MARKAZ XABARLARI
16.7K subscribers
20.5K photos
4K videos
19 files
9.75K links
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rasmiy kanali

Veb-sayt: manaviyat.uz
Facebook: fb.com/manaviyat.uz
Instagram: instagram.com/manaviyat_markaz
Youtube: https://www.youtube.com/@respublikamanaviyatvamarif2968
Download Telegram
#mustaqillik32
#Sirdaryo_viloyati

Shu kunlarda Vatanimizning ijtimoiy-siyosiy hayotida butunlay yangi davrni boshlab bergan unutilmas tarixiy voqea – O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz ikki yillik sanasi ko‘tarinki kayfiyat bilan nishonlanmoqda.

Jumladan Oqoltin tumanida  O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 32 yilligi hamda Sirdaryo viloyatining 60 yilligi munosabati bilan Respublika Ma‘naviyat va ma‘rifat markazi,  “Ma‘rifat” targ‘ibotchilar jamiyati va tuman hokimligi hamkorligida “Yangi hayot uchun Yangi O‘zbekiston uchun” shiori ostida “Ma‘naviyat festivali” o‘tkazildi.

Tadbirda so‘z olganlar so‘nggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ulkan islohotlar, xalqimizning hayotida yuz berayotgan ijobiy o‘zgarishlar, yoshlarga yaratilgan imkoniyatlar,  tinch va erkin hayotni qadrlab, shukronalik tuyg‘usi bilan yashash, taraqqiyotimiz uchun barchani  birdamlikka chaqirdi.

Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#mustaqillik32
#Buxoro_viloyati

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 32 yilligi munosabati bilan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a'zolaridan siyosiy fanlari nomzodi, dotsent Davron Muitov, "Shuxrat" medali sohibasi Zebo Mirzayeva, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist Tolib Hojiyevlar “Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun” shiori ostida o'tkazilayotgan “Ma’naviyat festivali”ga tashrifni Buxoro tumanidagi Varnet botanika bog'idan boshlashdi.

🌿 Mazkur festival doirasida qishloq ho'jaligi fidoiylari bilan "Ma'rifat soati" loyihasi o‘tkazilmoqda.

Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#mustaqillik32
#Buxoro_viloyati

🇺🇿 Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi va notijorat tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi, “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati va qator tashkilotlar hamkorligida O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 32 yilligi munosabati bilan “Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun” shiori ostidagi “Ma’naviyat festivali” Buxoro viloyatining Romitan tumanida ko'tarinki ruhda davom etmoqda.

🔹 Mazkur festival doirasida Buxoro viloyati Romitan tumani "ROMITEX" korxonasida ishchi xodimlar ishtirokida "Ma'rifat soati" loyihasi amalga oshirildi.

🔰 Tadbirda “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati bo‘lim boshlig‘i Azamat Аbduraximov, “Ma’rifar” targ‘ibotchilar jamiyati a’zosi, Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatri aktyori Oltinbek Saparaliyev, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, aktrisa Xakima Otaxonova, O‘zbekiston Davlat filarmoniyasi xonandasi Faxriddin Xolnazarovlar ishtirok etishdi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#mustaqillik32
#Buxoro_viloyati

"Ma'naviyat festivali" doirasida aholi orasida kitobxonlikni keng targ‘ib etish, ularga ma’naviy-ma’rifiy, badiiy-estetik talablariga javob beradigan milliy va jahon adabiyotining eng sara namunalarini tarqatish, ularda mutolaa madaniyatini yuksaltirish, yoshga doir kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, mamlakatimizda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, aholi, ayniqsa, yoshlarning ilmiy dunyoqarashini yanada kengaytirish, intellektual salohiyat va yuksak ma’naviyatni oshirishga erishish maqsadida “Ma’rifat ulashib” kitob ko‘rgazmalari tashkil etildi.

Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#mustaqillik32
#Buxoro_viloyati

"Ma'naviyat festivali" doirasida aholi, ayniqsa yoshlar orasida insoniylik qadriyatlarini keng targ‘ib qilish, mehr-oqibat va hamjihatlikni mustahkamlash kabi ezgu g‘oyalarni keng targ‘ib qilish, saxovat va ko‘mak, kattalarga hurmat, kichiklarga izzat, mehr-oqibat tuyg‘ularini yalpi ijtimoiy harakatga aylantirish orqali jamiyatda sog‘lom ma’naviy muhitni qaror toptirish maqsadida “Mehr-muruvvat va saxovat” loyihasi amalga oshirildi.

Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#mustaqillik32
#Buxoro_viloyati

“Yangi hayot uchun Yangi O‘zbekiston uchun” shiori ostida “Ma’naviyat festivali” o‘tkazildi

Batafsil:
https://clck.ru/35SFKW

Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#mustaqillik32
#Buxoro_viloyati

Navbatdagi tashrif "Rabotiqalmoq" mahallasi markazida

🇺🇿 “Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun” shiori ostida o'tkazilayotgan “Ma’naviyat festivali" doirasida poytaxtdan tashrif buyurgan "Ma'rifat" targ'ibotchilar jamiyati a'zolari qishloq xo'jaligi fidoiylari bilan uchrashuvda yurt tinchligi, farovonligi, ravnaqi yo'lidagi izchil yangilanishlar to'g'risida fikr bildirib, barchani yaqinlashib kelayotgan mustaqilligimizning 32 yilligi bayrami bilan qutlashdi.

⚡️Mahalliy san'atkorlar tomonidan ijro etilgan qo'shiqlar barchaga yaxshi kayfiyat bag'ishladi.

Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#mustaqillik32
#Buxoro_viloyati

⚜️Bugun Buxoro viloyatida “Bir nuroniy – o‘n yoshga mas’ul” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Tanlov shartlari bo‘yicha faxriylar hayotiy faoliyati, "Bir nuroniy – o‘n nafar yoshga murabbiy" loyihasi doirasida o‘zi istiqomat qilayotgan mahallada tarbiyasi og‘ir, ma’naviy ko‘makka muhtoj yoshlar muammolarini bevosita hal etishga ko‘maklashish borasida amalga oshirgan ishlari yuzasidan ma’lumotlar berishdi.

♻️Tanlovda nuroniylar uchta shart bo‘yicha bellashishdi.

Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#mustaqillik32
#Buxoro_viloyati

“Ma’naviyat festivali” doirasida "Ma'rifat ulashib" aksiyasi o‘tkazildi

Batafsil:
https://clck.ru/35SFsY

Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#mustaqillik32
#Fargʻona

O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 32 yilligi munosabati bilan “Yangi hayot uchun Yangi O‘zbekiston uchun” shiori ostidagi “Ma’naviyat festivali” Farg'ona viloyatida 25-27-avgust kunlari bo'lib o'tadi.

Mehmonlar Quva tumanida karnay-surnay sadolari ostida tantanali kutib olindi.

@marifat_jamiyati