muammo va masalalar yuzasidan erkin fikrlari, taklif va tashabbuslarini tingladi. Bu borada ularga qancha yordam, ko'mak zarur bo'lsa, qo'llab-quvvatlashga doim tayyor ekanligini bildirdi.

✈️@tuituz_official
#TATU
#Kino_kunlari
#Bolalik_sinovlari

🏛Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida talabalarimiz uchun "Bolalik sinovlari" mavzusida kinofilm namoyish etildi.

🎬Ushbu film o'zini anglash: "Bolalik sinovlari" yoshlarni o'zligini tanish va o'z qobiliyatlarini baholashda yordam beradi. O'ziga ishonchni oshirish, shaxsiy rivojlanish hamda hayotda duch keladigan qiyinchiliklar va ularni yengish yo'llarini ko'rsatadi. Bu, yoshlarning kurashish va ijobiy natijalarga erishishiga turtki beradi.

Ushbu film namoyishi bizning yosh avlodimiz uchun nafaqat ko'ngilochar, balki ta'lim beruvchi tajriba bo'ldi.

👉
https://t.iss.one/tatu_talabalar_uchun👈
#e’lon

📣DIQQAT E’LON

“YILNING ENG FAOL TALABASI” RESPUBLIKA KO'RIK TANLOVINING FAKULTET BOSQICHIGA START BERILDI


➡️Birinchi tur - har bir fakultet (kesimi)da o‘tkaziladi;
➡️Ikkinchi tur - universitet miqyosida, fakultetlar kesimida g‘olib bo‘lgan ishtirokchilar o‘rtasida o‘tkaziladi;

Tanlov quyidagi nominatsiyalar boyicha otkaziladi:

"Yilning o'z mutaxassisligi bo'yicha eng bilimdon talabasi";
"Yilning eng faol targ'ibotchi talabasi";
"Yilning eng faol ixtirochi-innovator talabasi";
"Yilning eng faol sportchi talabasi";
"Yilning eng faol iqtidorli talabasi";
"Yilning eng faol ijodkor talabasi";
"Yilning eng faol tadbirkor talabasi" .

G’olib boʻlgan talaba-yoshlar universitet bosqichiga yo‘llanma beriladi!

Mazkur tanlovda oldingi yillarda ishtirok etib (1, 2 va 3-o'ringa sazovor bo'lgan), g'oliblikni qo'lga kiritgan nomzodlar tanlovda qayta ishtirok eta olmaydi.

Tanlovda ishtirok etish uchun fakultet yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muoviniga 30-sentabrgacha murojaat qilishingiz mumkin.

📌Murojaat uchun:
C bino 214 A xona Iqtidorli talabalar bo'limi.

✈️@tuituz_official
#Hackathon

20-sentyabr kuni “President Tech Award” doirasidagi keng ko‘lamli hakaton boshlandi.

🗣 Tadbirni IT Park Uzbekistan ijrochi direktori Abdulahad Kuchkarov ochib berdi.

👥 Tadbir ishtirokchilariga yo‘llagan murojaatida u IT sohasining jadal o‘sishi va mamlakat yoshlari uchun yaratilayotgan imkoniyatlarni alohida ta’kidladi. Ishtirokchilar tajribali murabbiylar rahbarligida innovatsion loyihalar ustida ish olib boradilar. 3-kun yakunida 15 ta eng yaxshi jamoa o‘z g‘oyalarini hakamlar hay’atiga taqdim etadi.

Ushbu hakatonda TATUdan bir qancha talabalar jamoalari ishtirok etmoqda.

🧠 G‘olib bo’lgan jamoa, bosh sovrin - 100 000 AQSH dollarini qo‘lga kiritadi!

✈️@tuituz_official