MARKAZ XABARLARI
15.3K subscribers
20.7K photos
4.14K videos
20 files
9.97K links
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rasmiy kanali

Veb-sayt: manaviyat.uz
Facebook: fb.com/manaviyat.uz
Instagram: instagram.com/manaviyat_markaz
Youtube: https://www.youtube.com/@respublikamanaviyatvamarif2968
Download Telegram
#Maʻnaviyat_festivali
#Kitob_karvoni

KITOB KARVONI
Jizzax viloyatining tuman va shaharlari sari yo‘l oldi

Jizzax viloyati Sharof Rashidov xiyobonida bugun o‘zgacha kayfiyat hukmron. “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz” shiori ostida o‘tkazilayotgan “Madaniyat
karvoni”, “Ma’naviyat festivali” doirasida 13 ta “Damas”dan tashkil topgan "Kitob karvoni"  belgilangan manzillari sari yo‘l olishga tayyor.

⚡️ Tadbir Sharof Rashidov hamda Hamid Olimjon va Zulfiyaxonim haykali poyiga gul qo'yish marosimi bilan boshlandi. Shundan so'ng
kitob va kitobxonlik haqida fikr-mulohazalar bildirildi.

📚 Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati tomonidan 10 000 nusxadan ortiq o‘zbek va jahon adabiyati durdonalari aholining barcha qatlamlari foydalanishi uchun maktablar, mahallalardagi kutubxonalarga bepul tarqatiladi.

🌐
@manaviy_markaz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Yoshlar_oyligi
#Surxondaryo_viloyati
#kitob_karvoni

Respublika bo'ylab "Yangi O'zbekiston - yoshlari birlashaylik" shiori ostida ma'rifiy tadbirlar  doirasida "Kitob karvoni" loyihasi o‘tkazildi.

🌐 @manaviy_markaz
#Yoshlar_oyligi
#Sirdaryo
#Kitob_karvoni

YANGI OʻZBEKISTON YOSHLARI BIRLASHAYLIK!

Bugun "Yoshlar oyligi" doirasidagi tadbirlar Sirdaryo viloyatida ham boshlandi. Guliston shahridagi "Alisher Navoiy nomidagi Bilimdonlar maskani" da "Kitob karvoni" loyihasi oʻtkazildi.

Tadbirni Sirdaryo viloyati hokimi Akmaljon Mahmudaliyev va "Maʼrifat" targʻibotchilar jamiyati aʼzosi, filologiya fanlari doktori, professor Rahimboy Jumaniyozov ochib berib, yoshlari yaqinlashib kelayotgan 30-iyun "Yoshlar kuni" bilan qutlashdi.

Shundan soʻng 2500 mingdan ziyod ilmiy va badiiy adabiyotlarni oʻzida jamlagan karvon Sirdaryo viloyatidagi oliy taʼlim muassasalariga yoʻl oldi.

@manaviy_markaz