MARKAZ XABARLARI
32.3K subscribers
20.3K photos
3.78K videos
19 files
9.38K links
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rasmiy kanali

Veb-sayt: manaviyat.uz
Facebook: fb.com/manaviyat.uz
Instagram: instagram.com/manaviyat_markaz
Youtube: https://www.youtube.com/@respublikamanaviyatvamarif2968
Download Telegram
#farosat

Telefonda so‘zlashish odoblari

📱Gapirayotgan odamning fikrini bo‘lmang. Gapini tugatishiga imkon bering.

📞 Go‘shakni ko‘tarib qo‘yib qo‘ymang.

☑️ Etiket qoidalari bo‘yicha, avval, telefon qilgan odam suhbatni tugatadi.

Telefonda uzoq so‘rashish ma’qul emas.
🔘 Qarindosh, do‘stlar, yaqin tanishlaringiz boshiga biror kulfat tushsa, telefon orqali so‘rash to‘g‘ri kelmaydi, albatta, masofa ko‘p kunni talab qilmasa, ularning oldiga: “Qanday yordam kerak?” deb ko‘ngil so‘rab borish zarur.

Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram | Facebook | YouTube| Instagram
#farosat

Suhbat chog'ida qanday holatlar hunuk ko'rinadi?

-Tez tez soatga qarab bo'lmaydi;

-Qo'lni cho'ntakka solib turish ham mumkin emas;

-Qo'l siltab gapirish odob qoidalariga zid;

-Suhbatdoshga beparvo qarash hurmatsizlikka kiradi;

-Suhbat chog‘i saqich chaynash axloqsizlikdan dalolat;

-Baland ovozda kulish o‘ta hunuk holat;

-Barmoq bilan biron narsani chertish ham yaxshi odat emas;

-Suhbatdoshga orqa o‘girish unga nisbatan hurmatsizlik;

-Bo‘lar-bo‘lmasga telefonni titkilash ham etiket qoidalariga zid.

Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram | Facebook | YouTube| Instagram
#farosat

HAYOTDA ASQOTADIGAN ETIKET QOIDALARI


Suhbat paytida telefon ishlatmang
Telefonni ijtimoiy davralarda, hatto oila a’zolaringiz bilan bir davrada o‘tirganda ham ishlatmang. Agar siz suhbat paytida telefonni olib kimdir bilan yozishsangiz bu taxminan shunday ko‘rinadi: men telefonda yozishayotgan inson sizdan muhimroq.
Agar kimgadir qo‘ng‘iroq qilishingiz yoki xabar yuborishingiz kerak bo‘lib qolsa, uzr so‘rang va tashqariga chiqing.

Batafsil:https://manaviyat.uz/posts/26

Rasmiy
sahifalarimiz👇

Telegram | Facebook | YouTube| Instagram
#Farosat

Muloqotingiz tarbiyangizning ko‘zgusidir!

Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram | Facebook | YouTube| Instagram
#farosat

Internetdan foydalanish etikasi:

☑️ Kimgadir biror narsasi yozishdan avval vaziyatni o‘ylab ko‘rish kerak. Ya’ni kimgadir yozgan gaplaringizni u bilan yuzma-yuz kelganda gapira olasizmi? Mana shularni o‘ylab, yozganlaringizni birdaniga yubormang, qayta o‘qib chiqib xulosa qiling.

✔️ Birovning elektron pochtasini o‘qish, birovning nomidan boshqaga xat jo‘natish o‘zganing buyumlarini kavlashtirishdek axloqsiz ishdir.

☑️ Internet orqali xabar jo‘natayotganda uzun jumlalar va katta hajmli gaplardan qoching. Qisqa, tushunarli yozing.

✔️ Yozishmalaringizga diqqatli bo‘ling. Imlo xatolari har qanday odamni siz haqingizdagi fikrini salbiy tomonga o‘zgartirishi mumkin.

👉 Internetda tanish bo‘lmagan insonlaringizga turli xil reklama xabarlarini jo‘natish, turli guruhlarga ularning qiziqishi bo‘lmasa ham roziligisiz qo‘shish odobdan emas.

🔰 Unutmang, internetdagi suhbatlar ham muloqot odobi talablari doirasida bo‘lishi shart.

Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram | Facebook | YouTube| Instagram
#farosat

Jamoat joylarida naushniksiz musiqa tinglamang!

