#Ibratli_oilalar
#Yozyovon_tumani
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Farg‘ona viloyati bo‘limi xodimlari Yozyovon tumanidagi obro‘-e’tiborga ega bo‘lgan, namunali oilalarda bo‘lib, ular bilan samimiy muloqot qilishdi.
Tumandagi Bahor MFY Pillachi ko‘chasi 128-uyda yashovchi Muqaddasxon hoji aya Nishonova mahallaning faxri.Muqaddasxon aya 5 nafar o‘g‘ilni kamolga yetkazdi. Bugun ular el xizmatida. Suhbat davomida oila mustahkamligining muhim jihati tarbiya va odob ekanligi qayd etildi.
Beruniy MFYda yashovchi Umriniso Shermatova 86 yoshda. U bir umr halol mehnat qilib, turmush o‘rtog‘i bilan 14 farzandni tarbiyaladi. Bugun shukronalikda umrguzaronlik qilmoqda. Bu oilaning inoqligiga, hamjihatligiga barcha havas qiladi.
Shu kuni Yozyovon MFYda yashovchi Patilaxon Maxpiraliyeva, Ittifoq MFYdagi Diloromxon Otajonovalar xonadoniga ham borildi, ibratli oilalarga kitoblar tuhfa etildi.
🌐 @manaviy_markaz