#Inson_qadri_uchun
#Eʼtibor
Olmaliq shahar 80-sonli kar va zaif eshituvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab internatida Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi hamkorligida Toshkent viloyati prokuraturasining tashabbusi bilan “3 - dekabr Xalqaro nogironlarni himoya qilish kuni” munosabati bilan “Mehrim senga boʻlsin, bolajon!” mavzusida muruvvat tadbiri tashkil etildi.
Tadbirni ZOOM platformasi orqali Toshkent viloyati prokurori Rahimov Shavkatjon Joʻrayevich ochib berdi. Tadbirda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Toshkent viloyati boʻlimi rahbari S.Fayziyeva, Toshkent viloyati Xalq taʼlimi boshqarmasi boshligʻi A.Kamalov, Maktabgacha taʼlim boshqarma boshligʻi S.Baratova va sektor rahbarlari ishtirok etdi.
Tadbirda 80-sonli IMI tarbiyalanuvchilari ashula va raqslari hamda shahar “Metallurg” MS ijodiy guruhlari tomonidan tayyorlangan konsert dasturi tadbirga koʻtarinki kayfiyat bagʻishladi.
Tadbirdan soʻng bolajonlarga bayram dasturxoni yozilib, sovgʻalar tarqatildi.