Ehtimol, butun koinotda sizning musiqiy didingizga shubha qiladigan odam yo‘qdir. Ammo kimdir sevimli qo‘shiqlarini omma oldida naushniklarsiz va hatto karnay orqali tinglasa, 100 metr radiusda bo‘lgan har qanday kishining ham g‘ashiga tegishi mumkin.

Birovning telefonidagi suratlarga qaramang!
Agar kimdir sizga telefonidagi suratlarni ko‘rsatsa, galereyani o‘zingiz varaqlashingiz shart emas. Har qanday holatda ham bu mumkin emas. Insoniyat taqdiri bunga bog‘liq bo‘lsa ham. Biror kishi ma’lum bir rasmni baham ko‘rishi qolgan shaxsiy fotosuratlarini ko‘rsatishni ham xohlaydi degani emas.

Biror joyga kirishdan oldin chiqayotgan odamlarga yo‘l bering
Biror kishi lift, metro vagoni yoki avtobusga kirmoqchi bo‘lganida, chiqib ketayotgan odamlarga yetarli joy berish va chiqishlariga yo‘l berish kerak. Axir ota-bobolarimiz "odob-axloq – inson ziynati" deb bejizga aytishmagan.

Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram | Facebook | YouTube| Instagram
#farosat

Kasal ko‘rgani borganda amal qilish kerak bo‘lgan narsalar:

Avvalombor biz ko‘rmoqchi bo‘lgan bemorga shifokor boshqa insonlar bilan ko‘rishishni man qilgan yoki qilmaganini bilish lozim;

Xastalangan kishining huzuriga kirganda, ochiq yuz, xush ko‘ngil, muloyimlik bilan muomala qilinadi, uning yuziga sinchiklab qaralmaydi, ko‘p va qattiq ovozda gapirilmaydi;

Kasal kishining ziyoratiga ozroq hadya olib, salom bilan kiriladi va unga yaqin, iloji bo‘lsa, bosh tomonida o‘tirib, ahvoli so‘raladi;

Bemor yotgan xonada kulish, yig‘lash yaxshi emas, har xil kinoyali, og‘ir botadigan, ko‘ngilga keladigan so‘zlarni aytilmaydi;

Kasalni toliqtirib qo‘ymaslik uchun uning oldida uzoq o‘tirilmaydi. O‘zining roziligi bo‘lsa, bir oz o‘tirib, ko‘nglini ko‘taruvchi ibratli hikoyalar so‘zlab beriladi.

Batafsil:https://manaviyat.uz/posts/46

Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram | Facebook | YouTube| Instagram
#farosat

Telefonda gaplashish odobi

Biror xonadonga kirishdan oldin ruxsat so‘ragan kabi, telefonda chaqirgan odamingizdan ham salom-alikdan keyin (agar juda shoshilinch zarurat yuzasidan bo‘lmasa) gaplashishga vaqti bor yoki yo‘qligini so‘raganingiz yaxshi. Chunki u odamning ayni o‘sha paytda bafurja gaplashishga vaqti bo‘lmasligi, yonida boshqa odam, bemor, yosh bolasi bo‘lishi mumkin.

Agar go‘shakni ko‘targan odam hozircha gaplashishga imkoni yo‘qligini aytsa, telefon qiluvchi bundan xafa bo‘lmasligi kerak.

Qo‘ng‘iroq qilishning ham tartibi bor. Kimdir sizga xabar yuborsa-yu siz unga javob yozish o‘rniga qo‘ng‘iroq qilishga tushib ketsangiz bu ham odobsizlikdek ko‘rinishi mumkin. Axir telefon ortidagi ikkinchi odamning suhbatlashishga vaqti bormi-yo‘qmi bilmaysiz? Agar xabar yozishga qiynalayotgan bo‘lsangiz, qo‘ng‘iroq qilishingiz haqida bir og‘iz ogohlantirib qo‘ying...

Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram | Facebook | YouTube| Instagram
#farosat

Hashar qilganda e'tibor qaratadigan narsalar:


– Daraxt va gullarni sug‘organda, ko‘cha va yerlarni supurganda suvni tejagan holda maqsadli ravishda ishlating;

– Tozalashdan so‘ng hosil bo‘lgan chiqindi yoki barg va shox-shabbalarni yoqish mumkin emas. Bu ekologiyaga katta zarar yetkazadi;

– Ko‘chat ekkuncha yer unumdorligiga e'tibor qarating. Bordi-yu yer toshloq bo‘lsa, daraxt ekmagan maqul yoki toshlarni bittalab terib tashlab, yerni yumshatib oling;

– Daraxt tanalarini oqlaganda, atrofdagi boshqa o‘simlik yoki gullarga ziyon yetkazmaslikka harakat qiling;

– Kasallangan, singan shoxlarni, qurib qolgan daraxtlarni qirqib tashlang.
Daraxtlarning atrofini 25-30 sm chuqurlikda ag‘darib chopib, yovvoyi o‘t va ajriqlarni terib tashlang.

Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram | Facebook | YouTube| Instagram
#farosat

Qo‘l berib so‘rashish odobi:


– Uzatilgan qo‘l albatta muallaq qolmasligi kerak, bu – insonni yerga urish bilan barobar bo‘lib qoladi;

– Ikki qo‘l bilan qo‘lni siqib so‘rashish haddan tashqari xursand holatda, minnatdorchilik belgisi sifatida qabul qilinadi;

– Ikki qo‘l berib so‘rashish paytida albatta so‘z bilan ifodalanadi, bunda minnatdorchilik so‘zlari va boshqa iliq so‘zlar qo‘llash mumkin;

– Qo‘l berib so‘rashish tez va qisqa bo‘lishi lozim;

– Qo‘l berib so‘rashish davomida ozgina egilib qo‘yish, so‘rashayotgan insonga nisbatan hurmatni belgilaydi;

– Ostonada, stol ustidan qo‘l berib so‘rashish xunuk ko‘rinadi;

– Tanishini ko‘rib qolgan taqdirda ham binoning boshidan bu boshiga qo‘lni cho‘zib kelish insonni kulgili holatga solib qo‘yadi;

– Ayol kishi bilan uchrashib qolganda, ayol birinchi bo‘lib qo‘l uzatmaguncha erkak qo‘l uzatmaydi.

Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram | Facebook | YouTube| Instagram
#farosat

Ijtimoiy tarmoqdagi muloqot etikasi:

1. Global tarmoqqa registratsiyadan o‘tishda shaxsiy maʼlumotlaringizni to‘g‘risini joylashtiring.

2. Profilingizga boshqa insonlarni rasmini qo‘ymang.

3. Biror bir inson bilan muloqotga kirishmoqchi bo‘lsangiz, uning shaxsiy lichkasiga kirib o‘zi bilan suhbatlashing.

4. Do‘stlik yuborgan inson sizni taklifingizni qabul qilmasa, jahlingiz chiqmasin.

5. Taxallus bilan muloqotga kirishgan insonlar bilan umuman gaplashmaslikni maslahat beramiz.

6. O‘zingizni noqulay vaziyatga solib qo‘yadigan rasmlarni joylashtirmang.

7. O‘zingiz yaxshi tanimagan bilmagan inson bilan muloqotga kirishmang.

8. “Do‘stlaringiz” ro‘yxatini vaqti-vaqti bilan tozalab turing.

9. Muloqotda so‘kinish, shaxsiyatga tegadigan so‘zlardan ehtiyot bo‘ling.

10. O‘zingizni “men”ingizni saqlang.


Rasmiy
sahifalarimiz👇

Telegram | Facebook | YouTube| Instagram
#farosat

Mehmondorchilik odobi

☑️Odatda faqat taklif qilingan joyga mehmonga boriladi. Agar taklif etilgan bo‘lsangiz, albatta, boring.

☑️Mehmonga borganda kiyimlaringiz ozoda va qulay bo‘lishi kerak.

☑️Shuni unutmangki, yaqinlaringiz ustingizdagi libosingizni emas, o‘zingizni ko‘rish uchun sizni chorlayapdi. Yangi libosingiz yo‘qligi taklif eilgan joyga bormaslik uchun sabab bo‘la olmaydi.

☑️Taklif etilgan joyga o‘z vaqtida borish uy egasiga ko‘rsatilgan hurmat va sizning yaxshi tarbiyangizdan dalolat beradi. Kechikib va o‘tkir hidli atirni sepib bormang.

☑️Taklif etilgan uyga kirishdan oldin oyoq kiyimingizni tozalab, arting.

☑️Mehmonga borganda ovqatni rad etish yaxshi ish emas. Agar parhez qilayotgan bo‘lsangiz, kichik miqdordagi ovqatni oling va tanavvul qiling.

☑️Ketayotganda chiroyli mehmondorchilik uchun uy bekasiga minnatdorchilik bildirishni unutmang.

Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram | Facebook | YouTube| Instagram