MARKAZ XABARLARI
16.5K subscribers
20.5K photos
4.03K videos
19 files
9.79K links
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rasmiy kanali

Veb-sayt: manaviyat.uz
Facebook: fb.com/manaviyat.uz
Instagram: instagram.com/manaviyat_markaz
Youtube: https://www.youtube.com/@respublikamanaviyatvamarif2968
Download Telegram
#yashil_makon
#maʼrifat_bogʼi

“Ma’rifat bog‘i” dayjesti:

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, “Ma’rifat” targʻibotchilar jamiyati, olimlar, yozuvchi, shoirlar, san’atkorlardan iborat ziyolilarni bir joyga to‘plab, “Ma’rifat bog‘i” tashkil qilish maqsadida Sirdaryo viloyatining Sayxunobod tumaniga yoʻl oldi.

Yo‘l-yo‘lakay jonli ijroda aytilgan kuy-qoʻshiqlar, she’rlar aftobusga oltin qanot baxsh etdi.

"Ma'rifat bog‘i"ni tashkil etish oldidan ma'rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirni Sirdaryo viloyati hokimi Akmaljon Mahmudaliyev ochib berdi.

Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi rahbari Otabek Hasanov so‘zga  chiqib, xalqimizni milliy qadriyatlarimizni birgalikda e'zozlashga chaqirdi.

O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi Sirojiddin Sayyid Sirdaryo viloyatida amalga oshirilayotgan islohotlar borasida so'z yuritdi va bugungi kun uchun yozilgan maxsus she'rini o‘qib berdi.

Shundan so‘ng, hamma birgalikda yeng shimarib "Ma’rifat bog‘i" tashkil etil uchun 200 tupdan ortiq mevali, manzarali daraxtlar ekildi.

Quyidagi videoroliklar orqali "Ma’rifat bog‘i" bunyodkorlik ishlarini tomosha qilishingiz mumkin.

Videorolik
Videorolik
Videorolik

Ziyolilarning ko‘chat o‘tkazish jarayoni katta bayramga aylanib ketdi. Shoirlar she’r o‘qidi, san’atkorlar kuyladi, sozandalar milliy musiqalardan namunalar ijro etdi. Atrofda yig‘ilgan hudud aholisining ham bir tarafdan ko‘rkam bog‘ qad rostlayotganidan, ikkinchi tarafdan bunday ko‘tarinki ruhdagi tadbir bo‘layotganidan kayfiyatlari ko‘tarildi, xursand bo‘ldi.

Sayxunobodda qad rostlagan "Ma’rifat bog‘i" dovrug‘i Respublikamiz bo‘ylab yoyilishida ommaviy axborot vositalarining xizmati katta bo‘ldi. O‘zbekiston24 telekanalida jon efirda yoritildi.

Qator internet nashrlari o‘z sahifalarida yoritdi.

Jumladan:

https://interfax.uz/mahalla-maqomdan-boshlanadi-otabek-hasanov/

https://zamon.uz/uz-to/detail/quloqlarni-maqomga-orgataylik---otabek-hasanov-28081

https://m.aniq.uz/y/223582/t

https://oyina.uz/uz/posts/22228

https://uza.uz/posts/586773


Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram | Facebook | YouTube| Instagram