MARKAZ XABARLARI
16.2K subscribers
20.6K photos
4.06K videos
19 files
9.85K links
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rasmiy kanali

Veb-sayt: manaviyat.uz
Facebook: fb.com/manaviyat.uz
Instagram: instagram.com/manaviyat_markaz
Youtube: https://www.youtube.com/@respublikamanaviyatvamarif2968
Download Telegram
#Andijon_viloyati
#mehr_sahovat

🔰Ramazon xayr-sahovat oyi. Andijon viloyati Baliqchi tumanida Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi hamda Maʼrifat targʻibotchilari jamiyati va hakor tashkilotlar bilan birgalikda o‘tkazilayotgan "Maʼnaviyat festivali" doirasida "Mehr-sahovat" loyihasi ham tashkil qilinmoqda.

🔹Mazkur loyiha doirasida Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi rahbari Minhojiddin Mirzo, Falsafa fanlari doktori Jamila Shermuhammedova, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist Bahodir Nishonov, shuningdek, hududdagi faollar bilan birgalikda Yangi O‘zbekiston MFY Yettiqashqa ko‘chasida istiqomad qiluvchi
Omonova Shahnoza hamda Ro‘ziboyeva Gulchehraning xonadonidan xabar olishdi.

🌐@manaviy_markaz
#Andijon_viloyati
#Ziyorat

🔰Targʻibot guruhi aʼzolari Marhamat tumaniga yetib kelishdi.

🔹Andijon viloyati Marhamat tumanida Respublika Maʼnaviyat va Maʼrifat markazi "Maʼrifat" targʻibotchilar jamiyati a'zolari va bir guruh ziyolilar Oʻzbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf qabrini ziyorat qilishdi va shoir xonadonida tashkil qilingan uy muzeyiga sayohat qilishdi.

Jarayondan fotolavhalar

🌐 @manaviy_markaz
#Yoshlar_oyligi
#Andijon_viloyati

Xabaringiz bor, O’zbekiston bo’ylab “Yoshlar oyligi” munosabati bilan “Yangi O’zbekiston yoshlari, birlashaylik” shiori ostida ma’rifiy tadbirlar tashkil etilmoqda. Mazkur oylik doirasida bir guruh “Ma’rifat” targ’ibotchilari Andijon viloyatiga yetib keldi.

Viloyatda targ’ibotchilarning ilk manzili Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi bo’ldi. Mehmonlar elimiz suygan shoir Muhammad Yusuf haykali poyiga gul qo’yishdi.

Shundan so’ng ma’rifiy tadbirlarga start berildi.

🌐 @manaviy_markaz
#Yoshlar_oyligi
#Andijon_viloyati

Avvalroq, bir guruh “Ma’rifat” targ’ibotchilari Andijon viloyatida bo’lib turgani haqida xabar bergan edik.

“Ma’rifat” targ’ibotchilari jamiyati tomonidan Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida “Kitob karvoni” tashkil etdi.

Unda “Ma’rifat” targ’ibotchilari jamiyati rahbari Baxtiyor Husanov, professor Narzulla Jo’rayev, O'zbekiston Xalq artisti Gavhar Zokirova, Odina Narzullayeva, taniqli shoiralar Zulfiya Mo’minova, Farog’at Xudoyqulova, Shaxlo Ahrorova, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artistlar Gulbahor Erqulova, Turg’un Beknazarov, shuningdek filologiya fanlari nomzodi Munira Qahhorova, jurnalist Oygul Kajanova, yosh va umidli xonanda Rustam Mirminovlar ishtirok etdi.

Tadbirda so’zga chiqqanlar kitobxonlik va uning ahamiyati xususida so’z yuritdi. Shuningdek viloyatning ma'naviy salohiyatiga  yuqori baho berildi.

🌐 @manaviy_markaz
#Yoshlar_oyligi
#Andijon_viloyati

"Yoshlar oyligi" doirasida Jalaquduq tumanidagi Vatanparvar tashkilotida "Yangi O‘zbekiston yoshlari birlashaydik" shiori ostida "Ma'rifat soati" tashkil etildi.

Mazkur tadbirda “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zolari, ziyolilar, olim va professorlar va shoir-yozuvchilar ishtirok etishdi.

Tadbirda yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida fikr almashildi.

@manaviy_markaz
#Andijon_viloyati
#Yoshlar_oyligi
#Yangi_Oʻzbekiston_yoshlari_birlashaylik

30-iyun  - “Yoshlar kuni”
munosabati bilan “Yangi O'zbekiston yoshlari birlashaylik!”  shiori ostida “Yoshlar oyligi” doirasida
Buloqboshi tumanida tashkil etilgan tadbirlar davom etmoqda.

🔹Targ'ibotchilarning keyingi manzili tuman Madaniyat markazi bo'ldi.

🔹Dastlab targ'ibotchilar "Milliy qadriyatlar" haftaligi bilan yaqindan tanishdilar. Ko'rgazmalar ma'naviy-marifiy tadbirga ulanib ketdi.

🔹Shundan so'ng "Mehr-sahovat loyihasi" doirasida xonadonlarga tashrif uyushtirildi.

🌐 @manaviy_markaz
#Yoshlar_oyligi
#Andijon_viloyati

Mamlakatimizda yoshlar masalasi har doim davlat siyosati  darajasidagi muhim masala bo'lib kelgan.

Xususan "Yangi O‘zbekiston yoshlari birlashaylik" shiori ostida ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Andijon viloyati Marhamat tumanida ham xuddi shunday tadbir tashkil etildi. Tadbirda "Ma'rifat" targ‘ibotchilari jamiyati a'zolari ishtirok etdilar.

Dastlab tadbir tumandagi "Kelajak nuri" kutubxonasida o‘tkazildi.

Bugungi tadbir chinakam qo‘shaloq bayramga aylanib ketdi, sababi ushbu ma'naviy-ma'rifiy tadbirda umumta'lim maktablarini oltin va kumush medallarga tamomlagan yoshlar hamda tuman AKM xodimlari ishtirok etdi.

Unda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Gulbahor Erqulova tomonidan ijro etilgan dilbar taronalar barchani raqsga chorladi.

🌐 @manaviy_markaz
#Yoshlar_oyligi
#Andijon_viloyati

"Ma'rifat" targ'ibotchilari tomonidan Qo'rg'ontepa tumanida ham ma'rifiy tadbirlar davom etmoqda.

Targ'ibotchilar "Mehr va saxovat" loyihasi doirasida "Temir daftar" va "Yoshlar daftari"ga kiritilgan oila farzandlari holidan xabar olishdi.

O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist Gulbahor Erqulova, taniqli shoira Farog'at Xudoyqulova hamda Ijtimoiy-ma'naviy tadqiqotlar instituti direktor o'rinbosari Munira Qahhorova yoshlarga esdalik sovg'alarini topshirar ekan, ularga bildirilayotgan ishonch xususida so'z yuritishdi.

🌐 @manaviy_markaz
#Kitob_ulash
#Andijon_viloyati

#Kitob_ulash aksiyasi doirasida mehnatkash quruvchilarga hamda Ijtimoiy himoya agentligining viloyat boshqarmasi xodimlariga kitoblar ulashildi.

Jarayondan fotolavhalar

Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram | Facebook | YouTube| Instagram