MARKAZ XABARLARI
16.6K subscribers
20.5K photos
4.02K videos
19 files
9.78K links
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rasmiy kanali

Veb-sayt: manaviyat.uz
Facebook: fb.com/manaviyat.uz
Instagram: instagram.com/manaviyat_markaz
Youtube: https://www.youtube.com/@respublikamanaviyatvamarif2968
Download Telegram
Forwarded from MA’NAVIYAT va MA'RIFAT
#Hududlardan_xabarlar
#Surxondaryo

♻️Boysun tumani Ma’naviyat va ma’rifat kengashining 2022 yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va rivojlantirish bo’yicha mo’jallangan yo’l xaritasining 70-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida Boysun tumanidagi 6-son Bolalar musiqa va san’at maktabida Respublika ma’naviyat va marifat markazi tuman bo‘linmasi tomonidan “Kuylasin, Surxonim do’mbirasi!”, “Chanqovuzning sehirli nolasi” mavzularida tanlov o’tkazildi.

@manaviyat_uz
#Jarayon
#Surxondaryo

Boysun tumanida "Ma'rifat kuni" doirasida Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi tuman bo'linmasi, tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi, yoshlar ishlari agentligi tuman bo'limi, Professional ta'lim muassasalari, Barkamol avlod bolalar maktabi, Musiqa va san'at maktabi, tuman sport maktabi, tuman Axborot kutubxona markazi hamda umumta’lim maktablarining ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchilari hamkorligida tumandagi 2-son kasb-hunar maktabida “Men sevgan adib” shiori ostida gulhan atrofida ijodiy tadbir tashkil etildi.

🌐 @manaviy_markaz
#Yangi_hayot_uchun_Yangi_Oʻzbekiston_uchun
#Surxondaryo_Boysun
#Maʼnaviyat_festivali

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 32 yilligi munosabati bilan “Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun” shiori ostida “Ma’naviyat festivali” doirasida Surxondaryo viloyati Boysun tumanidagi markaziy Madaniyat binosida madaniy-ma'rifiy tadbir o'tkazildi.

Tadbirda filologiya fanlari doktori, professor mahoratli notiq Rahimboy Jumaniyozov, O‘zbek milliy maqom san’ati markazi davlat muassasasi xonandasi Nafisa Farmonova, “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati bo‘lim boshlig‘i Nayim Niyazov, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Surxondaryo viloyati bo'limi rahbari Nargiza Rahmatullayeva, Boysun tumani hokimi Bohodir Shukurov hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.

Tadbir davomida milliy hunarmandchilik ko‘rgazmalari, rasmlar ko‘rgazmasi va kuy qo‘shiqlar tadbirga o‘zgacha fayz bag‘ishladi.

🌐 @manaviy_markaz
#Hududlardan_xabarlar
#Surxondaryo

Boysun tuman hokimligi, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Boysun tuman bo'linmasi hamda tuman Oila va xotin-qizlar bo'limi hamkorligida bir guruh xotin-qizlar ishtirokida Boysun 1-son kasb-hunar maktabida "Biz zo'ravonlikka qarshimiz" shiori ostida davra suhbati bo'lib o'tdi.

❇️ Unda mas'ullar tomonidan zo'ravonlikka uchraydigan vaziyatlarda qanday yo'l tutish lozimligi, bunda tegishli idora va tashkilotlarning vakolati va vazifalari to'g'risida tushunchalar berib o'tildi.

🌐 @manaviy_markaz