#faxr
"Dunyoning ishlari" asari dunyo bo‘ylab
O‘zbekiston xalq yozuvchisi O‘tkir Hoshimovning "Dunyoning ishlari" asari Nyu-York shahrining metro bekatlarida.
Abdulla Qodiriyning “Oʻtkan kunlar” asari tarjimoni Mark Ris facebook sahifasida Oʻtkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” asarinining inglizchaga tarjimasi chop etilgani haqida yozgan edi.
Markning yozishicha, kitob 31-mart kuni dunyo yuzini koʻrgan. Shundan so‘ng kitob Nyu-York shahar metrosida reklama qilingan. Aprelda esa Nyu-York shahrida imzo kuni oʻtkazishga umid bogʻlayotganini ham aytgan.
Mark Ris postida kitobga mehnati singganlarni ham eslab oʻtadi.
Rassom: Dildora Shamuratova.
Ingliz tilida muharrir: Jon Campion.
Oʻzbek tilida muharrirlar: Gulnoza Ismailova, Munira Norova, Jahongir Azimov.
Tarjimonlar esa Abdullo Roʻziyev va Mark Ris.
Demak, yana bir oʻzbek adabiyoti durdonasi ingliz tiliga tarjima qilinib, dunyo adabiy sahnasi tomon katta qadam tashladi.
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | YouTube| Instagram

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM